Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Reja
Download 102.35 Kb.
|
8. Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.
Muloqot treningi nazariy va amaliy tomonlarga ega. Amaliy tomoni o`quvchilar bilan bo`ladigan muomala ko`nikmalari va malakalarini egallashga hamda ularni chiniqtirishga qaratilgan Mashqlar: darsning barcha bosqichlarida izchillik bilan xarakat qilish ko`nikmalarini, pedagogik ish davomida mushaqlarning zo`riqishini sundirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni taqsimlash malakasini shakllantirishga, kuzatuvchanlikni ustirishga qaratilgan mashqlarni taqozo qiladi.
Muloqot madaniyatini egallashni mashq qilishda magnitafon yozuvlari, videotasvirlardan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. CHunki bunday yozuvlar bo`lajak o`qituvchining o`z nutqini takomillashtirish, ovozini sozlash, gapirayotganda qomatini to`g`ri, tik tutish, ortiqcha, keraksiz xarakatlar, mimikalardan xoli bo`lish imkonini beradi. SHuning uchun bo`lajak pedagoglar nutkq madaniyatini, muomala madaniyatini egallashda ana shunga o`xshash mashqlardan foydalanish kerak. Eng muhimi, kishi nutqni tarbiyalash bo`yicha oldiga aniq maqsad kuyishi va ana shu maqsad asosida qat’iy mashqlar olib borishi lozim. Masalan, kishi adabiy tilda so`zlashga o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan bo`lsa, faqat dars paytidagi javoblaridagina emas, xar qanday sharoitda, xar bir kishi bilan bo`lgan muloqotda ham o`zini gaplarini nazorat qilib borishi, shevachilikka yo`l qo`ymasligi lozim. O`z – o`zini nazorat qilish bo`lmasa kishi xech qachon nutq madaniyatini, muomala madaniyatini egallay olmaydi, u notiq bo`la olmaydi. 1. Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o`zaro ma’lumot almashinishidir. 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir. Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiyojlaridan kelib chiqadigan, aloqa almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushinish, odamlar urtasida kontakt o`rnatish va rivojlantirish jarayoni. Download 102.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling