Shaxsning betakror, o’ziga xos xususiyatlari, bu xaqdagi qarashlar


Download 0.54 Mb.
bet3/5
Sana18.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1099207
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raximberdieva N. Prip 516U

Temperamentning o`zgarishi
Sangvinik avtomatlashgan, bir xilda va sust bajariladigan ishdan boshqa istalgan ishda ishonchli xodim bo`lishi mumkin. U ko`proq zehn, topqirlik va faolik talab etuvchi jonli, serharakat faoliyatga ko`proq qobiliyatli.
U odatda bir maqsadga intiluvchan, zarurat tufayli ishlash uchungina ishlamaydi, balki muayyan maqsad bilan xohlagan natijaga erishish uchun sobit va chidam bilan harakat qiladi. Bunda harakat faqat ish xilma-xil bo`lganda hamda uning taassurotlarni o`zgartirishga moyilligini qanoatlantirgandagina namoyon bo`ladi.
Barcha ishlarda u o`zini xotirjam tuta oladi, ammo biror kishi ishga halal bersa chidab turolmaydi. Ishdagi bunday uzilish xollarida u «ishdan soviydi», ishga befarqlik bilan, xafsalasizlik bilan qaray boshlaydi.
Flegmatik
xususiyati epchil va xilma - xil harakatlarni tez bajarish zarurati yo`q bo`lgan ishlarga ko`proq mos keladi. U ishga shoshmasdan, ammo unga puxta tayyorgarlik bilan, hech bir narsani diqqat e’tiboridan chetda qoldirmay kirishadi.
U nisbatan uzoqroq mudatda normal ritmga kirishib oladi. Uning ish sur’ati yuqori emas. Biroq ishga xafsala bilan tayyorgarlik ko`rishi, qunt va tirishqoqligi tufayli uning mehnati samara berishi jihatdan qoniqtirarli bo`lishi mumkin. U o`z ishining sifatiga talabchan, lekin undan talab etilganidan ortiqcha hamda yaxshiroq qilishga intilmaydi.
Faoliyat turi va ulardan ko`zlagan maqsadini o`zgartirishga moyilligi yo`q. Ko`proq bir xil, o`zi yaxshi egallab olgan ishga rahbati bor.Flegmatikni shoshiltiish kerak. Bunda ishdagi qunt va tirishqoqligini hisobga olib, shuningdek uning «ha, bo`l!» deyilmasa ham qattiq garchi yorqin sezilmasa ham, zo`r berib ishlagani uchun uni imillaganlikda ta’na qilib bo`lmaydi, chunki uning bu xususiyati irodasiga bog`liq emas. Unga yordam, dalda bergan holda, lekin harakatlaridagi mustaqilligini yo`qottirmasdan hamda unga ortiqcha homiylik qilmasdan ko`maklashmoq kerak.
Melanxolik
u muhitdan keluvchi taassurotlarga sust reaksiya bildirishadi. U tez reaksiya bildirish va faoliyat xarakterini tez - tez o`zgartirib turishni talab qilmaydigan xotirjam va xavfsiz sharoitda bemalol muvaffaqiyat bilan ishlashi mumkin.
Biroq, dilsiyohlikni, arzimagan darajada izzat - nafsiga tegishni uzoq vaqt esda saqlar ekan, tez - tez o`z ishidan chalg`iydi va o`z xayoliga berilib ketib, e’tiborsizlik va xatolarga yo`l qo`yadi, shuning uchun u normal ish ritmiga juda sekinlik bilan kiradi va tez - tez hafsalasizlik va lanjlik tufayli buni uzoq vaqt saqlab turolmaydi. Ishlash sur’ati beqaror.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling