Shayboniylar davrida Movarounnahrda madaniy hayot


Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi


Download 0.89 Mb.
bet2/11
Sana04.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1329464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“Shayboniylar davrida Movarounnahrda madaniy hayot” БМИ КУРС иши

Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi.
Tadqiq etilayotgan mavzuga oid ishlar tahlili va yangicha konseptual – uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda o’rganilayotgan muammo doirasidagi manba va adabiyotlarni ikki guruhga bo’lish maqsadga muvofiq deb topildi.

  • birinchi guruhga XVI–XIX asrlarda chop etilgan mavzuga oid manbalar va adabiyotlar majmuasi kiradi.

  • Ikkinchi guruhga Sovet va Mustaqillik yillarida nashr etilgan mavzuga oid ilmiy asarlar va tadqiqotlar turkumi tashkil etadi.

Birinchi guruhga oid adabiyotlarga Muhammad Solih, Z.M Bobur, Kamoliddin Binoiy, Abulg’ozi Bahodirxon va boshqalarning asarlarida shayboniylar davri haqida ma’lumotlar berilgan.
Ikkinchi guruhga oid adabiyotlarga B.Ahmedov, T.Sodiqov, A.Ibroximov, F.Sulaymonova, T.Aminov asarlari misol bo’ladi.
Mavjud adabiyotlarni tahlili Shayboniylar davrini o’rganishda muhim rol uynaydi.
Bitiruv-malakaviy ishning maqsad va vazifalari:
Bitiruv malakaviy ishda 1500-1601 yillarda hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi haqida to‘xtalib o‘tiladi. Bu davrning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini yoritib berish maqsad qilib qo‘yildi.
Bitiruv malakaviy ishim oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
XV asrning ikkinchi yarmida Dashti - Qipchoq va Movarounnahrdagi siyosiy ahvolni o‘rganish,
Shayboniylar davrida Movarounnahrdagi siyosiy ahvolni o‘rganish,
Shayboniylar davrida iqtisodiy ahvolni o‘rganish,
Shayboniylar davridagi madaniy hayotni o‘rganish,
Shayboniylar davrida Movarounnahr tarixini o‘qitish metodlarini ishlab chiqish.
O’zbekiston tarixi fanida Movoraunnahrda Shayboniylar davri tarixini o’rganishda o’qitish tamoyillari va metodlarini o’zaro aloqadorligini ta’minlashning nazariy asoslari aniqlash hamda ushbu aloqadorlikni o’quv jarayoniga qo’llashga yo’naltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv-malakaviy ishning obyekti:
Umumiy o’rta maktablarda “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiqiga asoslangan o’qitish tamoyillari va metodlarini o’zaro aloqadorligini ta’minlashga yo’naltirilgan o’quv jarayoni bitiruv malakaviy ishning obyektini tashkil etadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling