Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Reja


Muloqotdagi qaytarma aloqa. Muloqot treningi. Pedagogik muloqot. Muloqot va til


Download 102.35 Kb.
bet4/7
Sana03.06.2024
Hajmi102.35 Kb.
#1842352
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8. Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.

3.Muloqotdagi qaytarma aloqa. Muloqot treningi. Pedagogik muloqot. Muloqot va til.
TA’LIM – bu avvalo axborot jarayonidir. O`qituvchi o`quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi /tegishli axborot beradi/ va o`z navbatida teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o`zlashtirilganligi haqida tasavvur xosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot o`quvchilarning diqqat bilan utirishlarida, o`qituvchiga karab turishlarida, yuz ifodalarida o`z aksini topadi.
Agar teskari aloqa bo`lmaganda edi o`qituvchi bergan axborotining o`quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan bo`lur edi. Teskari aloqa o`qituvchiga o`z nutkini davom ettirish yoki tuxtatish, ish to`rini o`zgartirish, umuman faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi. Pedagog bolalarga axborot o`zatish jarayonida ularga tarbiyaviy ta’sir etib ham boradi, ya’ni o`zining ideallari, karashlari, odobi, xarakat usullarini ularga o`tkazib ham boradi. Muloqotning vazifasi – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va bajarilishi demakdir. Kishi boshqa odamlarni o`rganar ekan, ular bilan birgalikda faoliyat ko`rsatadi, istiqbollarini yaxshiroq va yanada ishonchliroq aniqlab olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Kelishib olingan xarakatlarning muvoffaqiyati ular ichki dunyosining aniq o`qib chiqilganligidir.

Kishilarda muloqot madaniyatini tarkib toptirish ham muxim ahamiyatga egadir. Muloqot madaniyati kishilarda tasodifan yoki maktab ta’limi ta’sirida shakllanadi. Masalan, o`qituvchi birinchi sinfdanok o`quvchilarga to`g`ri gapirishni, savollarga keng va batafsil javob berishlikni, so`raganda o`rnidan turib gapirish lozimligini o`rgatib boradi. Bolalar yoshi ulg`aygach, masalan, katta maktab yoshida o`quvchilar badiiy adabiyot yoki maxsus pedagogik adabiyotlarni o`qish orqali muomala madaniyati haqida yana ham kengroq tushunchaga ega bo`ladilar.

Lekin muomala madaniyatini maxsus mashq qilish orqali o`rganishning zarurligi xech kimga sir emas.

Psixologik trening, ya’ni muomalani mashq qilish ikki xil vazifani bajarishni nazarda tutadi, birinchidan muomalaning, ayniqsa pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini o`rganishni, ikkinchidan, pedagogik kommunikasiyaning «texnologiyasini» egallash, ya’ni professional pedagogik muomala ko`nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.



Download 102.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling