Shaxs faoliyati


Download 257.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana08.01.2022
Hajmi257.29 Kb.
#243158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

 

 

KO`NIKMALAR 

Har  qanday  xulq  -  atvor  yangi  sharoitlarga  yoki  ob`ektlarga  nisbatan 

operatsiya  (amal)larni  ko`chirish  asosida  tarkib  topadi.  Ko`chish  esa  shart  - 

sharoitlar  yoki  narsalarning  faoliyat  maqsadlari  uchun  muhim  bo`lgan  belgilar 

bo`yicha o`xshashligiga tayanadi. Bu o`xshashlik anglanilgan yoki anglanilmagan 

bo`lishi  mumkin.  Faoliyat  qanchalik  murakkab,  maqsadlar  qanchalik  uzoqroq 

vaqtga mo`ljallangan hamda ular ob`ektlarining qanchalik ko`proq o`zgartirilishini 

talab  qiladigan  bo`lsa,  muvaffaqiyatli  ko`chishni  ta`minlash  uchun  zarur  bo`lgan 

oraliq aqliy faoliyati shunchalik keng tus kasb etadi. Lekin har qanaqa holda ham 

bunday  ko`chish  ko`nikma,  ya`ni  qo`yilgan  maqsadga  muvofiq  tarzda  harakat 




usullarini  tanlash  va  amalga  oshirish  uchun  mavjud  bilimlar  va  malakalardan 

foydalanish deb hisoblash mumkin.  

Ko`nikma  eksteriorizatsiya  qilishni,  bilimlarning  jismoniy  harakatga 

mujassamlashuvini  takozo  etadi.  Uning  boshlanish  nuqtasi  axborotning  yuksak 

darajada,  ya`ni  ongda  qayta  ishlashidan  iboratdir.  Amaliy  harakatlarning  ana  shu 

yuksak  darajadagi  faoliyati  natijalari  bilan  yo`naltirib  turilishi  esa  uning  yakunini 

tashqil etadi. "Ko`nikma" atamasi faoliyat sub`ektining o`zida mavjud bilimlar va 

malakalar  bilan  maqsadga  muvofiq  boshqarilishi  uchun  zarur  psixik  va  amaliy 

harakatlarning murakkab tizimi egallab olinishini ifodalaydi. Bu tizim vazifa bilan 

bog`liq  bilimlarning  tanlanishini,  vazifa  uchun  muhim  bo`lgan  xususiyatlarning 

ajratilishini,  shu  asosda  vazifaning  bajarilishiga  imkon  beradigan  tub 

o`zgartirishlar  tizimi  aniqlanishini,  ana  shu  o`zgartirilishlarning  amalga 

oshirilishini,  qo`yilgan  maqsad  bilan  uning  natijalarini  taqqoslagan  holda  nazorat 

qilib va shu asosda bayon etilgan jarayon to`grilab borilishi o`z ichiga oladi.  

Ko`nikmalarning  tarkib  topishi  bilimlarda  mujassamlashgan  axborotni  va 

narsadan  olinadigan  axborotni  qayta  ishlash  jarayonlarining,  ana  shu  axborotni 

aniqlash, uni harakat bilan taqqoslash va o`zaro bog`lash jarayonlarining butun bir 

tizimi  egallanishini  bildiradi.  Bu  xildagi  shakllantirish,  ya`ni  ko`nikmalarga 

o`rgatish  jarayoni  turli  yo`llar  bilan  amalga  oshirilishi  mumkinligini  qayd  qilib 

o`tish  zarurdir.  Bu  yo`llarni  bir  -  biridan  farq  qiluvchi  ikkita  holatga  ajratish 

mumkin.  Birinchi  holatda  urgatilayotgan  kishi  zarur  bilimga  ega  bo`ladi.  Uning 

oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi kuyiladi. Kishining 

o`zi sinab ko`rish va xatolarga yo`l quyish orqali tegishli mo`ljal olgan, axborotni 

qayta ishlash vositalari va faoliyat usullarini topgan holda uning echimini izlaydi. 

Garchi  bu  yo`lning  samaradorligi  past  bo`lsa  ham,  bugungi  kunda  u  ta`lim 

jarayonida  eng  ko`p  qo`llaniladigan  yo`l  ekanligini  qayd  qilamiz.  Ikkinchi  yo`l 

shundan  iboratki,  ta`lim  berayotgan  kishi  o`quvchining  bilimlarni  kullash  uchun 

zarur  bo`lgan  psixik  faoliyatni  boshqarib  boradi.  Bu  holda  pedagog  o`quvchini 

belgilar va jarayonlarni tanlash mo`ljallari bilan tanishtiradi, qo`yilgan vazifalarni 

bajarish uchun olingan axborotlarni qayta ishlash va undan foydalanish yuzasidan 




o`quvchining faoliyatini uyushtiradi. Bu yo`l hozir pedagogik psixologiyada jadal 

tadqiq qilinmoqda. 




Download 257.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling