Sheraliyev Odiljon Shuxratjon o’g’lining


Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana29.09.2023
Hajmi2.06 Mb.
#1689869
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
talim tarmoqlari va ulardan foydalanish

Ma’lumotlar bazasi. “Ma’lumotlar bazasi” elementini quyidagi hollarda 
ishlatish mumkin: 
Birgalikda aniq mavzuga tegishli maqolalar, kitoblar, giperhavolalar, kutubxona 
havolalarini yig‘ish; 


59 

Kursning qatnashchilarini o‘zaro tanishtirishda talabalar bir – birining ishini 
izohlashi va xulosa berishi uchun ular tomonidan yaratilgan suratlar, plakatlar
saytlar, mavzularni qo‘yish; 

Kurs qatnashchilarining tuzatishlari va ularning bergan ovozlari orqali ish 
uchun yaxshi deb topilgan variantlarning oxirgi ro‘yxatini tuzish;

Talabalarga faylllarni saqlash uchun imkoniyat berish. 
Maydon – aniq axborotlarni saqlash uchun ma’lumotlar bazasi strukturasining 
elementidir. Ma’lumotlar bazasidagi har bir yozuv turli tipdagi maydonlarga ega 
bo‘lishi mumkin. 
Glossariy. Glossariy – bu kursda ishlatiladigan terminlar va tushunchalar 
lug‘atidir.Glossariy funksional ravishda talabalar va o‘qituvchilar uchun quyidagi 
imkoniyatlarni beradi: 

Lug‘atda terminlar kategoriyalar bo‘yicha guruhlanadi; 

Talaba lug‘at yozuviga izoh qo‘shishi mumkin; 

Izohlar o‘qituvchi tomonidan baholanadi; 

Lug‘atlar XML orqali oson eksport va import qilinishi mumkin

Lug‘atlar izoh moduliga ega bo‘lishi mumkin. 
Forum. Forumlar – bu kursni o‘rganish davomida kurs qatnashchilarining 
(talabalar va o‘qituvchilar) muloqot vositasi. 
Forum talabalarga savollar berish va boshqa talabalarning savollariga javoblar 
berish imkoniyatini beradi. Bu kurs o‘rganish jarayonida tortishuv olib borishga 
ruxsat beradi. 
Siz savol berishingiz mumkin, talabalar esa unga faqat javob berishi mumkin. 
Agar talabalarga boshqa talabalarning javoblarini ko‘rishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u 
holda ular boshqa talabalar qo‘yilgan masalani qanday yechayotganligini ko‘rishlari 
mumkin bo‘ladi. 
Seminar. Seminar – bu shunday dars ko‘rinishiki, unda talabalar nafaqat 
o‘zining ishini bajaradi, balki boshqa talabalarning ishini baholashadi. Yakuniy baho 


60 
nafaqat mustaqil ishlarning sifatiga, balki talabalarning taqrizchilar sifatidagi ishiga 
ham qo‘yiladi. 
Chat.“Chat” elementi kurs qatnashchilariga Internet orqali real vaqt davomida 
birgalikda muloqot olib borishga ruxsat beradi. Chatlarni talabalarni o‘qituvchi bilan 
onlayn muloqotlar o‘tkazish uchun ishlatish mumkin.
Har bir qatnashchisi o‘ziga qulay vaqtda xabarlarni yuborishi va o‘qishi 
mumkin bo‘lgan forumlardan farqli ravishda chatning barcha qatnashchilari 
o‘zlarining kompyuterlarining yoniga bir vaqtda yig‘iladilar, shuning uchun har bir 
xabarga javob vaqti soat yoki kun bilan emas, balki sekund bilan o‘lchanadi. 
Wiki (Wiki). Wiki – bu birgalikda yaratiladigan sahifalar to‘plami. "Wiki 
wiki" gavay tilida “juda tez” ma’nosini beradi. Sahifalarni yaratish va yangilash 
tezligi – Viki texnologiyasining asosiy aspektlaridan biridir. Wiki bir nechta 
odamlarga birgalikda ko‘rsatmalarning oddiy tili yordamida hujjatlarni yozishga 
ruxsat beradi. Moodle da ko‘pincha bir nechta talabalar bitta hujjat ustida ish olib 
borganda ishlatiladi.

Download 2.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling