Қўшилган ва резерв капитали ҳисоби


Download 43.25 Kb.
bet1/6
Sana25.04.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1397857
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Резерв капитали ҳисоби


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI BO’LIM IKKINCHI OLIY TA”LIM


«Buxgalteriya hisobi» FANIDAN
Mustaqil Ish

Mavzu: Rezerv kapitali hisobi

Tayorladi: M-91-2 guruh talabasi
Kamolov Ilyosxon Saidg‘ozi o‘g‘li
Ilmiy rahbar: SABIROVA Z. Q.
Rezerv kapitali hisobi

Reja:




  1. Qo‘shilgan kapital hisobi

  2. Rezerv kapitali hisobi

1. QO‘ShILGAN KAPITAL HISOBI
Hususiy kapitalning tarkibiy elementi bo‘lgan qo‘shilgan kapital quyidagi ikkita holatda vujudga kelishi mumkin:

  • korxona aksiyalari nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotilganda.

  • ustav kapitalini shakllantirish davrida valyuta kursalari o‘rtasida farq vujudga kelganda.

Birinchi holatda korxona aksiyalarini sotish va nominal qiymatlar o‘rtasida vujudga kelgan farq emissiya daromadi deb ataladi. Ushbu daromad qo‘shilgan kapitalni tashkil etadi va maxsus 8410 “Emission daromad” schotining kreditida pul mablag‘lari schotlarining (5010,5110 va boshqalar) debeti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Emission daromad korxonalarning soliqga tortiladigan daromadiga kiritilmaydi. Kelgusida emission daromad aksiyalarni nominal qiymatidan past qiymatda sotishdan ko‘rilgan zararlarni, shuningdek sotib olingan xususiy aksiyalarini bekor qilishdan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun ishlatiladi. Ushbu operatsiyalar 8410 “Emission daromad” schotining debetida, shuningdek 8610 “ Sotib olingan oddiy xususiy aksiyalar”, 8620 “ Sotib olingan imtiyozli xususiy aksiyalar” schotlarining kreditida aks ettiriladi. Emission daromad sifatida to‘planib qolgan qo‘shilgan kapital faqatgina korxona tugatilishida taqsimlanmagan foydaga qo‘shiladi va ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Misol 1. Aytaylik, aksiyadorlik jamiyati har biri 5000 so‘mlik 10000 ta oddiy aksiyasini 6000 so‘mdan jami 60 000 000 so‘mga sotdi.Ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Sotilgan oddiy aksiyalarning nominal qiymatiga (5000*10000= 50000000):

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling