Shayboniylar davrida Movarounnahrda madaniy hayot


Bitiruv-malakaviy ishning predmeti


Download 0.89 Mb.
bet3/11
Sana04.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1329464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“Shayboniylar davrida Movarounnahrda madaniy hayot” БМИ КУРС иши

Bitiruv-malakaviy ishning predmeti:
O’zbekiston tarixi fanini o’qitishda XVI – XVII asrlardagi iqtisodiy – siyosiy jarayonlarni o’quvchilar ongiga yetkazish yo’llariga bag’ishlangan o’quv materiallari mazmuni, shakli va tanlash tamoyillari ishning predmetini tashkil etadi.
Tadqiqotning metodologik asosi.
Mazkur malakaviy ishning nazariy-metologik asosi bo‘lib jahon fanida e’tirof etilgan tamoyillar va metodlar, gumanistik qadriyatlar, xalqning ma’naviyati va an’analari kabi ustuvorliklarga ega bo‘lgan milliy istiqlol g‘oyasi xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 1998-yilning yozida tarixchi olimlar bilan uchrashuvida milliy mafkuraning shakllanishiga bag‘ishlangan nutqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqida”gi qarorida bayon qilingan, xalq ma’naviyatini qayta tiklashda tarix fanining rolini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-nazariy va konseptual tavsiyalari ishda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bitiruv-malakaviy ishning ilmiy yangiligi:
Mavzuni o‘rganish jarayonida Shayboniylar davridagi madaniy hayot ilmiy jihatdan yoritildi. Mazkur mavzudan oliy o‘quv yurtlari, kollej, akademik litsey va maktablarda Shayboniylar davridagi madaniy hayot mavzusini o‘rganish jarayonida foydalanish mumkin.
Shu bilan birga turli manba va ilmiy adabiyotlardagi mavzuga tegishli yondashuvlar hamda fikr mulohazalar ko’rib chiqilib qiyosiy tahlil qilindi va izchil tarzda tadqiq etildi.
Bitiruv-malakaviy ishning ilmiy – amaliy ahamiyati:
Tadqiqotning olib borish natijasida shayboniylar davri tarixini o’rganish nazariy yondashuvlar, pedagogik g’oyalar, tarixiy tajribalar, ulardan foydalanish imkoniyatlari bilan boyitildi. Shuningdek darsga tayyorlanish natijasida ko’plab manba va adabiyotlar tahlil etilib, bulardan o’qituvchilar malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurs tinglovchilari foydalanishi mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling