Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko


Termografik nusxa kuchirish (termografiya)


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/139
Sana19.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1681091
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139
Bog'liq
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

 
Termografik nusxa kuchirish (termografiya) 
 
 
 
 
 
 
 
Termonusxa ko’chirish — eng tezkor nusxa ko’chirish usuli (minutiga o’nlab 
metr), u nusxani maxsus, anchagina qimmat termoreaktiv qog’ozda yoki termonusxa 
ko’chiriladigan qog’oz orkali, oddiy qog’ozga olish imkonini beradi. 
Termografik nusxa ko’chirish tamoyili kuyidagichadir: xujjat—asl nusxaga yarim 
shaffof termoreaktiv qog’ozning sezgir qatlami qaratib ko’yiladi. Keyin shu qog’oz 
orqali xujjat issiklik nurlarining jadal okimi bilan nurlantiriladi — asl nusxaning 
qora joylari bu nurlarni yutadi va qiziydi, yorug’ joylari issiklik nurlarini kaytaradi 
va ancha kamroq qiziydi. Asl nusxaning ma’lum joylari kizishi unga yopishgan 
termoreaktiv qog’ozga uzatiladi, bu qog’ozning qizigan joylari esa qorayadi 


(qorayish yorug’likni sezuvchi qatlamdagi pigmentning erishi oqibatida yoki 
pigment hosil kiluvchi kimyoviy reakсiyaning issiklik ta’sirida bo’lib o’tadi). 
Termonusxa ko’chirish kamchiliklari: yuqori bo’lmagan sifat, nusxalarning 
saqlanish muddati kamligi (1—2 yildan keyin ularniig rangi o’chadi va oqaradi), 
kimmatbaho qog’oz. Molniya, TENKA, TR4 va boshka apparatlar ishlatiladi. 
Diazografik nusxa ko’chirish (yorug’lik nusxa ko’chirish) 
Diazografik 
nusxa ko’chirish (yorug’lmk nusxa ko’chirish) — bu diazografiya, sinkografiya. 
Asosan katta shakldagi chizma-texnik xujjatlardan nusxa ko’chirish uchun 
qo’llaniladi. Asl nusxa yorug’likni o’tkazadigan qog’ozda, kalkada bajarilgan 
bo’lishi kerak. Jarayon yorug’lik sezuvchi diazoqog’ozga ko’yilgan shaffof asl 
nusxani yoritib xosil qklinadi, bunda diazoqog’ozning tasvir yo’k joylari okarib 
koladi. Tasvir, yarim quruq usul bilan tortib turuvchi shkaflarda eritgich (ammiak) 
bug’ilda yoki nam usul bilan ishqorli korishmada tushiriladi; oxirgi holatda 
nusxalarning chidamliligi ortadi. Diazotipli nusxa ko’chirishning sifati o’rtacha. 
Rossiyada ishlab chikarilgan SKA, SKN, VA, KVS, SKS, SKMP va boshqa 
apparatlar ishlatiladi. Tuzilishi va nusxa ko’chirish texnologiyasi bo’yicha namli 
tushirish apparatlari (masalan, SKMP) yarnm kuruk tushirish apparatlariga nisbatan 
(masalan, SKS) birmuncha oddiy va arzondir, lekin nusxa ko’chirish sur’ati va ish 
sifati pastdir 
Yaqingacha juda keng tarkalgan nusxa ko’chirishning bu turi o’z o’rnini 
elektrografik nusxa ko’chirishga bo’shatib bermokda. 
Fotografik nusxa ko’chirish 
Fotografik nusxa ko’chirish (fotonusxa ko’chirish) eng kadimiy va yuqori sifatli 
nusxa ko’chirish usuli bo’lib, kimmatbaho xom ashyo (xususan, kumush tuzini 
o’zida saklagan fotoqog’oz) va nusxa olishning uzoq jarayonini (ekspoziсiya, 
tushirish, qotirish, yuvish, kuritish) talab etadi. 
Tasvirning o’lchamlari va sifatiga ko’yilgan talablarga karab fotografik nusxa 
ko’chirish kontaktli va proekсion bo’lishi mumkin. Proekсion fotonusxa ko’chirish 
nusxani yukori sifatli bo’lishini ta’minlayli va keng oraliklarda tasvir xajmini 
o’zgartirish va tasvirdagi aloxdda lavhalarini kattalashtirib ajratish imkonini beradi. 
Fotonusxa ko’chirishda ham oddiy ham kayta ishlanadigan fotoplyonka va 
fotoqog’ozlar ko’llaniladi. Plyonkadagi pozitiv nusxa kelgusida diazografik nusxa 
ko’chirish uchun ishlatilishi mumkin. Agar yarim tuslarni tushirish talab etilmasa u 
holda juda keskin fark qiladigan fotomateriallar ishlatiladi. 


Fotonusxa ko’chirish uchun turli xil ko’shimcha asboblar va fotokatgalashtiruvchi 
kurilmalar ishlatiladi. 
Fotonusxa ko’chirishning muxim va keng tarqalgan ko’rinishi xujjatlarni 
mikrofilmlashga asoslangan mikrofotonusxa ko’chirishdir. Unda oddiy fotografik 
kontaktli (refleksli) fotograflash va bosish uchun apparatlar ishlatiladi. Modellari: 
ORK komplekgi, KP-10, KRN, Dokufo BF-101 va boshka apparatlar. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling