Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Download 118.89 Kb.
bet12/25
Sana10.11.2021
Hajmi118.89 Kb.
#172872
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
TAT 2-amaliy mashg'ulot

Mantikiy(logik) hotira.

Xotirani,yachеykalar chizikli tuplami kurinishida apparat tashkil etish,dasturchining dastur va malumotlar saklanishi kurinishi xakidagi tassavuri bilan mos kеlmaydi.K’pgina dasturlar bir-biriga bog’liq b’lmagan holda yaratilgan modullardan tashkil topgan. Bazan jarayon tarkibiga kiruvchi hamma modullar hotirada kеtma-kеt joylashadi va chiziqli adrеslar maydonini tashkil qiladi. Biroh k’pincha modullar hotiraning turli joylarida joylashtiriladi va turlicha foydalaniladi.

(Doimiy eslab qoluvchi xotira) “BIOS” BIOS-bu termin kiritish-chiqarish sistemalaridan ba’zaviy asosidir. BIOS 2 ta programma va apparat simlari ‘rtasidagi bog’lovchi hisoblanadi. Kiritiah-chiqarish sistemalarda ba’zaviy asiosi bu kombinattsiyalash bioslar va qiymatlar uchun yuklanadiga drayverlardir. Biosning bir qismi ona platadagi mikrosxemaga joylashadi va u Firmware deb nomlanadi. (Aynan mana shu mikrosxemalar foydalanuvchi biosni kompyuterdan apparat qismiga kiritadi.Quydagi keltirilgan rasmda PS ning b’limlar bog’lamasi keltirilgan. K’plab yillar davomida bu dastur hamkor etaloni hisoblanib k’plab firmalar maxsulati bilan tenglamalardi. Toza xotira uyi “va” qoramshiq metodi b’yicha IBM BIOS ni PH firmasi birinchi b’lib ishlab chiqargan.

Bu rasm 2 ta har xil Kompyuter chizilgan ularga Bios ishlatiladi.Ular ikki xil variantda ‘rnatilgan.Ular ikki kompyuterga ikki xil qurilmalr ‘rnatish mumkin. (Protsesor, qattiq disk, peonitor va hk). Lekin ularning ikkalasiga ham, bir xil sistemani ishlatish mumkin.(ARG) yordamida Arleuski on Proor.Interfeys operasion istema qoshimcha darslar ‘rtasidagi bog’lanish qabul qilinadi.Operatsion sistema ‘z ‘rnida BiOS orqali apparat ta’minotiga murojat qiladi.Bu bog’lanish drayver qurilmalar k’rinishida amalga oshadi.Aynan bir qurilmalar uchun drayverlar turli operatsion mavjud.


4. Xizmatchi dasturiy vositalarni sinflarga ajrating?

Fayl dispеtchеrlari (fayl mеnеdjеrlari). Bu sinf dasturlari yordamida fayl strukturasiga xizmat qilish bilan bog’liq b’lgan k’pgina amallar bajariladi, ya'ni: nusxa olish, joyini ‘zgartirish, fayl nomini ‘zgartirish, katalog (papka) yaratish, fayllarni qidirish va fayl strukturaida navigatsiya. Bu maqsadlarga m’ljallangan dastur vositalari odatda tizimli satx dasturlari tarkibiga kiradi va OT bilan birgalikda ‘rnatiladi. Ammo, kompyutеr bilan ishlash qulayligini oshirish uchun k’pgina foydalanuvchilar, q’shimcha xizmatchi dasturlarni ‘rnatadilar.

Ma'lumotlarni zichlashtirish vositalari (arxivatorlar). Ular arxivlar yaratish uchun m’ljallangan. Ma'lumotlarni arxivlashtirish, fayl va kataloglarning katta guruhlarini bitta arxiv fayliga jamlash hisobiga saqlashni osonlashtiradi. Bu holda arxiv fayllari ma'lumotlarni yuqori darajada zichlashtirib yozish hisobiga, ma'lumotlarni saqlash qurilmalari samaradorligini oshirish imkonini bеradi. Arxivatorlar k’pincha qimmatli ma'lumotlardan rеzеrv nusxa olish uchun ham foydalaniladi.

K’rish va aks ettirish vositalari. Odatda ma'lumotlar fayllari bilan ishlash uchun ularni ‘z muhitiga, ya'ni ular ‘zi ishlab chiqilgan amaliy muhitga yuklash kеrak. Bu esa, xujjatlarni k’rib chiqish va ularga ‘zgartirish kiritish imkonini bеradi. Ammo xujjatlarni ‘zgartirmasdan faqat k’rib chiqish zaruriyati b’lgan hollarda, har xil tipdagi xujjatlarni k’rishga imkon bеradigan oddiy va univеrsal vositalardan foydalanish qulaydir.

Diagnostika vositalari. Apparat va dasturiy ta'minot diagnostika jarayonini avtomatlashtirish uchun m’ljallangan. Ular kеrakli tеkshirishlarni ‘tkazib, yig’ilgan ma'lumotlarni qulay va yaqqol k’rinishda bеradi. Bu ma'lumotlardan, buzilishlarni tuzatish uchungina ham emas, balki kompyutеr tizimi ishini optimallashtirish uchun ham ishlatiladi.

Nazorat (monitoring) vositalari. Nazorat vositalarini ba'zan monitorlar dеyiladi. Ular, kompyutеr tizimida r’y bеradigan jarayonlarni kuzatish imkonini bеradi. Bunda ikki xil xolat b’lishi mumkin: rеal vaqt rеjimida kuzatish yoki natijalarni maxsus protokol fayliga yozish bilan nazorat qilish. Birinchi xolat odatda hisoblash tizimini optimallashtirish y’lini qidirishda va uning samaradorligini oshirishda foydalaniladi. Ikkinchi xolat odatda, monitoring avtomatik xolda va (yoki) masofadan bajarilsa foydalaniladi.

‘rnatish monitorlari. Bu katеgoriya dasturlari dasturiy ta'minotni ‘rnatishni nazorat qilish uchun m’ljallangan. U yoki bu dasturni ‘rnatish yoki olib tashlashda, boshqa dasturlarni ishlovchanligi buzilishi mumkin. ‘rnatish monitorlari esa, atrof dasturiy muhitini ‘zgarishi va xolatini kuzatadilar, dasturlar orasidagi yangi aloqalar paydo b’lishini hisobga oladilar va oldingi ‘rnatilgan dasturlarni olib tashlashda y’qolgan aloqalarni qayta tiklaydilar.

Dasturlarni ‘rnatish va olib tashlashni boshqaradigan oddiy vositalar odatda opеratsion tizimning tarkibiga kiradi va ular tizimli dasturiy ta'minoti sathida joylashgan b’ladi, ammo ular еtarli emas. Shuning uchun ham, yuqori darajadagi ishonchlilik talab qilinadigan hisoblash tizimlarida q’shimcha shunday xizmatchi dasturlardan foydalaniladi.

Kommunikatsiya vositalari (kommunikatsiya dasturlari). Elеktron aloqa va kompyutеr Tarmoqlari paydo b’lishi bilan bu sinf dasturlari juda katta ahamiyatga ega b’lib holdi. Ular uzoq masofadagi kompyutеrlar bilan aloqa ‘rnatadi, elеktron pochta xabarlarini uzatishga, tеlеkonfеrеntsiyalar ishiga yordam bеradi, faksmil xabarlarni uzatishni ta'minlaydi va kompyutеr Tarmoqlaridagi k’p amallarni bajaradi.

Kompyutеr xavfsizligini ta'minlash vositalari. Bu kеng k’lamdagi katеgoriyaga ma'lumotlarni buzilishlardan ximoya vositalari, va shu bilan birga ma'lumotlarga xuquqsiz murojaat, ularni k’rish va ‘zgartirishdan ximoya vositalari kiradi. Bu dasturlarga, masalan, antivirus dasturiy ta'minoti kiradi.



5. Operatsion tizim funksiyalari?

Operatsion tizim - bu maxsus dastur b’lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi ‘rtasida muloqotni ‘rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni ‘rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta‘minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Apple firmasining Macintosh – MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: - fayl tizimini boshqarish (yozish, ‘zgartish, fayllardan nusxa k’chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish); - dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta‟sirni tutib olishvah.q.); - xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma‟lumotlarbutliginazorativah.k.); -foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni ‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.)kiradi. Operatsion tizim funksiyalari. Operatsion tizim (OT) tushunchasi qisqacha izohlanadigan b’lsa, bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga b’linadi. Fizik resurslarga: — xotira; — vinchester; — monitor; — tashqi qurilmalar; — va shu kabilar kiradi. Dasturiy resurslar bu: — kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; — kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar; — berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; — drayverlar; — virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir. Operatsion tizim quyidagi xususiyatlarga ega b’lishi talab qilinadi: 1. Ishonchlilik. OS ‘zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli b’lishi kerak. OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni tahlil qilish va tiklash holatida b’lishi kerak. OS foydalanuvchini ‘zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech b’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zarami minimumga olib kelishi kerak. 2. Himoya. OS bajarilayotgan masalalami ‘zaro bir-biriga ta’siridan himoyalashi kerak. 3. Bashorat. OS foydalanuvchi s’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan b’lsa, ularning ketma-ketligi qanday b’lishidan qat'iy nazar natija bir xil b’lishi kerak. 4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak. davomi... 5. Samaradorlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun tizim resurslaridan foydalanish darajasini maksimal oshirishi kerak. Tizimning o ‘zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi zarur. Resurslaming OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi. 6. Moslanuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS samaradorligini oshirish maqsadida k’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 7. Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar q’shilishi mumkin. 8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir b’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega b’lishi kerak. Avval qayd etganimizdek, OS ning asosiy vazifasi resurslar taqsimoti. DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar Bu oilaning birinchi vakili — MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System — Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC paydo b’lishi munosabati bilan chiqarilgan. DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali b’lib, quyidagi ‘ziga xos xususiyatlarga ega: • EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi; • Tizimni EHMning boshqa turlariga ‘tishni soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi; • Operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt). DOS operatsion tizimi oilalarining jiddiy kamchiligi shaxsiy kompyuterlar va operatsion tizim zaxiralariga ruxsatsiz kirishdan muhofaza vositalarining y’qligidir. Linux operatsion (amaliy) tizimi. ‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan ishlab chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga k’ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intra tarmoqlarda serverlar yaratish uchun q’llanadi. UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar Bular 32 razryadli k’p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning ‘zi turli kompyuterlarda — superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi. Bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga qulay ‘tkazish imkonini beradi. UNIXda taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofdan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkoni mavjud. UNIX da pochta xizmati — uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun k’plab miqdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ommaviy b’lgan ilovalar UNIX da foydalanilishi mumkin. UNIX oilasida bir necha operatsion tizimlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari ‘z nomiga ega. UNIX operatsion tizimining faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruhi darajasida fayllarga beruxsat kirishdan muhofaza etadi. Korxonalar tarmoqlari uchun m’ljallangan UNIX Ware 2.0-32 razryadli k’p (kishi)foydalanadigan k’p vazifali operatsion tizimlar UNIX oilasidagi tarmoqli operatsion tizimlar orasida keng tarqalmoqda. WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni ‘zida namoyon etuvchi k’p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95, MS DOS operatsion tizimi va Windows 3.x operatsion qobiqlari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32 razryadli, qisman 16 razryadli operatsion tizimdir.Windows NT operatsion tizimi — eng k’p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli operatsion tizimdir. U ikki xil — Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqariladi. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun m’ljallangan. Windows NT Server axborotning tezkor ishlash vositalariga ega, istalgan aloqa kanallaridan (oddiy telefon liniyalari ham) foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning ‘zida 256 gacha shaxsiy kompyuterlar ulanish imkoniyatiga, bir necha server esa ommabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin. Windows NT Workstation — Windows NT operatsion tizimning versiyasi b’lib, lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun m’ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli operatsion tizimdir. Windows NT dagi barcha ilovalar k’p vazifalilik rejimida ishlaydi. Ayni paytda Windows NT da MS DOS va 16 razryadli Windows dasturining barcha ilovalari ham ishlayvermaydi. Windows NT Workstation dan maxfiy malumot yoki dasturlami ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tug'ilganda, shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlami tahlil qilishda foydalanish maqsadga muvofiq. iOS operatsion tizimi iOS(24 iyun, 2010-yilgacha -iPhoneOS) –Amerika kompaniyasi Apple tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan aqlli telefonlar, electron planshetlar va k’chma media qurilmalari uchun operatsion tizim. 2007 yilda ishga tushirilgan; Dastlab–iPhone va iPod kabi qurilmalar uchun–keyinroq iPad va AppleTV uchun ishlab chiqilgan, Windows Phone(Microsoft) va Android(Google) OT larga qaraganda faqat Apple tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar uchun mavjud. iOS uchun Mach mikroyadrosiga asoslangan XNU yadrosi va Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan dastur kodi hamda NeXT STEP OS va FreeBSD kodi ishlatilgan. iOS ARM arxitekturasiga ega b’lgan planshetlarda va smartfonlarda ishlaydi.


Download 118.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling