Shimoliy amerika milliy bog' va qo'riqxonalari kirish I bob. Shimoliy amerika materigining tabiati
Download 98.99 Kb.
|
SHIMOLIY AMERIKA MILLIY BOG
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining maqsadi: Shimoliy Amerika milliy bog' va qo'riqxonalari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari: Shimoliy Amerika materigi Shimoliy Amerika tabiatining iqlim zonalari Shimoliy Amerikaning milliy bog’lari Shimoliy Amerikadagi qo’riqxonalar va tabiat zonalari Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat. I BOB. SHIMOLIY AMERIKA MATERIGINING TABIATI 1.1. Shimoliy Amerika materigi Amerika qit`asi ikki materik — Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarini o`z ichiga oladi. Teuantepek va Panama bo`yinlari ora-sida joylashgan Markazii Amerikani yo Shimoliy Amerika yoki Janubiy Amerikaga kiritadilar. Butiya yarim orolidagi Merchison burni (710 50 shimoliy kenglik) Shimoliy Amerikaning eng shimoliy nuqtasi, Alyaska yarim orolidagi Prins Uels burni (1680 40 g`arbiy uzoqlik) eng g`arbiy nuqtasi. Labrador yarim orolidagi Charlz burni (550 4 (U g`arbiy uzoqlik) eng sharqiy nuqtasidir. Panama burnini materikning janubiy chegarasi deb hisoblasak, materikning maydoni 20360 ming km2 ni tashkil etadi. Grenlandiya (2176 ming km2), Kanada Arktika arxipelagi (1300 ming km2), Vest-Indiya orollari (2400 ming km2) va boshqalarni Shimoliy Amerika tarkibiga kiritadilar. Geologik tarix davomida Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika har doim ham bir-biriga qo`shilib turmagan va shuning uchun har bir materik tabiati mustaqil ravishda taraqqiy etgan. Bu materiklar geologik tuzilishining bir – biriga o`xshamasligi ana shuning oqibatidir. Bu farq materiklarning har birida mustaqil qadimgi negiz (yadro) lar bo`lishi va ular atrofini yoshroq. burmali tog`lar o`rab turishida ko`rinadi. Shimoliy Amerika materigi bilan Janubiy Amerika materigi hozirgi vaqtda quruqlik orqali shu qadar kam tutashganki, ularning geografik zonalari bir-birlariga hech ham o`xshauaydi; har bir materik o`ziga xos va mukammal geografik zonalarga ega bo`lib, bu zonalar okean bo`yi va materik ichki sektorlarini qamrab oladi. Shunga qaramasdan, har ikkala materik bir qancha umumiy tabiiy siyatlarga ega. Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerikani bir butun tog` sistemasi Kordilyera tog`lari bir – biriga qo`shib turadi. Ana shu tog` temasi tufayli har ikkala materikda orografiyaning asosiy elementlari meridional yo`nalgan bo`lib, asimmetrikdir Yevrosiyoning eografik tueilishidan Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika ografiyasining asosiy farqi ana shunda. Yevrosiyodan farqli o`laroq, bu materiklarning markazii va sharqiy qismlari yo tekislik, yoki yassi tog`liklardir, ularning g`arbiy chekkalari esa tog`lardan iborat. Kordilyera tog`lari Shimoliy Amerika materigi bilan Janubiy Amerika materigi o`rtasida ko`prik xizmatiii o`taydi, bu tog`lar tufayli flora va faunaning bir materikdan ikkinchi materikka o`tishi oson bo`lgan; ana shunga ko`ra Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerikaning flora va faunasi muayyan xususiyatlariga ko`ra o`xshab ketadi Lekin bu o`xshashliklarga qarab, ularning flora va faunasi umumiy Geologik tuzilishi va tabiatining tarkib topish tarixi xususiyatlari Qisman boshqa materiklarga ham xos bo`lgan xususnyat — asosni geologik strukturalariing konsentrik tarzda joylashnshi Shimoliy Amerika misolida yaqqol ko`rinadi. Materikning markaziy qismlari chekka qismlariga nisbatan hamma joyi bir xil tuzilgan va, shu bilan birga, eng qadimiydir. Bu hol tasodifiy bo`lmay, materikning o`ziga xos xaraqqiyot tarixi oqibatidir. Kembriydan oldingi strukturalar. Shimoliy Amerikaning zamanida qadimgi struktura — arxey-proterozoy yadrosi — Kanada qalqonini o`z ichiga oladigan Shimoliy Amerika platformasi yotadi. Kanada qalqoni litologik tarkibiga ko`ra Skandinaviya qalqoniga o`xshab ketadi. Kanada qalqoni jinslari kuchli metamorfizmlashgan; shuning uchun ham hamma joyda kristall tuzilishdadir. Bu jinslar granit – gneys kompleksi deb atalib, tarkibida ko`p miqdorda mineral-lar uchraydi; bu minerallardan ko`plari sanoatda muhim ahamiyatga ega. Platforma jinslarining absolyut yoshini o`rganish natijasp Buyuk ko`llar atrofi platformaning eng qadimiyqismi ekanligi aniqlandi, bu yerlarda otqindi va metamorfik jinslarning yoshi 2500 mln yildan ham ortiq. Bu yadro atrofida geosinklinal havzalar bo`lgan, bu havzalar kembriydan oldin, biroq kalqonning markaziy qismlarn paydo bo`lmasdan ancha keyin tarkib topgan. Yeshroq strukturalar asta – sekin markaziy yadroga qo`shila borganidan uning maydoni tobora kengaya boshlagan. Katta Ayiq ko`li atrofidagi burmali strukturalariing yoshi 1250 – 1450 mln. yilga, San – Lavrentiy daryosi vodiysidan shimoli – sharqdagi joylarning yoshi 950–1100 mln. yilga barobar. Shunday qilib, Shimoliy Amerika kristall jinslar qalqoninnn: tarkib topish tarixi bu qalqonning bundan boshqa yoshroq barcha qismlarining tarkib topish tarixiga ko`ra kamroq davom etgan. Platforma jinslarining absolyut yoshini o`rganish natijasida, Buyuk ko`llar atrofi platformaning eng qadimiyqismi ekanligi aniqlandi, bu yerlarda otqindi va metamorfik jinslarning yoshi 2500 mln. yildan ham ortiq. Bu yadro atrofida geosinklinal havzalar bo`lgan. bu havzalar kembriydan oldin, biroq qalqonning markaziy qismlari paydo bo`lmasdan ancha keyin tarkib topgan. Yoshroq strukturalar asta – sekin markaziy yadroga qo`shila borganidan uning maydoni tobora kengaya boshlagan. Katta Ayiq ko`li atrofidagi burmali strukturalarning yoshi 1250 – 1450 mln. yilga, San-Lavrentiy daryosi vodiysidan shimoli-sharqdagi joylarning yoshi 950 – 1100 mln. yilga barobar. Shunday qilib, Shimoliy Amerika kristall jinslar qalqonining tarkib topish tarixi bu qalqonning bundan boshqa yoshroq barcha qism-larining tarkib topish tarixiga ko`ra kamroq davom etgan. Paleozoyning boshlariga kelganda Shimoliy Amerika platforma tektonika kartasida ko`rsatilganiga nisbatan kattaroq bo`lgan platformaning g`arbiy chekkasi hozirgi Qoyali tog`lar ishg`ol qilgan grritoriyaning g`arbrog`idan o`tgan). Natijada platformaping g`arbiy 1smi geosinklinal havzalarga qo`shilgan va burmalana boshlagan. Paleozoy va mezozoy burmali strukturalari. Paleozoyga kelgan-zyoq platformaning janubiy, g`arbiy va shimoliy qismlarini transsessiya bosgan, natijada kristall jinsli fundamentda cho`kindi jinslar – qumtoshlar, dolomitlar va ohaktoshlar to`planib qolgan. Geologik taraqqiyot protsessida Shimoliy Amerikaning yirik tektonik oblastlari: Kanada qalqoni va plitasini o`z ichiga olgan Shimoliy Amerika platformasi, paleozoy (kaledon va gersin) burmali ukturalari, epigersin platformalar, Kordilyeraning mezokaynozoy burmali strukturalari tarkib topgan. Kordilyeraning eng yosh tizlari va vodiylaridan tashqari, ana shu strukturalar bilan birga paydo bo`lgan relyef shakllari yo`q bo`lib ketgan. Bunday shakllar yer po`stining keyingi harakatlari, denudatsiya protsesslari va cho`kindi to`planishi natijasida kuchli o`zgargan. Shunga qaramasdan, bu oblastlardan har birining tektonik negizining o`ziga xos xususiyati hozirgi relyef taraqqiyotining o`ziga xos yo`llarini belgilab bergan. Shuning uchun tektonik oblastlar morfostruktura rayonlarning eng yirik kategoriyalari bo`lib, gipsometrik kartada yaqqol ko`rinib turadi. Yuqorida aytilgani kabi, Shimoliy Amerikaning g`arbiy qismida tog` paydo qilish protsesslari quyi paleozoydayoq ro`y bergan, biroq Appalachi tog`laridan farq qilib, qadimgi burmali strukturalar deyarli qolmagan. Shimoli – g`arbdan janubi – sharqqa cho`zilgan asosiy morfostrukturalar mezozoy oxirida va kaynozoy boshlarida paydo bo`lgan hamda kuchli ichki va tashqi protsesslar ta`sirida murakkablashib, bir necha bor o`z shaklini o`zgartirgan. Tog` sistemasining sharqiy mintaqasi larami davridagi (larami mintaqasi–X) kuchli tektonik protsesslar zonasining sharqyy qismiga to`g`ri keladi. Bu protsesslar geosinklinal zonani ham va Shimoliy Amerika platformasining tevarak – atrofdagi qismlarini ham qamrab olgan. Bu tog` mintaqasi Alyaskadagi balandligi 3000 m gacha yetadigan Bruks tizmasidan (X1), Kanadadagi balandligi 2500 m gacha bo`lgan Makenzi tog`laridan (X2) va 4399 m ga yetadigan (Elbert tog`i) Qoyali tog`lardan (X3) iborat. Tog` paydo qilish protsessi ko`p jihatdan platforma sharoitida ro`y berganidan burmali – palaxsali tizmalar struktura va relyefning eng xarakterli tipi hisoblanadi. Burmalanmagan joylar balandligi 1500 – 1600 m atrofidagi platolardan iborat bo`lib, sharqda Buyuk tekisliklar bilan qo`shilib ketadi. Tizmalarning tepalarida qadimgi va hozirgi muzlar tufayli vu-judga kelgan muzlik relyef shakllari ko`p uchraydi. Iyellouston davlat parki atroflarida postvulkanik hodiyealar, jumladan juda kuchli geyzerlar uchraydi. Qoyali tog`lar janubda Sharqiy Syerra – Madre (X4) baland mas-snvlari sifatida davom etadi. Bundan g`arbdagi yana bir orografiya mintaqasi nevadiy burmali strukturalari taraqqiy etgan zonaning sharqiy qismida va larami burmalari zonasining g`arbiy qismida bo`lib, o`rtacha balandlikdadir. Bu mintaqa g`arb va sharqdan tog` tizmalari bilan o`ralgan. Bu esa iqlimning xiyla kontinental bo`lishiga olib kelgan. Iqlimning kontinentalligi natijasidaesa denudatsiya kuchayib, yer yuzasini tekislab yuborgan. Bu – ichki yassi tog`liklar va platolar mintaqasidir (XI). Bu mintaqa ichki Freyzer (XI2) platolariga, Kolumbiya platosiga o`tadigan Yukon yassi tog`ligi (XI1), Katta Havza tog`ligi (XI4), Kolopado platosi (XI5), Meksika tog`ligining ichki qismi (X16) dan iborat. Bu zona uchun ko`tarilgan yoki cho`kkan va balandligi 4000 m gacha bo`lgan ko`pdan – ko`p gorstli tizmalar (Katta Havzada) va akkumulyativ relyef shakllariga ega bo`lgan kotlovinalar strukturalari xarakterlidir. Ajal vodiysi eng chuqur depressiyadir (absolyut chuqurligi – 85 m). Freyzer ,va Kolumbiya platolarida, shuningdek, Kolorado plato-1ing chekka qismida vulkan qoplamlari keng tarqalgan. Bu zona yuzasiiing shakllari daryolar va oqar suvlarning faoliyati bilan bog`liqdir. Shimolda, Yukon yassi tog`ligida, yirik daryo sistemalari bo`lgan joylarda, tektonik jihadan cho`kkan uchastkalar daryo oqiziqlaridan iborat keng akkumulyativ pasttekisliklardir. Daryolar territoriya ko`tarilmasdan oldinvujudga kelgan va daryolar eroziyasi yetarli darajada kuchli bo`lgan joylarda chuqur vodiylar va hatto nihoyatda chuqur za uzun kan`onlar vujudga kelgan. Bunday kan`onlar ayniqsa Freyzer, Foydali qazilmalari Shimoliy Amerikada toshko`mir va qo`ng`ir kumir, pyx va molibden juda ko`p. Mis, kobalt, titan, vanadiy zapaslari ham anchagina. Neft, temir va nikel zapaslari ham yetarli darajada katta, lekin bu foydali qazilmalar sohasida Shimoliy Amerika boshqa materiklardan ancha orqada turadi. Materikda marganets, xrom, alyuminiy va qalay nisbatan kam. Kanada qalqoni Shimoliy Amerikaning asosiy metallogenik provinsiyalaridan biridir. Kanada qalqoni bag`rida temir, nikel mis, oltin, kumush, uran, molibden va boshqa metallarning yirik konlari bor. Yuqori ko`l atroflarida va Labrador yarim orolida temir rudasining katta konlari ochilgan. Bu rayonlarning rudalari metamorfik yo`l bilan vujudga kelgan bo`lib, kembriydan oldingi cho`kindi jins qatlamlari orasida uchraydi. Bu rudalar tarkibida taxminan 50-55% temir bo`lgan gematitdir. Yuqori ko`l atroflaridagi eng boy konlar zapasi kamayib qolgan. Shuning uchun tarkibida 27% atrofida temir bo`lgan temirli kvarsitlar qazib chiqarilmoqda. Nikel odatda mis bilan birga uchraydi. Sadberi yaqinidagi kon butun dunyoga mashhur. Bu yerdagi sinklinal shakldagi arxey gneyslari, kristalli slanetslari, ohaktoshlari, proterozoy kvarsitlari va boshqa jinslarni ultra asosiy magmaning qalin intruziyasi yorib chiqqan. Maydoni 1500 km2 atrofidagi rudali territoriya intruzivning quyi qismidadir. Bu yerda shirrotin, xalkopirit va piritning yirik tomirlari va linzalari paydo bo`lgan. Bu rudalarda mis, nikel, kobalt, platina, oltin, kumush bor. Xuddi shu tipdagi kon Grenvill ko`li yaqinida, Kanadaning Manitoba provinsiyasining shimolida qazib olinayotir. Bundan tashqari, qalqon territoriyasida mis, asosai kolchedan tipidagi mis konlari anchagina bor (Flinflon, Noranda va boshqalar). Mis bilan birga ko`pincha kumush va oltin qazib chiqariladi. Oltin muhim sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan miqdorda ko`pgina joylarda uchraydi. Oltinli miiyerallarning ko`pchiligi genetik jihatdan granitoidlar bilan bog`liqdir Kanada qalqoni uran rudasi konlari bilan mashhur (Katta Ayiqli ko`l va Guron ko`li yaqinida ayniqsa katta konlar bor). Shimoliy Amerika platformasi plitalarida, qalqondai farq qi-lib, asosan mineral xom ashyoning yoqilg`i – energetika boyliklari ko`p. Ko`mir, neft va tabiiy gazning eng katta bir qancha konlari ana shu strukturalardadir. Ko`mir konlari Markaziy va Buyuk tekisliklardagi ikkita asosiy provinsiyada ma`lum. Ulardan birinchisida territoriyaning katta qis-midagi toshko`mir davri ohaktoshlari va slanetslari orasidagi bitumli ko`mirlarning kattagina zapaslari bor. Ikkinchi provinsiyada eng yirik konlar AQSH bilan Kanada chegarasi yaqinidadir. Ayrim kon dala-lari har ikkala davlat territoriyasida, Qoyali tog`lar etaklari bo`ylab tor polosa shaklida cho`zilib yotadi. Konlar uchlamchi va bo`r davrlari-ning jinslari orasida uchraydi. Bular asosan, qo`ng`ir kumir yoki lig-nitdir. Kanada territoriyasida kumir konlari orasida bitumli kumir ham uchraydi. Buyuk tekisliklarning janubi – sharqiy qismida dunyodagi eng katta neft va tabiiy gaz konlaridan biri bor. Bu kon Pekos va Arkanzas daryolari orasida juda katta territoriyani ishg`ol qilib yotadi. Bu yerda xilma – xil strukturali formalarda neft kembriy – ordovikdan tortib neogengacha paydo bo`lgan barcha cho`kindi jinslar orasida uchraydi. Ayrim neft va tabiiy gaz konlari buyuk tekisliklarning AQSH va Kanadadagi turli qismlarida ham topilgan. Neft bilan kumir Kanada Arktika arxipelagi orollarida uchraydi Bular arxipelagning geologik tuzilishi hali yetarli Darajada o`rganilgan emas. Rudali konlarning ahamiyati kichikroq. Bu konlardan eng yiriklari lakkolit va daykalarning mezozoy va uchlamchi davrda cho`kindi qat-lamlar orasiga kirib kelishidan hosil bo`lgan. Missisipi, Missuri va Ogayo daryolari qo`shiladigan joyda topilgan qo`rg`oshin, rux, barit va flyuoritniig kattagina konlari ana shu yo`l bilan hosil bo`lgan. Meksika qo`ltig`i sohili (sinekliza) neftga xiyla boy. Neft bu yerda yotiq antiklinal gumbazlar shaklida yoki deyarli gorizontal holda yotadigan bur va kaynozoy yotqiziqlari orasidadir. Bu konlarni ko`pincha perm qatlamlaridan cho`qqayib chiqib turgan tuz gumbazlari yorib chiqqan. Neft koilari pasttekislikning hamma qismlarida, AQSH va Meksikada Missisipi daryosidan g`arbda tarqoq holda uchraydi. Appalachi tog`larining kaledon burmali strukturalarida dunyodagi eng katta asbest koilaridan biri topilgan (Kanadadagi Notr-Dam tog`i). Appalachi tog`lari kaledonidlarida, Niofaundlendda va Shar-kiy Grenlandiyada polimetall konlari xam topilgan. Kaledon burmalanishi protsessida va geologiya tarixining yanada qadimgi bosqichlarida paydo bo`lgan turli rudalar Appalachi tog`lari-ning gersip strukturalari uchun ham xarakterlidir. Bu rudalar yoqil-g`i-energetika xom ashyosi va rudalarning xilma-xil turlaridan ibo-rat. Appalachi tog`larining tabiiy boyliklaridan eng qimmatlisi tosh-ko`mir davridagi cho`kindi jinslar orasida uchraydigan toshko`mirdir. Juda yirik kumir koilari Appalachi platosining shimoliy kismida uchraydi. G`arbda kumir konlari bitumli ko`mirdai, sharqda, disloka-siyaga uchragan zonada antratsitdan iborat. 10—27 ko`mir qatlami uchraydi. Bu qatlamlarning qalinligi 12—20 m. Ba`zi joylarda kumir yer yuziga chiqib yotadi. Yuqori sifatli kumir konidan yana bittasi Pit-tsburgdan Birmingemgacha gersin burmali zonasining g`arbiy chekkasi bo`ylab joylashgan. Bu kon undan janubda esa Meksika bo`yi past-tekisligining mezozoy cho`kindi jinslari qatlamlari tagida yotadi. Hozirgi vaqtda deyarli butunlay qazib olingan neft konlari ham kumir konlari bilan bog`l.iq. GersinAppalachi tog`larining boshqa konlari orasida silur yotqi-ziqlarida uchraydigan va butun janubiy Appalachi tog`lari bo`ylab cho`-zilib boradigan temir ruda koni mintaqasini hosil qiladigan gematit (ayniqsa Birmingem atroflari temir rudasiga boy), rux, mis rudalari va piritni aytib o`tish mumkin. Kordilyera tog`larining burmali strukturalarida juda xilma-xil qazilmalar bor. Asl metall, rangdor va nodir metallarning neva-diy va laramiy intruziyalarida uchraydigan konlari ham anchaginadir. Kimmeriy burmali mintaqasi qalay-volfram rudalariga boy bulgan janubi-sharqiy Osiyodan farq qilib, Shimoliy Amerikaniig xuddi shunday strukturalari mis, oltin, kumush va ruxga boy rudalar bilan mashhurdir. Asosiy konlar genetik jihatdan yuqori yura va quyi bo`r-mo`tadil nordon granitoidlari bilan bog`liqdir. Bu granitoidlar kembriydan oldingi, paleozoy va mezozoy jinslarini yorib chiqqan-Sioard yarim orslidagi, Yukon daryosi havzasidag.i (Alyaska va Kanada-da) va Kaliforniyadagi butun dunyoga mashhur oltin konlari Kanada hamda AQShning Nevada va Arizona shtatlaridagi polimetall (asosai qalay, rux) konlari (oltin, mis, qo`rg`oshin, rux, kumush) va Kanadadagi volframga boy skarn konlari (ohaktoshli-temirli silikatlar: granat, piroksen va boshqalar) ana shunday konlardir. Kichikroq konlardan Alyaskadagi qalai rudalarini, AQSH ning g`arbidagi xrom konlarini, Kaliforniya shtatidagi Shasta tog`i yaqinidagi kolchedan konlarini :aytib o`tish mumkin. Laramiy strukturalarida AQSH Qoyali tog`larining shimoliy va o`rta qismlarida batolitlar bilan bog`liq, bo`lgan konlar juda ham muhim ahamiyatga ega. Mis (Bingen, Byutt va boshqalar), polimetall (Ker-d`Alen), volfram, oltinning juda katta konlari shular jumla-sidandir. Kolorado platosida ana shu davrda (bo`r davri oxiri paleo-genda) paydo bo`lgan intruziyada kattagina uran konlari mavjud. Deyar-li xuddi shu taqlidda paydo bo`lgan mis, polimetall va titan rudalari Meksika togligining ichki qismlari uchun xarakterlidir. Juda katta territoriyada ro`y bergan neogen magmatik protsesslari Tinch okean burmalari mintaqasidagina emas, balki Kordilyera tog`-larining boshqa strukturalari zonalarida ham ko`pgina rudali konlar hosil qilgan. Alyaska va Kanadada qirg`oq bo`yi polosasi xrom, platina va olmos, AQSH esa simob zapaslari bilan ajralib turadi. AQShda Qoyali tog`larning o`rta qismida xuddi shu yoshdagi intruziyalarda molibden (dunyodagi eng katta konlardan biri), qo`rg`oshin-rux, oltin-kumush, mis-molibdei va boshqa rudalarning konlari bor. Download 98.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling