25. Sanoat ijtimoiy psixologiyasi. Shaxs ijtimoiylashuvi muammosi ko‘tarilganda, ijtimoiy tajribaning u tomonidan qanday yo‘l bilan va qay darajada o‘zlashtirilganligi ijtimoiy ustanovka fenomeni orqali tushuntiriladi. - Shaxs ijtimoiylashuvi muammosi ko‘tarilganda, ijtimoiy tajribaning u tomonidan qanday yo‘l bilan va qay darajada o‘zlashtirilganligi ijtimoiy ustanovka fenomeni orqali tushuntiriladi.
moslashtiruvchi – attityud subyektni uning maqsad va manfaatiga aloqador bo‘lgan obyektlarga yo‘naltiradi, moslashtiradi; - moslashtiruvchi – attityud subyektni uning maqsad va manfaatiga aloqador bo‘lgan obyektlarga yo‘naltiradi, moslashtiradi;
- bilish funksiyasi – konkret obyektga nisbatan mavjud vaziyatda anchagina qulay bo‘lgan xulq-atvor shaklini tanlashga yordam beradi;
- namoyon etish funksiyasi – individni shaxs sifatida, muayyan qadriyatlarga e’tiqodi bor inson sifatida tutishini ta’minlaydi;
- himoya vazifasi – shaxsning ichki ziddiyatlarini bartaraf etish va turli vaziyatlardan chiqib ketishiga imkon beradi.
Kognitiv komponent – bu ijtimoiy ustanovka obyektini anglash bilan bog‘liq jihatlar; - Kognitiv komponent – bu ijtimoiy ustanovka obyektini anglash bilan bog‘liq jihatlar;
- Affektiv komponent – bu obyektga nisbatan hissiy munosabatlar, uni emotsional baholash, yoqtirish-yoqtirmaslik bilan bog‘liq subyektiv holatlar;
- Xulq-atvor komponenti (yoki konativ) – obyektga nisbatan real xatti-harakatni tushuntiruvchi jihatlar.
Muallif yuqoridagi jabhalar, vaziyatlar va ularning shaxs individual va ijtimoiy tajribasida namoyon bo‘lishini tushuntirish uchun ularga mos dispozitsiyalarni farqlaydi: - 1) Dispozitsiyalarning birinchi darajasi shaxsdagi elementar, oddiy ustanovkalarni tushuntirib beradi. Bu D.Uznadze sxemasiga mos keladigan predmetli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan oddiy qayd etiladigan ustanovkalardir;
- 2) dispozitsiyalarning ikkinchi darajasi murakkabroq bo‘lib, ular insonning bevosita kichik guruhlarda ro‘y beradigan muloqoti, muomalasidan paydo bo‘lgan ijtimoiy tajribasini tushuntiradi. Bu o‘sha amerikaliklar ta’kidlagan attityuddir;
Shunday qilib, taklif etilgan dispozitsiyalar nazariyasi shaxsning turli vaziyatlardagi munosabatlar tizimining muvofiqlashtirish va uning sabablarini tushuntirishga imkon beradi. Sotsial psixologiya da shu kabi turli darajadagi ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirish muammosi muhim bo‘lib, bu masala maxsus tadqiqotlar va tarbiya vositalarining ishlab chiqilishini taqozo etadi. - Shunday qilib, taklif etilgan dispozitsiyalar nazariyasi shaxsning turli vaziyatlardagi munosabatlar tizimining muvofiqlashtirish va uning sabablarini tushuntirishga imkon beradi. Sotsial psixologiya da shu kabi turli darajadagi ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirish muammosi muhim bo‘lib, bu masala maxsus tadqiqotlar va tarbiya vositalarining ishlab chiqilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |