Shaxs og‘ishgan xulqining mexanizmlari tayanch tushunchalar
B.Skinnerning operant bixeviorizmi
Download 123.36 Kb.
|
B.Skinnerning operant bixeviorizmi
Berris Frederik Skinner 1904 yil Pensilvaniya shtatidagi, Saskuexanneda tug‘ilgan. Uning oilaviy muhiti samimiy va erkin, intizom qattiq bo‘lgan, hamda munosib xizmat ko‘rsatganda rag‘batlantirilgan. Skinner butun yoshligi davrida roliklik samakatlarni, korusellarni, aravalarni konstruksiya qilish bilan ko‘p shug‘llangan. Bu yoshlikdagi ixtirolar kelajakda uni harakatlarini kuzatish modifikatsiyasiga qiziqishidan darak berardi. Uni shuningdek, maktabda o‘qishga qiziqishi katta bo‘lgan, hamda unga bilim bergan o‘qituvchilarini iliqlik bilan xotiralaydi. Skinner 1926-yilda Gamilton kollejida o‘qib, gumanitar fanlar, ya’ni ingliz adabiyoti bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Skinner o‘z xotiralarida talabalik hayotiga haqiqiy moslasha olmaganligini aytadi. Kollejni bitirgach u ota-onasining uyiga qaytib kelgan va yozuvchilik bilan shug‘ullanishga harakat qilgan, lekin bu orzusi ro‘yobga chiqmagan. Skinner xotirasida maqsadsiz o‘qiganligi, kemalar modelini yasaganligi, royalda royal chalganligini, o‘zi ixtiro qilgan radiosini eshitganligini, mahalliy gazetalarda yumor maqolalar chop etganligini, ammo boshqa hech narsa yozmaganligini va psixiatrga ko‘rinishni o‘ylab ko‘rganligini aytgan. Skinner yozuvchi bo‘lishdan voz kechib Garvard Universitetiga psixologiyani o‘rganish uchun o‘qishga kiradi. U bu sohada hammadan orqada ekanligini tushunib, o‘ziga qattiy o‘quv jadvali belgilaydi va bunga ikki yil davomida qat’iy amal qilib keladi. 1931-yilda doktor darajasiga loyiq topiladi. 1931-1936-yillarda Skinner Garvardda ilmiy ish bilan shug‘ullanadi, u o‘zini ilmiy qarashlarini hayvonlarning asab tizimini o‘rganishga qaratgan. 1936-45 yillarda u Minisotta Universiteti o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. Bu davrda Skinner juda ko‘p ijodiy ishlar bilan shug‘ullangan va AQShda yetakchi bixeviorist sifatida tanilgan. 1945-47 yillarda u Indiana shtati universiteti psixologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan, 1947-74 yilga qadar Garvardda notiq bo‘lib ishlagan va nafaqaga chiqqan. Skinnerning ilmiy faoliyati juda ko‘p taqdirlangan. Jumladan, ilmiy faoliyatlari uchun prezident medalini olgan. 1971-yilda Amerika psixologlari assotsiatsiyasining quyidagi yozuvlari bitilgan “Xulq-atvorni o‘rganish revolyutsiyasini amalga oshirishda psixologik tekshiruvchilar pioneri, nazariya lideri, texnologiya ustasi “oltin medali”ga sazovor bo‘lgan. 1990-yilda Amerika psixologlari assotsiatsiyasi prezidenti Skinnerga tashakkur bildirgan. Skinner ko‘pgina kitoblar muallifi bo‘lgan. U “Organizmning harakati” (1938-yil), “Uoldin-2” (1948-yil), “Insonning xulq-atvori va fan” (1953-yil), “Verbal xulq-atvor” (1957-yil) va boshqa bir qator asarlarini yozgan. Uning yozgan asarlaridan “Uoldin-2” romani kollej talabalari orasida keng tarqalgan. Uning tarjimaiy holi “Tarjimai hol psixologiyasi tarixi” asarining 5-tomida yoritilgan. Skinner 1990-yilda Leykemiya kasalligi orqali vafot etgan. Skinnerning nazariyasiga yondashuvlari: Bixeviorizm uchun “xulq” asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o‘tilgan. Ko‘pgina insonparvar nazariyotchilar ikki xil yo‘nalishda izlanish olib boradilar: 1) Albatta, insonlarning barqaror va bir-birlaridan farqli xususiyatlarini o‘rganish; 2) Shaxslarning xulq-atvorini turlichaligi va murakkabligini gipotetik tushuntirish. Bu yo‘nalishlar ko‘pgina konsepsiyalarning asosini tashkil qilgan. Skinner fikricha mavhum (abstrakt) nazariya majburiy emas. Individning xulq-atvorini unga tashqi muhitning ta’sirini o‘rgatish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Skinnerning ta’kidlashicha; psixologiya, ayniqsa uni o‘qitish yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli ulkan masshtabli nazariya mavjud bo‘lmagan. Shuningdek u, nazariy yo‘nalishda tekshiruvlar o‘tkazish lozim emasligini, chunki ular kuzatuv faktorlariga tushuncha berib, hodisalarni turli tushunchalar va o‘lchamlar asosida ta’kidlab, ularni turli me’yorlarda o‘lchab bo‘lmaydi, degan. Skinner o‘zini nazariyotchi deb hisoblagan va shaxsni o‘rganish nazariyasini yaratgan. Skinner o‘z intervyusida: “men o‘zga dunyo, aql va asab tizimi nazariyasini yaratib, xulq-atvorni tushuntirishga harakat qilaman. Bunday nazariyani muhim va foydali deb hisoblayman. Bundan tashqari bular, xavfli hamdir, chunki bezovtalanishga asos bo‘ladi. Men shaxs xulq-atvorini umumiy nazariyasini xush ko‘raman, chunki ko‘p faktorlarni birlashtirib umumiy tushuncha beradi”, - degan. Tashabbuskor shaxs doira tashqarisida, Skinner radikal bixeviorist sifatida, insonlar tashabbuskorligini va xulq-atvorini ichki faktorlar bilan bog‘liq ekanligini inkor etib, (masalan: ongsiz impulslar) bu konsepsiyalar to fikrlar bo‘lishi, hozirda ham mavjud bo‘lib kelmoqda, chunki xulq-atvorni boshqarayotgan atrof-muhit sharoiti inkor etilmoqda. Download 123.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling