Shaxs. FaoliyaTning psixologik talqini


O'YIN VA O’QISH FAOLIYATINING O'ZIGA XOS JIHATLARI


Download 1.81 Mb.
bet6/15
Sana05.01.2022
Hajmi1.81 Mb.
#226798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
shaxs faoliyatining psixologik talqini

O'YIN VA O’QISH FAOLIYATINING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Agar, faqat malakani oladigan bo'lsak, uning shakllanish yo'llari quyidagicha bo'lishi mumkin:



  • oddiy namoyish etish yo'li bilan;

  • tushuntirish yo'li bilan;

  • ko'rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo'li bilan.

hayotda ko'nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o'qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta'minlaydi.

Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo'lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barcha insonlarga xos bo'lgan asosiy faollik turlari bo'yicha tabaqalashdir. Bu - muloqot, o'yin, o'qish va mehnat faoliyatlaridir.



Muloqot - shaxsning individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo'ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo'lish, odamlarga o'xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o'zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o'z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.

O'yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma'naviy ne'matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o'zlashtiriladi. Bola toki o'ynamaguncha, kattalar xatti-harakatlarining ma'no va mohiyatini anglab yetolmaydi.

O'yin faoliyati faoliyatning oddiy shakllaridan biri hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib sodda harakatlarni keyinchalik syujetli, rolli o'yinlarga, hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof muhitni aks ettirishda ishtirok eta boshlaydi.

Tajribalardan hulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhimi u o'ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo'lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko'rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug’iladi. Demak, bola o'ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos, tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirishi o'yinning birlamchi asosidir.1“Bolalar o'yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o'yinda u yoki bu rolni bajaradilar va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarni haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishni xohlashlari ham mumkin”.2 V.Vundning mulohazalariga ko'ra, o'yinning manbai huzur qilish, rohatlanishdan iboratdir. V. Vund bildirgan fikrlar yoyiq xususiyatga ega bo'lib, o'yinning u yoki bu jihatlarini yoritishga hizmat qiladi. Uning fikricha o'yin - bu bolalarning mehnatidir. har qanday o'yin jiddiy mehnatning u yoki bu shaklining prototipidir. Yashash zaruruyati insonni mehnat qilishga majbur qiladi. Mehnat orqali inson o'z kuch-qudratini baholashga o'rganib boradi, mehnatning huzur qilish va rohatlanishning manbai ekanligiga iqror bo'ladi. O'yin mehnatning foydali jihatini ko'rsatib boradi.




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling