Shaxs og‘ishgan xulqining mexanizmlari tayanch tushunchalar


Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari


Download 123.36 Kb.
bet5/35
Sana25.01.2023
Hajmi123.36 Kb.
#1118597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3.1.2. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari
Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi2. Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, piesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ng xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan mijozlarga duch keldi. Masalan, baqquvvat bo‘lsa-da, mijoz qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda mijozni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashif qildi. Uning fikricha ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va patsientlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz patsientlari gipnoz tufayli o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. So‘ngra u patsientlar o‘zlarini ruhiy yengillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‘ra patsient o‘zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsientlarga ruhiy yengillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi patsientlarning o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib bog‘lanishini ta’kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‘ladi.
Freyd topografik modeldan foydalanib, psixik hayotni uch darajasini ajratdi:

  • Ong;

  • Ongoldi;

  • Ongsizlik;

Ong darajasi - aniq damdagi insonning ma’lumotlarini sezgi va kechinmalaridan tashkil topadi. Ong miyada saqlanuvchi ma’lum kam foizli axborotlarni qamrab oladi. So‘ngra ma’lumotlar ong oldi yoki ongsizlik sohada yuklanadi.

Download 123.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling