Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor


Download 1.53 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1494814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
07.05 ochiq dars

“Men” - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning о‘zi va о‘z sifatlari tо‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson о‘zini, о‘zligini kanchalik aniq va tо‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bо‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bо‘ladi.

  • “Men” - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning о‘zi va о‘z sifatlari tо‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson о‘zini, о‘zligini kanchalik aniq va tо‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bо‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bо‘ladi.
  • О‘z-о‘zini anglash, о‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni kо‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u о‘zidagi о‘sha jamiyat normalariga tо‘g‘ri kelmaydigan, nо‘maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga kо‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bо‘lmay, u har bir shaxsdagi о‘z shaxsiyatini о‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni kо‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi.

О‘z-о‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), tо‘g‘ri bо‘lishi, balki u о‘ta past yoki yuqori ham bо‘lishi mumkin.

  • О‘z-о‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), tо‘g‘ri bо‘lishi, balki u о‘ta past yoki yuqori ham bо‘lishi mumkin.
  • О‘z-о‘ziga bahoning past bо‘lishi kо‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qо‘yayotgan talablarining о‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, о‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bо‘lishi mumkin. Bunday о‘smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetrokda yurishga harakat qilishi, о‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik qayfiyatida bо‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hattiharakatlarning paydo bо‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni о‘z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling