Huquq — shaxs va davlat munosabatlarining
mustahkam asosi
Davlat va huquq asoslari fani 1-mavzu
Shaxs va davlat o‘zaro munosabatlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asosi
Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy bog‘liqdir.
Shaxs, jamiyat va davlat - bu uchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi.
Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, mansabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi. Davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotining ustuvor yo‘nalishlariga oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bo‘lar edi. Huquqiy madaniyat hamda uning shaxs va davlat bilan uzviy bog‘liqligi Strategiyaning ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlanadi. Mazkur yo‘nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan: — sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; — fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; —ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish; — jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish; — sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; — yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Huquqiy ong — jamoatchilik ongining bir sohasi bo‘lib, unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa munosabati shakllanadi.
Huquqiy ong qanchalik yuqori bo‘lsa, huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ma’naviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni to‘g‘ri tushunish va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni yo‘lga qo‘yadi. Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lsa, u albatta qonunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham huquq me’yorlarini buzishga olib keladi. Qonunlarni bilish o‘z-o‘zidan huquqiy madaniyatning yuqori saviyasidan darak bermaydi.
Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talablarini bajarmaslik mumkin.
Savol va topshiriqlar: 1. Nima uchun kishiga huquqiy bilimlar zarur? Huquqiy savodsizlik nimaga olib keladi? 2. Sizningcha, qonun kishining yaxshi maslahatgo‘yi va yordamchisiga aylanishi uchun nima qilish kerak? 3. Huquq me’yorlari bilan axloq me’yorlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nimada ko‘zga tashlanadi? 4. Qonunlarni bilmasdan turib adolatsizlikka qarshi kurashib bo‘ladimi? О‘z javobingizni asoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |