Yuqoridagi hisob-kitoblarga ko‘ra qayta baholash natijalarida vujudga keladigan rezerv kapitali buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
1.Binoning boshlang‘ich qiymatini qayta baholashdan vujudga kelgan rezerv kapitali summasiga:
Debet 0120 Kredit 8510 – 5 000 000 so‘m.
2.Bino eskirishini qayta baholash natijasida rezerv kapitali summasini kamaytirilishiga:
Debet 8510 Kredit 0220 – 3 000 000 so‘m.
Ushbu operatsiyadan so‘ng korxona balansining rezerv kapitali moddasida 2 000 ming so‘m (5000000-3000000) aks ettiriladi.
Mulkni qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali summasi kelgusida ushbu mulk sotilganda yoki hisobdan chiqarilganda kuyidagi yozuvlar bilan kamaytiriladi va, mos ravishda, korxonaning soliqqa tortiladigan boshqa operatsion daromadlariga kiritiladi :
Do'stlaringiz bilan baham: |