Shayboniylar harbiy qo`shining tuzilishi reja


XIVA XONLIGIDA OLIY DARAJALI SAROY UNVONLARI VA MANSABLARI


Download 83.32 Kb.
bet7/13
Sana05.09.2023
Hajmi83.32 Kb.
#1673184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
10 ta mavzu

XIVA XONLIGIDA OLIY DARAJALI SAROY UNVONLARI VA MANSABLARI

Reja:


  1. Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi

  2. Xiva qo‘ng‘irotlari sulolasining siyosiy tarixi.

  3. Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi.

  4. Xiva xonligi. Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi.

1510 yilda Shayboniyxon vafotidan so‘ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan bo‘ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari idora qildilar. Ammo, 1512 yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda, Ko‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni XVasrda o‘zbek xonlardan bo‘lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qo‘shinlarini qirib tashladilar.
1512 yilada Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan Shayx Ota avlodlari ko‘chmanchi o‘zbeklarning Berka sulton avlodidan bo‘lgan Elbarsxonga maktub yo‘llab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon taxtga o‘tirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs viloyati, Mang‘ishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, o‘zbek sultonlari va shahzodalar o‘rtasida siyosiy birlik yo‘q edi. Tez orada ular o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu kurashlardan foydalangan Buxoro hukumdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 – 1538 yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Mag‘lubiyatga uchragan Avanishxon oilasi bilan shayboniylar tomonidan qatl etildi.
Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ubaydullaxon zulmiga chiday olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida buxoroliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ubaydullaxon 1538 yilda yana Xorazmga qo‘shin tortdi. Xazorasp bilan Xiva shaharlari oralig‘idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Shayboniylardan ozod bo‘lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi. Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda o‘zlarini mustaqil hisoblar edilar. Ayrim shaharlar bir vaqtning o‘zida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada Po‘lat Sulton va Temir Sulton) boshqarildi. O‘zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon avlodlari o‘rtasida kuchayib ketdi. XVI asrda Abdulg‘oziy ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga hokimiyatdan o‘nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi. O‘zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o‘z navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bo‘lgan edi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Xojimxon (Xoji Muhammadxon, 1558-1593, 1598-1602 yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi o‘zaro urushlarga biroz barham berilib tinchlik va osoyishtalik o‘rnatildi. Sug‘orish va dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo sodiq ishlariga jiddiy e’tibor qaratilib, tashqi savdo hamda munosabatlar rivoj topdi. Xojimxon hukmronligi davrida poytaxt Urganchdan Xivagako‘chiriladi (ayrim manbalarda XVI asrning 70-yillarida, ayrimlarda esa 90-yillarda). Bunga asosiy sabab Amudaryo o‘zanining o‘zgarib Kasbiy dengizga oqmay qo‘yishi natijasida Urganch va uning atroflaridagi suv tanqisligi bo‘lsa, ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy mavqei ancha kuchayib, asosiy savdo markaziga aylanishi yana bir sabab edi. Poytaxt Xivaga ko‘chirilganidan so‘ng davlat ham Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon II Shayboniylar davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lib Xorazm hududlarini yana Shayboniylar tasarrufiga olish uchun harakat boshladi. Chunonchi, bir necha yurishlardan so‘ng 1593 yilda Xorazm yana Shayboniylar qo‘liga o‘tdi. Abdullaxondan mag‘lubiyatga uchragan Xojimxon Xivani tashlab bir guruh navkarlari bilan Eronga qochdi va shoh Abbos saroyidan panoh topdi. 1598 yilda Abdullaxon II vafot etganidan so‘ng Hojimxon shoh Abbosdan ruhsat olib Xorazmga qaytdi. Yangi sharoitda u Urganch bilan Vazirni boshqarishni o‘ziga olib Xiva bilan Katni Arab Muhammadxonga, Hazoraspni Isfandiyor Sultonga berdi. 1600 yilda Hojimxon Urganch va Vazir qal’alari boshqarishini Turkiyadan kelgan o‘g‘illariga topshirib, o‘zi Xiva kichik o‘g‘li Arab Muhammadxon bilan qoladi. 1601 yilda Hojimxon 83 yoshida vafot etgach, taxtga uning o‘g‘li Arab Muhammadxon (1602-1623 yy.) o‘tirdi.
Arab Muhammadxonning dastlabki hukmronligi yillarida toju-taxt uchun kurashlar davom etdi. Xususan, 1605 yilda nayman urug‘i vakillari Elbarsxon avlodiga mansub Xusrav Sultonni taxtga o‘tkazishni rejalashtiradilar. Ammo, bu fitna oshkor bo‘lib, Xusrav Sulton qatl ettiriladi. Oradan ikki yil o‘tgach, uyg‘ur oqsoqollarining maslahati bilan Solih Sulton degan kimsa taxtga davogar bo‘ladi, bu isyon ham bostirilib, Solih Sulton o‘ldirildi.
1616 yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab Muhammadxonning o‘g‘illari ham qo‘shildilar. Uning Isfandiyorxon, Habash, Elbars, Abdulg‘ozi, Sharif Muxammad, Xorazmshoh va AFg‘on Sulton ismli 7 nafar o‘g‘li bor edi. Isfandiyor Hazoraspda, Abdulg‘oziy Sulton Katda, Habash bilan Elbasr sultonlar Vazir va Urganch hokimlari etib tayinlangan edilar. Xon farzandlarining har biri taxtga davogar edi. Ayniqsa Habash sulton bilan Elbars sultonlarning harakatlari keskin edi. Ota – bolalar o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib ohir - oqibatda qonli urushga aylandi. 1621 yilda Toshli Yorilish arig‘i (Xiva yaqinida) yonida Arab Muhammadxon va uning o‘g‘illari Habash hamda Elbars sulton qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ldi. Isfandiyor va Abdulg‘oziy sultonlar otasi tomondan turib kurashgan bo‘lsalarda, bu jangda Arab Muhammadxon yengildi. Arab Muhammadxon avval ko‘zlari ko‘r qilinib Xivaga jo‘natildi. 1623 yilda esa Qum qa’lasi yaqinida Arab Muxammadxon xotinlari, yosh o‘g‘illari va ikkita nabirasi bilan o‘g‘illari Xabash va Elbars sulton tomonidan o‘ldirildi. Isfandiyor Eronga (garchi unga Makkaga borishga ruhsat bergan bo‘lsada), Abdulg‘oziy esa Buxoroga qochib, jon saqladilar.
1623 yilda otasining qatl etirilganligini eshitgan Isfandiyorxon Durun shahri, Abdulxon tog‘laridan, turkmanlarning taka, yovmut, sariq urug‘laridan qo‘shin to‘plab Urganchga yurish boshladi. Urganch yaqinida Isfandiyorxon va Habash – Elbars qo‘shinlari o‘rtasida 23 kun davom etgan jangda birlashgan aka – ukalar qo‘shinlari Isfandiyor qo‘shini tomonidan tor – mor etildi. Elbars qo‘lga olinib qatl etildi. Habash Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlardan najot so‘radi. Ammo, u bu yerdan boshpana topolmadi va navkarlari bilan qo‘lga olinib, Isfandiyorxonga topshirildi hamda ularning barchasi qatl etildi.
1623-1643 yillar davomida Xiva xonligi taxtini Isfandiyorxon boshqardi. O‘zining yigirma yillik davlat boshqaruvini Isfandiyorxon turkman qabila boshliqlariga tayanib olib bordi. Xonlikning yuqori lavozimlariga turkmanlar tayinlanib, ularga katta imtiyozlar berildi. Natijada o‘zbek urug‘larning Isfandiyorxon siyosatiga qarshi noroziligi kuchayib bordi. Isfandiyorxon taxtga o‘tirgan yiliyoq nayman urug‘larini qirg‘in-barot qildi. Xonlikdagi o‘zbek urug‘lari uch bo‘lakka bo‘linib, biri – Mang‘it, biri – Qozoqlar yurti va yana biri Movarunnahrga ko‘chib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan o‘z yurtiga qaytib kelgan o‘zbeklar Isfandiyorxon tomonidan qilichdan o‘tkazildi.
Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo‘liga berib qo‘ygan Isfandiyorxondan norozi bo‘lgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini tuzdilar. Bu kuchlarga xoning ukasi Abulg‘ozi boshchilik qildi. Shuningdek, Amudaryoning Orolga qo‘yilish joyida (Orol bo‘yi)da istiqomat qilgan o‘zbeklar (bu yerda o‘zbek qo‘ng‘irotlari katta siyosiy mavqega ega edilar) ning xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi.
Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, 1643 yilda Orol bo‘yi o‘zbeklari Abulg‘ozi sultonni (1643-1663yy.) xon qilib ko‘tardilar. Xorazm davlatchiligi tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida mashhur bo‘lgan Abulg‘ozixonning hayot yo‘li og‘ir kechgan. Abdulg‘ozixon otasi Arab Muhammad taxtdan ketgach o‘zi taxtga o‘tirgunga qadar uzoq yillar (yigirma yildan ko‘proq) muhojirlikda yashashga majbur bo‘lgan edi. U dastlab Buxoro xukumdori Imomqulixon himoyasida, keyinroq esa, ikki yilga yaqin qozoq sultoni Eshimxon saroyida yashagan. Shundan so‘ng Toshkentga kelib bu yerda ikki yil yashadi. Toshkentdan Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg‘oziyni Isfandiyorxon bosqinchilikda ayblab hibsga oladi va Isfaxon shahriga Eron shohi huzuriga badarg‘a qiladi. Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida o‘n yil asirlikda yashagan Abulg‘ozi 1639 yilda o‘z nazoratchilari yordamida bandilikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng u bir yilga yaqin Xurosonning Mohin qishlog‘ida, ikki yilga yaqin Mang‘ishloq turkmanlari orasida yashaydi. Keyin uni qalmiq xoni o‘z o‘rdasiga taklif etadi. Bu yerda Abulg‘ozi bir yilga yaqin yashagach qalmiq xoni to‘plab bergan katta kuch bilan 1643 yilda Urganchga qaytib, Orol bo‘yi o‘zbeklari yordamida Xiva taxtiga o‘tiradi.
Akademik B.Ahmedovning yozishicha, “Abulg‘ozi hammasi bo‘lib yigirma yil atrofida xonlik masnadida o‘tirdi. Lekin boshqa hukmdorlarga o‘xshab huzur-halovat ko‘rmadi. Umri ko‘proq urush – talashlarda o‘tdi.” Manbalarga ko‘ra, Abulg‘ozixon haqiqatan ham butun umrini taxt uchun kurash va jangu – jadallarga bag‘ishlagan hukmdor bo‘lgan. Ammo, u davlat arbobi sifatida ham qobiliyatli shahs bo‘lgan. Abulg‘ozixon dastavval xonlikda markazlashgan boshqaruv tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Bu jarayonda u avvalo, turkman yo‘lboshchilarini boshqaruv ishlaridan chetlashtirdi. Ularning yer – suvlari, mol - mulklari musodara qiinib, o‘zlari mamlakat ichkarisiga surgun qilindi.
Xonlikdagi barcha lavozimlarga o‘zbek urg‘ularining boshliqlari qo‘yildi. Xiva tarixchisi Munisning ma’lumot berishicha, Abulg‘ozixon ma’muriy islohot o‘tkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom yangitdan tashkil etdi. Xonlikning boshqaruv tizimida o‘zbek urug‘larining mavqei ortib bordi hamda ularning 360 nafar vakili xon saroyida turli lavozimlarga ko‘tarildi. Xon yangi amaldorlar orasidan eng obro‘li 32 nafarini o‘z yoniga oldi. Munis ta’biri bilan aytganda, “andoqkim ikki shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota avlodidan, bir mutavalli, bir naqib, to‘rt otaliq, to‘rt inoq, to‘rt mirob, to‘rt parvonachi, ikki oqo, ikki arbob, to‘rt chig‘atoyi inoqi va bir vazirkim, holo mehtar derlar va bir qushbegi, bu ikkovi o‘rinsiz xon huzurida oyoq ustida turadilar”.
Abulg‘ozixon o‘zbek qabilalarini o‘troqlashtirish siyosatini olib borish bilan birga, ularni to‘rta guruhga bo‘lib, Buxoro bilan chegaradosh bo‘lgan Doyaxotun (Darg‘onota yaqinida) dan tortib, to Orolgacha bo‘lgan hududlarga joylashtirdi. Shuningdek, Abulg‘ozixon 1645-1650 yillarda Xuroson, Janubiy Turkmaniston, Tajan, Murg‘ob, Artek, Gurlan, Abulxon va Mang‘ishloq atrofidagi turkmanlar ustiga yurishlar uyushtirdi. Xonlik sarhadlarini kengaytirishga harakat qildi. Xonning topshirig‘i bilan Vazir qal’asi aholisi Gurlan qal’asi yaqinida tiklangan Kichik Vazir qishlog‘iga ko‘chirildi. 1646 yilda Abulg‘ozixonning buyrug‘iga binoan Urgancharna arig‘i qaziladi va uning yaqinida yangi qal’a bunyod etilib, bu qal’aga Yangi Urganch deb nom beriladi. Bu yerga Ko‘hna Urganch aholisining bir qismi ko‘chirib keltiriladi. 1648 yilda G‘oziobod kanali qazilib, uning yaqinda chegara istehkomi quriladi.
Davlat boshqaruvi va bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullangan Abulg‘ozixon tarixchi tabib sifatida ham bebaho meros qoldirgan. Taxminan 1657 yilda Abdulg‘ozi tabobatga oid “Manafi’ ul-inson” (“Insonga foydali narsalar”) nomli asarini yozgan bo‘lsa, 1658-1664 yillarda “Shajarai turk” nomli tarixiy asarlarini yaratdi.
Abulg‘ozixon hali o‘zi hayotlik davrida Xiva xonligi taxtini o‘g‘li Anushaxon (1663-1687yy)ga topshirdi va oradan olti oy o‘tib vafot etdi. Anushaxon Xiva xonligi mavqei va qudratini oshirish maqsadida otasining ishlarini davom ettirdi. U Buxoro, Samarqand va Xurosonga bir necha marta harbiy yurishlar uyushtirib xonlik chegaralarini mustahkamlash hamda kengaytirish harakatida bo‘ldi. Anushaxonning harbiy yurishlarida jasorat ko‘rsatgan turkmanlarga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Xon turkmanlarga Xorazm vohasi hamda uning atroflariga ko‘chib kelishiga ruhsat berdi.
1687 yilda saroy ayonlari tomonidan fitna uyushtirilib, Anushaxon o‘ldiriladi. Taxtga esa uning o‘g‘li Xudoydod (1687-1688yy) o‘tkaziladi. Afsuski yangi hukumdorning xonlik faoliyati uzoq davom etmadi. Ogahiy habarlariga ko‘ra, siyosatda bilimdon va xalqa adolatli xon sifatida obro‘ orttira boshlagan Xudoydodni inisi Arangxon shahid edi. Ammo, Arangxonning (1689-1690yy.) hukmronligi uzoq davom etmadi. 1690 yilda u Orol o‘zbeklari bilan bo‘lgan janga halok bo‘ldi.
Arangxon vafotidan so‘ng Buxoro xoni Subhonqulixon Xiva taxtiga o‘z odami Shohniyozni (1690-1707yy.) o‘tkazib, amalda Xiva xonligini Buxoroga vassal davlatga aylantirdi. Shuning uchun ham Shohniyoz garchi o‘zini xon deb e’lon qilgan bo‘lsada, o‘z faoliyati davomida Buxoro ta’siridan qutula olmadi.



Download 83.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling