Shaxsning rivojlanishda oila ijtimoiy muhitining ta’siri shamsiyeva Hilola


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1737731
Bog'liq
Shamsiyeva Hilola



Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
«
Научный импульс» Мая, 2023 
921 
SHAXSNING RIVOJLANISHDA OILA IJTIMOIY MUHITINING TA’SIRI
 
Shamsiyeva Hilola 
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani
3- umumiy o’rta ta’lim maktabi 
psixologi  
 
Annotatsiya:Oila va undagi shaxslararo munosabatlar tizimi, oilaviy shaxslararo 
munosabatlarning bola tarbiyasiga ta’siri, bola faoliyatini oilada tashkillashtirish 
masalalari, oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish kabi 
masalalarni nazariy va amaliy tahlil qilish va yoritish maqsad qilib olingan. Shuningdek, 
oilada farzandlar tarbiyasining ijtimoiy psixologik mohiyatini, ijtimoiy tasavvurlarning 
shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, ularning 
farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy psixologik mavqei, 
oilaviy munosabatlarga tayyorligi xususiyatlarini ham tahlil qilishga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: oila, shaxsalaro munosabat, farzand, axloq, psixologik mashqlar.
 
Oila-o‘ziga xos ijtimoiy birlik bo‘lib, uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik 
munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat hamda jamiyat 
tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo‘yicha va farzandlarning o‘z 
ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi. Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning 
shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o‘zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi 
kategoriya. Oila funksiyalari-oila va uning a’zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish 
usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan 
chambarchas bog‘liq. 
Odatda hamma bolalar ham tug‘ilgan vaqtlaridayoq ota-onalariga ma’lum bir 
qiyinchiliklarni keltiradilar. Ammo ba’zilari uchun muammo bo‘lgan narsa boshqalarga 
hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u ko‘pgina sabablarga bog‘liq. Bolaga nisbatan ota-
onalarning tutgan yo‘li, oiladagi 
qadriyatlar tizimi, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bor 
yoki yo‘qligi, shuningdek, boshqa ko‘pgina narsalar bolani tarbiyalash 
jarayonida muqarrar ravishda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni bartaraf 
etish malakasini belgilab beradi.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali
muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o‘rgatishga oid psixologik mashqlar
samarali muloqotning psixologik vositalarini o‘rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy
o‘rinni egallamoqda.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida 
asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol 


Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
«
Научный импульс» Мая, 2023 
922 
darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, Bolalarning hamda ayollarning bandligi 
va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar 
joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli 
ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va 
ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayyorlash lozimligini talab etmoqda.
Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana 
boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’lim tarbiya, oila muhiti, milliy-
ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol 
o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong 
tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy 
hayotga tayyorligini ta’minlaydi .
Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid masalalar 
va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular 
avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm -
rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya 
jarayoniga katta ta’sir etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, 
uning sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan.
X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar boshqa millat 
vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, ya’ni o‘ziga xos 
etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek oilalaridagi er-xotin orasida 
nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga xos bo‘lgan nikoh oldi omillarining 
xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir 
etishi, natijada yuzaga kelgan nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf 
etishda ota-onalarga tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va 
boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi.
X.Karimov tadqiqot ishlari natijalariga tayanib er-xotin o‘rtasidagi yuz beradigan nizoli 
holatlarning klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Nizolar klassifikatsiyasini asoslashda nizo 
sabablari, unda ishtirok etganlar soni, uning ifodalanish darajalari, nizo o‘chog‘i, 
yo‘nalganlik xarakteri, bosqichlari va boshqalar asos qilib olingan. Shu bilan bir qatorda, 
muallif tadqiqotlariga tayanib oilaviy nizolarning oldini olish yo‘llari, bartaraf qilish 
choralari, unda o‘zaro murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham 
ilgari suradi.
F.R.Ro‘ziqulov ilmiy izlanishlarida o‘zbek oilalarda ajralishning ijtimoiy psixo logik 
asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada ijtimoiy -tarixiy 
taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini ta’minlashning ba’zi 
omillari to‘g‘risidagi ilg‘or qarashlarni va hozirgi kunda respublikamizda amalga 
oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining 
jiddiy 
jihatlaridan 
biri 
sifatida 
hali 
ham 
oilalarning 
buzilishi–ajralishlar 
borliginialohidata’kidlabo‘tadi. F.Ro‘ziqulov ajralish miqdori haqida gapirar ekan, «Ajralish 
respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, 


Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
«
Научный импульс» Мая, 2023 
923 
Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha 
marotaba kam bo‘lsa-da, biroq o‘zbek oilalarida ajralish asoratlarini hoyatda ayanchli, 
noxush holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy 
ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi. 
Muallifning tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ajralish va uning asoratlari o‘zbek oilalarida o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ko‘p bolalilik, uning murakkab tuzilmaliligi, qarindosh -
urug‘chilik aloqalarining kuchliligi, oila-nikoh munosabatlarining etnik xususiyati ko‘proq 
saqlanib kelganligi, o‘zbek oilasida ajralish boshqa xalqlarnikiga nisbatan qoralanishi, er-
xotinlarning turmush darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan 
asoslanadi.
Bu oradaundaonalikmehriuyg‘onmaydi, u yangichaqaloqqabefarqbo‘lib 
qoladi.
Ona bolaning yonida bo‘la turib, undan yashirin tarzda voz kechgan holatda 
ham bolada nevrotik xususiyatlar rivojlanadi, ayniqsa, bola shaxslararo 
munosabatlardanoq, urushqoq bo‘lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, 
ijtimoiylashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ko‘rib turganimizdek, 
onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiqbolini, shakllanajak ijobiy
fazilatlari, jamiyatdagi o‘rni va nufuzini belgilovchi muhim omildir. 
Ma’lumki, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota va ona 
dastlabki ijtimoiy ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charxlovchi 
insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani nafaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki o‘zini 
u yoki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ha m 
yordam beradi. 
Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to‘liq bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, 
ham onaning tinch-totuvda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog‘lom 
ma’naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli, 
kuchli iroda sohibi bo‘lib etishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning, ham onaning 
bo‘lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini 
tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda 
qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasining onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, o‘zini 
kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi 
shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutumi va otasiga munosabatini idrok qilib 
borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qiziqanday 
sifatlar sohibasi bo‘lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oiladagi mavqeiga qarab, 
o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday 
munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu 
psixologik qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining 
yetakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, 
jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila muhiti 


Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
«
Научный импульс» Мая, 2023 
924 
sog‘lom, barqaror, er va xotin bir birlariga g‘amxo‘r, mehrli va sadoqatli bo‘lishlari o‘ta 
muhimdir. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak. Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga 
va Bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, 
Bolalarning hamda ayollarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri 
oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Jamiyatning moddiy va 
ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga 
doir tajribalar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash 
lozimligini talab etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek 
oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, 
turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shart sharoitlari jiddiy ilmiy 
muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu 
yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning 
tarbiyaviy va mehnat shart sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keying tadqiqotlar 
o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya 
muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga 
qaratilganligi bilan ajralib turadi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib 
borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar 
ma’naviy boy, dunyo qarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga 
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi 
o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida 
munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini 
porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling