Shaxs. FaoliyaTning psixologik talqini
MEHNAT FAOLIYATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Download 1.81 Mb.
|
shaxs faoliyatining psixologik talqini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashhis qoyish
- Ogohlantirish
MEHNAT FAOLIYATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Mehnat faoliyati eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo'lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma'naviy ne'matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'shishdan iboratdir. Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika muammolarining ko'lami katta va o'zida hayotiy vaziyatlarning juda ko'p qirralarini va turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlarning kolliziyalarini mujassamlashtiradi. quyidagi uchtagina misol yordamida hozirgi kun ijtimoiy pedagoglari va ijtimoiy hizmatchilari nima ishlar bilan bandligini tasavvur etish mumkin; 1. Ijtimoiy hizmatchi birinchi navbatda qaysi muassasalar bilan aloqa o'rnatishi lozim? 2. Bu oila bilan qanday reja asosida ish olib borish kerak? Ijtimoiy hizmatchilar inson va jamiyatning quyidagi ijtimoiy muammolarini yechish uchun tashkil etilgan: ijtimoiy va psixologik ziddiyatlar, inqirozlar, stressli vaziyatlar; hissiy va ruxiy muammolar; muhtojlik va qashshoqlik; ichkilikbozlik va giyohvandlik; zo'ravonlik va diskriminatsiya; irqiy va milliy muammolar; jinoyatchilik va qonunbuzarlik; ishsizlik va kasbiy moslashish; nogironlik va yolg’iz qarilik; uy-joy muammosi; vasiylik, farzandlikka olish masalasi; ota-ona shafqatsizligi va boshqalar. Ijtimoiy ish boshiga kulfat tushgan odamlarga yordam berish bilangina chegaralanadi, deb o'ylash noto'g’ri. Shu bilan birga u ijtimoiy nazoratning eng nozik vositalaridan biri hamdir. hamho'rlik qilish va nazoratning funktsiyalari o'rtasidagi ziddiyat, yordamning har qanday turida nazorat qilish elementlarining muqarrar mavjud bo'lishi - ijtimoiy hizmatchilar har doim to'qnash keladigan dilemmalardan biridir. Bu dilemma yana bitta jiddiy muammo bilan, ya'ni: ijtimoiy hizmatchi birinchi navbatda kimning manfaatlarini ifodalaydi - davlatningmi, ish beruvchiningmi, mijozningmi yoki umuman jamiyatning?-degan masala bilan ham bog’liq. Kasbiy qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan, ijtimoiy hizmatchi eng avvalo mijoz manfaatlarini undan keyin - jamiyat va undan ham keyin esa - o'zining tashkiloti va davlat manfaatlarini ifodalashi kerak. Ustuvorliklarning bunday tizimini hayotga tadbiq etish har doim ham yengil ko'chmaydi. Ko'pincha ijtimoiy hizmatchiga hamkasblarining qo'llab-quvvatlashi va umuman kasbiy hamjihatlikka tayangan holda ular uchun kurashishga to'g’ri keladi. Tashhis qo'yish - mutaxassis “ijtimoiy tashhis” qo'yadi, psixologik va yoshga oid hossalarni, insonning qobiliyatlarini o'rganadi, uning manfaatlari olamiga, muloqot doirasiga, uning hayoti sharoitlariga kirib ketadi, nisbiy va salbiy ta'sirlarni, muammolarni aniqlaydi; Tashkiliy - mutaxassis u yoki bu faoliyatni amalga oshiradi, dam olishning mazmuniga ta'sir ko'rsatadi, ishga joylashishga, kasbiy yo'nalishga va moslashishga yordam beradi, o'smirlar va yoshlar tashkilotlari faoliyatini markazlashtiradi, mijozga tibbiy, ta'limiy, madaniy, sport, huquqiy muassasalar va hayriya tashkilotlari bilan o'zaro ta'sir qiladi ; Prognostik - mutaxassis mikrorayon va ma'lum bir mikrosotsiumning ijtimoiy rivojlanish jarayonini dasturlashtirish va oldindan aytib berish bo'yicha ijtimoiy ishda qatnashadigan turli institutlarning faoliyatida ishtirok etadi; Ogohlantirish - profilaktik va ijtimoiy-terapevtik - mutaxassis salbiy ta'sirlar oldini olish va bartaraf etishning ijtimoiy-huquqiy, yuridik va psixologik mexanizmlarini harakatlantiradi va ularda o'zi ham qatnashadi, muhtojlarga sotsioterapevtik yordamni tashkil etadi, jamiyatda huquqlarning himoyasini ta'minlaydi, o'smirlarga va yoshlarga ijtimoiy va kasbiy yo'nalishida o'zini-o'zini baholash davrida yordam ko'rsatadi; Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling