Қўшилган ва резерв капитали ҳисоби
Download 43.25 Kb.
|
Резерв капитали ҳисоби
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaytarib bermaslik sharti bilan kelib tushgan mulk evaziga vujudga keladigan rezerv kapitali hisobi
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Debet 8510 Kredit 9210 – 2 000 000 so‘m. Debet 9210 Kredit 9310 – 2 000 000 so‘m.
Korxonaning sof foydasi hisobidan vujudga keladigan rezerv kapitali hisobi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va ta’sis hujjatlariga muvofiq korxonalar o‘zlarining sof foydasi evaziga rezerv kapitalini shakllantirishlari mumkin. Rezerv kapitaliga qilingan ajratmalar debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” va kredit 8520 “ Rezerv kapitali” schotining kreditida aks ettiriladi. Shakllangan rezerv kapitali korxonalarda turli maqsadlarda, jumladan aksionerlik jamiyatlarida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash uchun, hisobot yilda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Rezerv kapitalini ishlatilishi 8520 “ Rezerv kapitali” schotining debetida va 6610 “To‘lanadigan dividendlar”, 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” va boshqa schotlarning kreditida aks ettiriladi. Qaytarib bermaslik sharti bilan kelib tushgan mulk evaziga vujudga keladigan rezerv kapitali hisobi. Bunday yo‘l bilan vujudga kelgan rezerv kapitali 8530 “ Bepul olingan mulk” schotining kreditida va kelib tushgan mulkni aks ettiruvchi schotlarning (0110-0190,0710-0720,0610, 0800, 1000, 5810 ) debetida aks ettiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq bepul kelib tushgan mulklar bitta tizim korxonalarida yuqori tashkilotning qarori bilan balansdan balansa o‘tkazish tarzida amalga oshirilgan bo‘lsa, daromad solig‘iga tortilmaydi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bepul kelib tushgan mulk ularning yalpi daromadiga kiradi va soliqga tortiladi. Rezerv kapitali schotlari bo‘yicha analitik hisob uning turlari va tashkil topish manbalariga qarab yuritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni. T., «Xalq so‘zi» gazetasi, 1996. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1997 yil 15-yanvar 5-son buyrug‘i (yillik va yarim yillik hisobotni to‘ldirish to‘g‘risida). T., «O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari» oylik nashr, 1997. Buxgalteriya hisobining milliy standarti 0-21. Bobojonov O.,Xasanov B. Finansovыy uchet.-izd. TGEU, 2001 Bobojonov O.U. Moliyaviy hisob. T., «Mehnat», 1999. Moliyaviy hisob. KARANA korporatsiyasi, T., 2000. Paliy V.F. Upravlencheskiy uchet - M.:Soyuzaudit. 1997. Paliy V.F., Paliy V.V. Finansovыy uchet., -M.: FBK. 2001 Rizaqulov A.A., Ibrohimov A.K., Hasanov B.A., Usanov A.U., Mamatov Z.T. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. 1-III tom. TMI va IUT, 1994. www.ziyonet.uz 1 Ўз.АВ томонидан 2002 йил 4 декабрда рўйхатга олинган, № 1192 2 Микрофирмалар ва кичик корхоналар ҳар 3 йилда бир марта қайта баҳолайдилар Download 43.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling