Shaxsiy biznes ochish va buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha semestr uchun topshiriq tavsifi


Download 16.14 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi16.14 Kb.
#1160073
Bog'liq
Shaxsiy biznes ochish va buxgalteriya hisobini yuritish bo (2)


Shaxsiy biznes ochish va buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha semestr uchun topshiriq

Topshiriq tavsifi:
Guruhlarga bo‘linib (4-5 kishilik) kichik biznes (yegulik yoki ichimliklar tayyorlab sotish) tashkil etish. Hafta davomida kamida bir marotaba mahsulot va tovarlar savdosini tashkil etish (universitet hududida faqat tayyorlab sotiladigan mahsulotlar). Biznesga kiritilgan sarmoya, ta’sischilar, ishchilar ish haqisi, savdodan tushgan tushum, biznes bilan bogliq xarajatlar, naqd va naqdsiz mablag’lar hisob-kitobi, qarzdorlik va haqdorlik hisobini to‘liq buxgalteriya hisobi qoida va standartlariga rioya qilgan holda yuritish va semestr oxirida 4 moliyaviy hisobotni tayyorlash va tahlil qilib berish lozim bo‘ladi.
Baholanishi:
Topshiriq bo‘yicha maksimal ball 20 ball. Bundan, 5 ball semestr davomidagi savdo tushumi 600 000 so‘mdan oshgan guruhlarga beriladi. Qolgan 15 ball buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritilishi, hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirilishi, buxgalteriya hisobi hujjatlari holatiga qarab baholanadi.
Ko‘rsatmalar:

24.10.2022 sanagacha:
- Guruhlar ro‘yxati va a’zolari ro‘yxatini shakllantirish
- Biznes shaklini tanlash va firmaga nom berish
- Ta’sis hujjatlarini shakllantirish va tasdiqlatish (namuna ilovada) (Ixtiyoriy: firmaga muxr va shtamp tayyorlash)
- Ustav kapitalini shakllantirish
- Korxona ishchilar ro‘yxatini shakllantirish va buyruq hamda mehnat shartnomalarini tayyorlash (namuna ilovada)
31.10.2022 y sanasigacha
- 1-savdoni tashkil etish va natijalari bo’yicha hisobot berish
- 1-hafta operatsiyalarini hujjatlashtirish, jurnallashtirish va bosh kitobda aks ettirish (namuna ilovada)
24.12.2022 y sanagacha
- barcha iqtisodiy operatsiyalarni yakunlash
- 2022- yil uchun buxgalteriya hujjatlari yig’ma jildini shakllantirish
- sinov balansi va moliyaviy hisobotlar tayyorlash uchun zaruriy barcha amaliyotlarni amalga oshirish
- biznes faoliyatini yakunlash va yopish
01.02.2023 y sanadan – 10.02.2023 y sanagacha
- 4 moliyaviy hisobotni tayyorlash va himoyaviy tahlil qilib berish
Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling