Shaxsning betakror, o’ziga xos xususiyatlari, bu xaqdagi qarashlar
Download 0.54 Mb.
|
Raximberdieva N. Prip 516U
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning betakror, o’ziga xos xususiyatlari, bu xaqdagi qarashlar
- Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaktsiyasini berishga xizmat qiladi.
Raximberdiyeva Nozima Prip-516U Shaxsning individual xususiyatlari. Temperamentning fiziologik asoslari Temperament va uning tiplari Temperamentning o`zgarishi Xarakterning taraqqiysi. Qobiliyat va iste’dodning o`sishi. Individual xususiyatlarni kasb egallash va mehnat jarayonidagi ahamiyati. Shaxsning betakror, o’ziga xos xususiyatlari, bu xaqdagi qarashlarPsixik xodisalar psixik xolatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bir so’z bilan ruhiy, psixik xodisalar deb ataladi. Bular ichida psixik jarayonlar yetakchi va asosiy mazminni kasb etadi. Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob reaktsiyalarini berish bilan bog’liq jarayonlarning barchasini o’z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o’zida paydo bo’lib, ongning o’zida tugallanadi degan fikrni Sechenov mutlaqo noto’g’ri fikr deb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kelmagan natijadan ham darak beradi. Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaktsiyasini berishga xizmat qiladi. Temperament haqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan vrach Gippokrat, eramizdan oldingi ikkinchi asrda yashagan Galen, o`ninchi asrda yashagan Ibn Sino va boshqalar o`z qarashlarini bildirganlar. Galen birinchi bo`lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab o`tgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mijoz deb atab, uning issiq va sovuq turini, bu odamning rangi, qonining miqdori, quyuq yoki suyuqligiga bog`liqligini aytgan. Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460—356 yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan bo`lib, u temperamentning mohiyati va tiplarining nomlarini asoslashga harakat qildi Hozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning xillari bilan bog’liqligi asos qilib olinib, 4 tipi borligi qabul qilingan. Bu tepmeramentning antik davr klassifikatsiyasiga nomi bilan oxshash bo’lishi qabul qilingan.dc
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling