Shifoxona ichki infektsiyasi, «shaxsiy gigiena» haqida shifokorning bemor bilan muloqot qilishi. Kasalxona ichi infeksiyasi


Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi


Download 92.02 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi92.02 Kb.
#1592782
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu tkk

Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari.
Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologikligi va patogen manbalarining hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo'llari va omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi.
Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo'zg'atuvchilari havo-tomchi, havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo'llar va homilaning tug'ruq yo'lidan o'tish vaqtida ham yuqishi mumkin.
Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish
I.Nospetsifik profilaktikasi
Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional rejalashtirilgan me'moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va rekonstruksiya qilish.
Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun'iy va tabiiy shamollatish; suv ta'minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish.
Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi infeksiyasi tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya- epidemiyaga qarshi kurashni nazorat qilish.
Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo'llash; asboblarni va tibbiy jihozlarni sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid nurlatish; xonani dezinfeksiya qilish;
Aseptika- mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir.
Antiseptika - yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo'q qilishga qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui.
II.Maxsus profilaktikasi
Kasalxonada infeksiya xavfini kamaytirishning eng muhim usullari quyidagilardir:
tibbiy xodimlar tomonidan gigiyenaning barcha talablarini vijdonan bajarilishi, qo'l yuvish va himoya kiyim-kechaklarini qo'llash;
bemorlarni parvarishlashda yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimumga keltiradigan barcha usullarini diqqat bilan bajarish;
shifoxonada mavjud bo'lgan, yuqumli kasalliklar sonini kamaytirishga mo'ljallangan, sanitariya usullaridan foydalanish.

Download 92.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling