Mehnat unumdorligi kayfiyati yaxshi bo`lgan chog`da ancha yuqoi. Uning favqulotda murakkabliklar va hodisalar tahdid solib turadigan sharoitda ishlashi xavfli va noma’buldir.
Xarakterning taraqqiysi.
Xarakter deganda Shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy aktivligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga), o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarida namoyon bo`ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Kishining xarakteri
1- u boshqa odamlarga qanday munosabat bildirayotganida namoyon bo`ladi.
2- kishining o`ziga munosabatida - obro`talablik va o`z qadrini xis qilish yoki kamtarlik.
3- xarakter kishining ishga munosabatida namoyon bo`ladi (vijdonlilik, ma’suliyat, ishchanlik, jiddiylik).
Xarakterning_tuzilishi.'>4- xarakter kishining narsalarga munosabatida namoyon bo`ladi (narsalariga, kiyimiga va hokazo).
Xarakterning tuzilishi.
Xarakter xislatlari ichida eng ustun ko`zga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aksentuatsiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik rostgo`ylik, yolg`onchilik, saxiylik, ochko`zlik, dilkashlik va hokazolar).
Xarakter
Ambovert tip
ekstrovert tip
introvert tip
Ekstravertlar («o`ngi ustidalar») bor-yo`g`i ko`zga tashlanib turadigan odam. Muloqotga kirishuvi oson, chaqqon, mahmadona, tajovuzkor, peshqadamlikka intilish, odamlar diqqatini tortishga intilish darajasi yuqori.
Boshqalar bilan osongina aloqaga kirisha oladi, tez ta’sirlanuvchan, tashqi ta’sirga beriluvchan, sezgir, ochiq ko`ngil odam. Odamlarga «tashqi ko`rinishi» ga qarab baho beradi, ichki olami ularni qiziqtirmaydi.
- Ekstravertlar ko`proq xolerik va sangvinik temperament tipida bo`lishi kuzatilgan.
Introvertlar («o`ngi ichidalar») tashqi olamga o`z kechinmalari bilan yo`naltirilgan odam, kamdan-kam aloqaga kirishadi, kamgap, kamsuqum, yangi tanishlar topishi qiyin, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, avvalgi aloqalari uzilishidan iztirob chekadi, yutuq va yutqazish variantlari yo`q odam tipi.
Do'stlaringiz bilan baham: |