She`r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir”1 va ayni paytda, musiqiyligi, yoqimligi, mo`ljalga uradigan jozibasi


Dostonda: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Bo`lmaydimi / Sobir, tez gapir!


Download 45.2 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi45.2 Kb.
#1005226
1   2   3   4   5
Bog'liq
RITM

Dostonda:
1 2 3 4 5 6 7 8 9
Bo`lmaydimi / Sobir, tez gapir!
Opa, bo`lmas,/ jonim, gapim bir!
Yo meni de, / yoki Omonni?
Netay, tikdim / yo`lida jonni!
U pastkashning/ zoti kim ekan?!
Opa urma / qalbimga tikan.
Uni men ham / bilolganim yo`q,
Bu yumushni / qilolganim yo`q.
Lekin ishonch / bilan to`liqman,
Shu ishonchim / bilan ulug`man...
Ko`rinmagin, / yo`qol, ko`zimga,
Yo`qol, xotin / bo`lsang har kimga,
Endi, mening / nomimni aytma,
Rasvolikdan / orqangga qaytma.

Birinchidan, ocherkda hayotning obektiv manzarasi yaqqol ko`zga tashlansa, voqyeabandlik (voqyeani betaraf tarzda, unga aralashmasdan bayon qilish) ustivorlik qilsa, dostondan keltirilgan parchada subyektivlik, lirik kechinma (qahramonlarning ichki dunyosi (holati) tafsilotlari) hukmronlik qiladi.


Ikkinchidan, birinchi parcha dramatizmga boy bo`lishidan qat`iy nazar, undagi nutq ohangi osoyishta. “So`zlar, gaplar belgili bir ohangga bog`lanmasdan, belgili bir o`lchov bilan o`lchanmasdan, tarqalib, sochilib tuzilgan” (A. Fitrat).
She`riy parchada esa nutq o`ta ehtirosli, o`ta to`lqinli, o`ta shiddatkor. Musiqiyligi, nafisligi, ruhning butun holatini (Zaynabning ishonch va jasoratini, Soraning eskicha qarash va fikrlashini – ikkalasi qalbining og`ir, iztirobli g`alayonlarini) shoir shaxsi yaxlitlashtiradi.
Demak, hayotga o`xshash qilib qayta yaratishning – badiiy olam modelining ko`rinishlari turfa xil bo`lib, uning she`riy shaklida yana uchta muhim xususiyat mavjud. “Zaynab va Omon”dan keltirilgan parchaga diqqat qilsak, unda:
So`zlar ma`lum tartibda uyushgan shaklda misralarga bo`linib keladi va 1hamma misralar bir xil (to`qqiz) bo`g`inlardan iborat;
Har bir bayt muayyan joyda izchil ravishda ohangdosh so`zlar (to`g`rirog`i qo`shimchalar) bilan tugallanadi (gapir – bir; Omonni – jonni; ekan – tikan kabi).
Dastlabki misradagi turoqlanish (4+5) asarning oxirigacha qonuniy tarzda bir xil takrorlanadi.
Bu xususiyatlar yig`ilib hissiyot va fikrlar mazmuniga mos ehtirosli nutqning ohangdorligini, musiqiyligini ta`minlaydilar. Bu holat- she`riyat ko`pchilikning mulki, yurakning tafti, ichki olamning betakror musiqasi va hikmati ekanligini yana bir bora isbotlaydi.
“Odamning qalbi qaynab turgan qozondan ham o`zgaruvchanroqdir”1, “Odam qalbida go`yo oy yonidagidek bir bulut bordir. Oy yoritib turganda to`satdan bulut kelib uni berkitib qo`ysa – qorong`ulik, bulut ko`tarilsa – yorug`lik bo`lib turgani kabi, qalb ham ba`zida ravshanlashib, ba`zida xiralashib turadi” (Shu asar,130 bet). Ana shu jarayondagi g`alayonlarni, ohanglarni, holatlarni tafsilotlarni... mohiyatini anglab, so`zlar vositasida bir zumlik obrazini yaxlit aks ettira olsa – ana shu sheriyatdir, shoirlikdir, qismatdir.
Qalbdagi tovlanishlarning insoniy qiyosini ravshanlashtirishda, musiqiyligini ta`minlashda, qismat tarixini – so`z vositasida jonlashtirishda uchta asos muhim ahamiyat kasb etadi. Bular ritm (“Ritmika”), qofiya (“Ilmi qofiya” - “Fonika”), band (“Strofika”).

Download 45.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling