Shayboniy hukmdorlarining karmana bekligi siyosiy va madaniy jarayonlaridagi tutgan o’rni
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 44.68 Kb.
|
maqola.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karmanada Shayx Xudoydod Valiy Miyonqoliy
- Kalit so’zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Fazlulloh ibn Ro’zbehon “Mehmonnomayi Buxoro” 1959. “Sankt-Peterburg” 7-8- betlar. 2. Fazlulloh ibn Ro’zbehon “Mehmonnomayi Buxoro” 1959. “Sankt-Peterburg” 67-81-betlar. 3. Hasanxo’ja Nisoriy “Muzakkir ul-ahbob” Toshkent. 1993.”A.Qodiriy” 283-284-betlar. 4. Anvar Qandaharov “Buxoro xonligi va unda Karmanalik shayxlar faoliyati” monografiya. “Tafakkur qanoti” nashriyoti. Toshkent 2018. 26-bet 5. Hofiz Tanish al-Buxoriy “Abdullanoma” Toshkent. 1999 “Sharq” I-II kitob 156-157-bet. 6. Bartold Vasiliy Vladimirovich Tom II 2-qism. Moskva. 1964. “Nauka” 487-bet. Karmanada Shayx Xudoydod Valiy Miyonqoliy Botirov Nodir Sadir o’g’li Navoiy Davlat Pedagogika Instituti ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) yo’nalishi magistrant talabasi. Inoyatov Ahmad -Mustaqil tadqiqotchi. Annotatsiya: Ushbu maqola orqali Shayx Xudoydod Valiy hazratlarining Karmanadagi faoliyati va u kishining taqvodorligi hamda ilm- u ma’rifat yo’lidagi sa’y harakatlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Kalit so’zlar: G’azira, quddisa sirraxu, Yassaviya, ulamo, murid, sufiy, tafsir, hadis. Kirish: Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Valiy 866 hijriy (1461-1462 milodiy) yilda hozirgi Navoiy viloyati hududiga qarashli Karmana yaqinidagi Saranj (Sharanj) tog’ mavzesida tug’ilgan. 939 hijriy (1532 milodiy) yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumani, G’azira qishlog’ida vafot etgan. O’z davrida yassaviya tariqatining ko’zga ko’ringan yetuk vakili, peshvosi bo’lgan. U kishining hurmat va e’tibori zamon podshohlari nazdida ham baland bo’lgan. Shayboniyxon, Jonibek Sulton, Bobur Mirzo, Abu Saidxon, Ubaydullaxon kabi hukmdorlar Shayxni o’zlariga pir bilib, maslahatlariga amal qilishgan [1]. Qadim Buxoro (Karmana) Miyonqoli o’zining olim-u ulamolari, hunarmandlari, ilm sohiblari bilan butun Movarounnahrda o’z mavqeyiga ega bo’lgan sersuv, serhosil, tabiati bilan xalqlarni o’ziga jalb qilgan voha hisoblanadi. Turk-islom dunyosidagi buyuk mutasavvif olim, Sharq tasavvufida chuqur iz qoldirgan “Yassaviya tariqatining asoschisi Hoja Ahmad Yassaviyning izdoshlaridan biri’’ Hazrati Azizon Mavlono Vali quddisa sirraxu bo’lib u zot (1461-tavalludi,1532-vafoti) Hazrati Shayx Xudoydod Valiyning xos shogirdi va birinchi xalifalaridan hisoblangan. Hazrati Azizon Mavlono Vali quddisa sirraxu, u kishi zohiriy va botiniy ilmlarni jamlagan oriflar namunasi, olimlar sultoni, fuqarolar hujjati, taqvodorlar yordamchisi, zamona yagonasi, xosi-omga maqbul bir inson edilar, bu silsila u kishiga nisbatlanadi [2]. Download 44.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling