Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Reja
Pedagogik muloqot. Muloqot va til
Download 102.35 Kb.
|
8. Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.
Pedagogik muloqot. Muloqot va til
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. 2. Muloqotning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S. L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go`yo o`qib ya’ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”. Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo`ladi. Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi kishini uning ta’rifini o`z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi orqali tushinish usulidir. Insonning o`zini qurshab turgan olam bilan o`zaro birgalikdagi harakati odamlar o`rtasida ularning ijtimoiy hayoti va, eng avvalo, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob'ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. K. Marks ishlab chiqarish munosabatlarining jamiyatnnng asosi tarzidagi mohiyatini ochib berarkan, shunday deb yozgan edi: «Ishlab chiqarishda kishilar tabiatgagina emas, balki bir-birlariga ham ta'sir etadilar. Ular birgalashib ishlamoq va o`z faoliyatlarini o`zaro ayirboshlamoq uchun ma'lum tarzda birlashmasdan turib ishlab chiqara olmaydilar. Ishlab chiqarmoq uchun odamlar bir-birlari bilan muayyan aloqa va munosabat bog`laydilar va faqat shu ijtimoiy aloqa va munosabatlar orqali ularning tabiatga nisbatan munosabatlari mavjud bo`lib turadi, ishlab chiqarish voqe bo`ladi». Ob'ektiv munosabatlar va aloqalar (bog`langanlik, bo`ysunganlik, hamkorlik, o`zaro yordam munosabatlari va boshqalar) har qanday real guruhda muqarrar va qonuniyatli tarzda yuzaga keladi. Guruh a'zolari o`rtasidagi ushbu o`zaro ob'ektiv munosabatlarning in'ikosi shaxslararo sub'ektiv munosabatlardirki, ularni o`rganish bilan sotsial psixologiya shug`ullanadi. Guruh ichida shaxslararo birgalikdagi harakat va o`zaro munosabatlarni tadqiq qilishning asosiy yo`li - turli xildagi sotsial faktlarni, shuningdek, o`sha guruh tarkibiga kiradigan odamlarning o`zaro birgalikdagi harakatini chuqurroq o`rganishdan iboratdir. K. Levin ayrim odamlarning real maqsadlari va his-tuyg`ulari haqida qanaqa belgilariga qarab xulosa chiqarish kerakligi to`g`risidagi savolga javob berarkan, shunday deb yozgan edi: «Ma'lumki, bunday alomat faqat bitta bo`lishi mumkin, u ham bo`lsa shaxslarning harakatlaridir, - ammo faqat ijtimoiy «Fikr-zikr va hislar» haqida so`z borayotganidan, bunga yana, shaxslarning ijtimoiy harakatlaridir, ya'ni ijtimoiy faktlardir, deb ilova qilmoq lozim». Demak, har qanday ishlab chiqarish odamlarning birlashuvini taqozo etadi. Ishlab chiqarmoq uchun odamlar birlashmog`i lozim - marksizm shunday ta'lim beradi. Lekin kishilarning hech qanday birligi unga jalb etilgan odamlar o`rtasida bog`lanish o`rnatilmagan va ular o`rtasida tegishli hamjihatlikka erishilmagan bo`lsa, birgalikdagi to`laqonli faoliyat yurita olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biron-bir narsani o`rgata olishi uchun, ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat - odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlanishini o`z ichiga oladi. Bunday axborot ayirboshlanishi munosabatning kommunikativ jihati sifatida ta'riflanishi mumkin. Odamlar munosabatga kirisharkan, munosabatning eng muhim vositalaridan biri sifatidagi tilga murojaat qiladilar. Munosabatning ikknichi jihati - munosabatga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki harakatlar, xatti-harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Univermag kassasi oldida hisob-kitobni amalga oshirarkan, xaridor bilan sotuvchi hatto ulardan birontasi hech qanday so`z ishlatishmasa ham o`zaro munosabatga kirishadi; xaridor kassirga xarid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqdim etsa, sotuvchi chek urib, qaytimini sanab beradi. Nihoyat, munosabatning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlarina taqozo qilishidir. Masalan, munosabat bo`yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa bo`ladigan, aqlli, tushunadigan, tayyorgarlik ko`rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi, yoki oldindanoq u hech narsani tushunmaydi va xabar qilingan narsaning fahmiga yetmaydi, deb hisoblashi juda muhimdir. Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatni - kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o`zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o`zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko`rsatish mumkin. Ana shu uchta jihatning birligi holida o`rganilayotgan munosabat birgalikdagi faoliyatni va unga jalb etilgan odamlarning o`zaro birgalikdagi harakatlarini tashkil etish usuln sifatida maydonga chiqadi. Munosabat qonuniyatlarini bilish hamda munosabat o`rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish pedagog uchun ayniqsa muhimdir. Negaki, uning kasbiga ko`ra vazifasi ham agar u o`quvchilarni o`zi bilan birgalikdagi faoliyatga unumli jalb qila bilgan, tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga javob beradigan tarzdagi o`zaro birgalikdagi harakat va o`zaro hamjihatlikni yo`lga ko`ya olgan, ya'ni to`laqonli pedagogik munosabatni o`rnata olgan taqdirdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Amalga oshirilishi shakllari jahatidan qaraladigan pedagogik munosabat – pedagog va ta'lim olayotganlarning o`zaro birgalikdagi harakati usullari sistemasidir. Bunda, avvalo, axborot ayirboshlash, o`qituvchi tomonidan turli xildagi kommunikativ vositalar yordamida o`quvchi bilan o`zaro hamjihatlik va o`zaro munosabatlar o`rnatilishi munosabatning mazmunini tashkil etadi. Pedagog faoliyatining didaktik va xususan tarbiyaviy vazifalarini o`qituvchi bilan o`quvchilar Jamoai o`rtasidagi sermaxsul munosabat jarayonini tashkil etmasdan turib yetarli darajada unumli tarzda amalga oshirib bo`lmaydi. Shu tariqa pedagog faoliyatida munosabat, birinchidan, xususan o`quv vazifalarini xal etish vositasi sifatida, ikkinchidan tarbiyaviy jarayonna sotsial-psixologik jihatdan ta'minlovchi sistema sifatida, uchinchidan, o`qituvchilar va o`quvchilar o`rtasida tarbiya va ta'limning muvaffaqiyatli olib borilishiga imkon beradigan o`zaro munosabatlarning muayyan sistemasini tashkil etish usuli sifatida va, nihoyat, to`rtinchidan, buningsiz maktab o`quvchisining individga xos xususiyatlarini tarbiyalab bo`lmaydigan jarayon sifatida maydonga chiqadi. Pedagogik munosabat deganda pedagog va o`quvchilar Jamoai o`rtasida o`zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv-tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish va o`zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi, usullari va malakalari tushuniladi. Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi. Pedagogik munosabat, bir tomondan, o`quv-tarbiya jarayonining hissiy-holati bo`lib, ikkinchidan esa, uning bevosita mazmuniy ta'rifi sifatida namoyon bo`ladi. Download 102.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling