Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor
Download 1.53 Mb.
|
07.05 ochiq dars
О‘z-о‘ziga baho о‘ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir kо‘rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bо‘rttirilishi, noо‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab о‘tishga intilish tufaylishakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bо‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki о‘zida nochorlik, о‘quvsizliklarni sezganda ham buning sababini о‘zgalarda deb biladi va shunga о‘zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bо‘lmaganida» kabi bahonalar kо‘payadi). YA’ni, nimaiki bо‘lmasin, aybdor о‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i erdan о‘zilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, о‘z-о‘ziga baho realistiq, adekvat, tо‘g‘ri bо‘lishi kerak.
Realistik baho shaxsni о‘rab turganlar - ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qо‘ni-qо‘shni va yaqinlarning о‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bо‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk Yoshligidanoq xolis qabul qilishga, о‘z vaqtida kerak bо‘lsa tо‘g‘rilashga о‘rgatilgan bо‘ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bо‘ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maktab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega.
Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling