Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Reja


Muloqot shaxslararo ta’sir sifatida. Muloqot kishilarning o`zaro bir-birini tushunishi tariqasida. Turli tipdagi muloqot va kishi tafakkuri


Download 102.35 Kb.
bet2/7
Sana03.06.2024
Hajmi102.35 Kb.
#1842352
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8. Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.

2.Muloqot shaxslararo ta’sir sifatida. Muloqot kishilarning o`zaro bir-birini tushunishi tariqasida. Turli tipdagi muloqot va kishi tafakkuri.
MULOQOT – odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat extiyojlaridan kelib chiqadigan boglanishlar rivojlanishining Ko`p kirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat kursatuvchilar o`rtasida axborot ayiraboshlashni o`z ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlash munosabatining kommunikativ shaqli sifatida ta’riflanadi. Odamlar muloqotga kirishayotganda ular tildan foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati – Muloqotga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi xarakati – nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki xarakatlar, xatti – xarakatlar bilan ham bir – birini tushunishdan iborat.
Nixoyat, muloqotning uchinchi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir – birlarini idrok etishlarida namoyon bo`ladi. SHunday qilib, yagona muloqot jarayonida shartli ravishda uchta tomonni – kommunikativ /axborot uzatish/, o`zaro birgalikdagi xarakat qilishni va o`zaro bir – birini idrok qilishni kuramiz.
Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha:

  1. Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar urtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.

  2. Muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulk-atvoriga ta’siri.

  3. Muloqotning pertseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bulgan murakkab psixologik jarayon.

Munosabatning o`zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko`rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatadagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga kirishuvchilar o`rtasida aloqa bog`lanishini ta'minlaydi. Negaki, uni bu maqsad uchun tanlangan so`zlar mohiyatiga ko`ra kodlashtirgan holda axborotni ma'lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya'ni uning ma'nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o`z xulq-atvorini o`zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo`llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya'ni «bitta tilda» so`zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsipient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo`llaydigan bo`lsalar, bu holda ular o`zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Vaviloniya minorasi qurilayotgan paytida quruvchilar kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning ag`darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni ochish jarayonlarini bir-biriga bog`lash chog`ida o`zaro birgalikda harakat qilinmasligini aks ettiradi.
Negaki, turli xil tillarda so`zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib qo`yadi. qo`llaniladigan belgilar (so`zlar, imo-ishoralar, ierogliflar va hokazolar) zamiridagi mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo`lgan taqdirdagina axborot ayirboshlash mumkin bo`ladi.
Mohiyat - belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo`lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namoyon qiladi.
So`zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish va o`zatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
Ijtimoiy tajribani jamg`arish va uzatish vositasi sifatidagi til mehnat jarayonida paydo bo`lib, hali sinfsiz jamiyat tongotaridayoq rivojlana boshlagan edi. Odamlar bir-birlariga biron muhim ahamiyatga molik axborotni uzatish uchun aniq-tovushlardan foydalana boshladilar.
Qo`llarida biron mehnat qurolini ushlab, ko`zlari esa ushbu narsalarga qarab turgan vaqtda bir-birlari bilan munosabatga kirishish uchun aniq tovushlardan foydalanish kishilarga ayniqsa moyillik tug`dirgan. Munosabatga kirishadigan odamlar o`rtasidagi masofa anchagina olis bo`lgan kezlarda ham, xuddi shuningdek qorong`ilikda, tuman tushganda, chakalakzorda o`y-fikrni tovushlar vositasida yetkazish qulay bo`lgan.
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in'ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki aks etgani bilan doimiy ravishda to`ldirilib turadi - o`y-fikrlarni ayirboshlash, axborot berish ro`y beradi.
Munosabat chog`ida kishi doimo muhim narsani nomuhimidan, zarur narsani tasodifiysidan ajratishga, yakka-yolg`iz narsalarning timsolidan ularning hammasi uchun umumiy bo`lgan xossalarni so`zlar yordamida barkaror aks ettirishga o`tishga o`rganadi. Butun boshli narsalar doirasiga xos va shu asnoda so`z yuritilayotgan konkret narsaga ham taalluqli muhim xususiyatlar shu so`z orqali o`z ifodasini topadi. Biz «gazeta» deb aytadigan bo`lsak, qo`limizda ushlab turgan gazeta varaqlarinigina nazarda tutmasdan, mazkur narsaning boshqa bosma mahsulotdan farqini hisobga olgan holda uning qaysi toifadagi narsalarga tegishli ekanligini uqdiramiz.
So`zlar muayyan bir mohiyatga ega, ya'ni ashyoviy olamga allaqanday tarzda tegishli bo`ladi. O`qituvchi u yoki bu so`zni ishlatganda uning o`zi ham, uning tinglovchilari ham yolg`iz o`sha bitta hodisani nazarda to`tishadi va ularda anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar sistemasi kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. Uni sobitqadamlik bilan shakllantirish o`rta ta'limning ham, oliy ta'limning ham markaziy bo`g`ini hisoblanadi.
Kishi birgalikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruratga ko`ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ya’ni aloqa urnatishi, o`zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim va xokazo. Bu o`rinda muloqot faoliyatning bir tomoni, bir kismi, uning eng muxim informativ kommunikasiya sifatida namoyon bo`ladi.
Muomala jarayoniga kam deganda ikki kishi jalb etilgan bo`ladi. Ularning har biri boshqasining tashqaridan seziladigan fe'l-atvor belgilariga qarab uning o`zi to`g`risidagi, uning ichki dunyosi to`g`risidagi tasavvurni qay tariqa hosil qila oladi? O`zaro bir-birini bilish borasida shaxslararo idrok etishning uchta muhim mexanizmning ta'sirini — identifikatsiyalash (aynan o`xshatish), refleksiya (fikrni tahlil etishga moyillik) va stereotiplashtirish (bir xil qolipga solish)ni alohida ko`rsatish mumkin.

Download 102.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling