Shayboniylar davrida Movarounnahrda madaniy hayot


Download 0.89 Mb.
bet9/11
Sana04.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1329464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“Shayboniylar davrida Movarounnahrda madaniy hayot” БМИ КУРС иши

X U L O S A

XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o’rtasida boshlanib ketgan o’zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm o’zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi. O’zbekiston tarixi darslarida bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolni o’rganish va uni o’quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ishida quyidagi xulosalarga kelindi.


Birinchidan, Shayboniyxon 1499-1509-yillarda olib borgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo’lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topganligi yoritib berildi.
Ikkinchidan, Shayboniylar davrida etnik o’zgarishlar ro’y berib dashti qipchoqdan ko’chib kelgan qabilalar o’zlari bilan “o’zbek” degan etnik nomlarni olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi aniqlandi.
Uchinchidan, Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abdurahm Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko’kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol misoli sifatida ko’rsatib berildi.
To`rtinchidan, Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma’naviy merosiga qo’shgan hissasi nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi.


TAVSIYALAR



  1. Shayboniylar davridagi ijtimoiy iqtisodiy va ma’daniy hayotni mohiyatini chuqur anglash uchun o’sha davr mohiyatini aks ettiruvchi tarix xujjatlarni to’plab, nashir ettirish.

  2. Shayboniylar sulolasini O’zbekiston tarixida tutgan o’rnini yanada chuqurroq tadqiq etish.

  3. Hukumatimizning tarixni tiklash yangi tarixni yaratish soxasidagi rasmiy farmonlari va Shayboniylar davrini yorituvchi xujjatlarni chop etish.

  4. Tadqiqot materiallari va xulosalardan O’zbekistonning rivojlangan o’rta asr ma’daniyati tarixini o’rganishda Shu davr bo’yicha o’quv adabiyotlari, maxsus kurslar tayyorlashda keng foydalanish mumkin.





Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling