Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi Reja


Download 39.66 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi39.66 Kb.
#1825517
  1   2   3   4
Bog'liq
Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi


Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi
Reja:

Qurolli Kuchlarining urushidan keyingi tuzilishi


Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti

Qurolli Kuchlarining urushidan keyingi tuzilishi

Bo‘lib o‘tgan urush tajribasi hamda yangi qurol-yarog‘ va jangovar texnikalar - qismlar, birlashmalar va qo‘shilmalarning jangovar va manyovrchanlik imkoniyatlarini oshishiga va tashkiliy formalariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.


Ushbu ko‘rib chiqilayotgan davrda Qurolli Kuchlar beshta turdan tashkil topdi: Quruqlikdagi qo‘shinlar; Harbiy-Havo Kuchlari; Harbiy-Dengiz Floti; davlat Havo Hujumidan Mudofaa qo‘shinlari va havo-desant qo‘shinlari.
Quruqlikdagi qo‘shinlar o‘z ichiga: piyodalarni, Zirxli tank va mexanizatsiyalashgan qo‘shinlarni, artilleriyani, kavaleriyani, hamda maxsus qo‘shinlarni (muhandislik, aloqa) va boshqalarni olgan. 1954- yilda Kavaleriya qo‘shin turi sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va bekor qilindi. Zirxli tank, mexanizatsiyalashgan qo‘shinlar, artilleriya va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining ro‘llari oshib bordi.
Asosiy birlashmalar sifatida o‘qchi, mexanizatsiyalashgan va tank diviziyalari qabul qilindi.
O‘qchi qo‘shinlarining zarba berish kuchlari oshdi. O‘qchi diviziyalar safiga tank o‘zi yurar po‘lklari (tankosamoxodnie polki) va boshqalar kiritildi. Diviziya butunlay motorlashtirildi. Shu yillarda uning safida 1488 ta avtomashinalar, shataklar (tyagachlar), transportyorlar mavjud edi, 1944- yilda uning tarkibida bor-yo‘g‘i 419 ta avtomashina va shataklar (tyagachlar) bo‘lgan edi. 1946- yil oxirida diviziyaning artilleriya minomyotlarini zarba berish qudratlari urush davriga nisbatan ikki martaga oshdi. Shtatdagi tanklar va o‘ziyurar artilleriya qurilmalari jang maydonida piyodalarni bevosita qo‘llab-quvvatlashni ta’minladi. Zarba berish imkoniyatlari bo‘yicha diviziya ingliz va fransuz armiyalaridan kuchli bo‘lib, faqat amerikaliklarniki bilan tenglashar edi.
1946- yilda o‘qchilar korpusi tashkiliy shtat tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi. Uning safiga ikkita o‘qchilar va bitta mexanizatsiyalashgan diviziyalar, bir nechta yangi korpus artilleriya qismlari va boshqa qismlar kiritildi. Korpuslarda artilleriyaning soni 21% ga ortdi, zalp bilan o‘t ochib zarba berish esa urush oxiridagi 5 t. dan 1953- yildagi 37 t. ga yetdi. Tank va o‘zi yurar artilleriya qurilmalari 20 martaga ko‘paydi.
Korpus safiga kiritilgan mexanizatsiyalashgan diviziya uning harakatchanligi va zarba berish kuchini oshirdi. Shtat bo‘yicha diviziyadagi tanklar va O‘YUAQ (SAU) lar urush davridagi korpuslarnikigacha yetdi. Bundan tashqari, diviziya motopiyodalar uchun bronetransportyorlar oldi.
Yangi tashkiliy tizimdagi o‘qchilar korpusi mustaqil ravishda dushman mudofaasini butun taktik chuqurligida yorib o‘tishga, yorib o‘tilgan uchastkalarga tank va mexanizatsiyalashgan birlashmalarni kiritishga, hujumni yuqori suratlarda olib borishga va mudofaada egallab turgan chizig‘ini mustahkam ushlab turishga qodir bo‘ldi. Shu bilan birga qismlar va birlashmalar tashkiliy-shtat tizimida hali kamchiliklar bor edi, ulardan asosiysi- zenit vositalari, muhandislik texnikalari va aloqa vositalarining yetarli davrajada emasligidir.
Umumqo‘shin armiyalari, o‘qchilar korpuslarining imkoniyatlari kengayishi, artilleriya safining o‘zgartirilishi va armiya safiga boshqa armiya bo‘ysunuvidagi qismlarning kiritilishi munosobati bilan urush yillaridagidan qudratliroq bo‘ldi.
U, nafaqat mudofaa vazifalarini hal etadigan, balki operativ chuqurlikda muvaffaqiyatni rivojlantiradigan, dushmanni boshqa armiyalar bilan hamkorlikda tezda qurshab olishga va tor-mor etishga qodir birlashmaga aylandi.
Zirhli tank va mexanizatsiyalashgan qo‘shinlarning tashkiliy-shtat tizimida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Urushdan keyin tank va mexanizatsiyalashgan korpuslar tank va mexanizatsiyalashgan diviziyalarga aylantirildi.
Tank armiyalari bazasida mexanizatsiyalashgan armiyalar tashkil etilib, ular o‘z saflariga ikkita tank va ikkita mexanizatsiyalashgan diviziyalarni olgan, armiya qismlari tank va O‘YUAQ (SAU) lar soni bo‘yicha urush davridagi armiyalardan o‘zib ketdi. Umumqo‘shin armiyalariga nisbatan kam sonli artilleriya, minomyotlar va avtotransportga ega bo‘lib ular yuqori harakatchanlikka va manyovrchanlikka ega bo‘ldilar va operatsiyalarda muvaffaqiyatni rivojlantiruvchi vositaga aylandilar. Lekin, ham mexanizatsiyalashgan, ham umumqo‘shin armiyalari keyingi takomillashishni talab etar edi.
O‘qchilar diviziyasi safiga tank o‘zi yurar po‘lklarning kiritilishi va korpuslar safiga mexanizatsiyalashgan diviziyaning kiritilishi, mexanizatsiyalashgan armiyalar va alohida tank diviziyalarining tashkil etilishi zirhli tank va mexanizatsiyalashgan qo‘shinlarning keyingi rivojlanishiga olib keldi. 1953- yilda ularning udel massasi (ahamyati) urush davridagiga nisbatan oshdi.
OBQ zaxirasi artilleriyasining ham tashkiliy-shtat tizimida o‘zgarishlar bo‘ldi. Qism va birlashmalarda artilleriya va minomyotlarning, hamda o‘t ochishni boshqarish vositalarining soni oshdi. Shu bilan birga qurollanishga ballistik raketalarning kiritilishi bilan yangi qo‘shin turi-raketa qo‘shinlariga asos solina boshlandi.
Muhandislik, kimyo va boshqa maxsus qo‘shin turlari tashkiliy shtat tizimida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Ushbu qo‘shinlarning yangi tashkiliy shtat tizimida qurollanishga kiritilgan yangi jangovar texnikalar va o‘sha davr harbiy san’atining talablari maqsadga muvofiq hisobga olindi.
Misol uchun, o‘qchilar korpusida sapyor ro‘talarining soni bir yarim marotobaga oshdi.
1940- yillar oxirida HHK da, uzoq va transport-desant aviatsiyasi tashkiliy tizimini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. Davlat HHM qo‘shinlari 1948- yilda Qurolli Kuchlarning alohida turi deb belgilandi. Unda har xil maqsadlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan birlashmalar va qismlar yaratildi.
Harbiy-Dengiz Floti o‘z tarkibiga flotlar va (dengiz, daryo) flotiliyalarni oldi. Ular suv usti kemalari, suv osti kemalari birlashmalaridan, aviatsiya, qirg‘oq va zenit artilleriyasi, dengiz piyodalari va har xil maxsus qo‘shinlar irlashmalari va qismlaridan tashkil topdi.
Havo-desant qo‘shinlari 1946 yil iyunida Qurolli Kuchlarning alohida turi deb belgilandi.
Raketa-yadro qurolining rivojlanishi, strategik raketalarining ulkan imkoniyatlari Qurolli Kuchlarning yangi turi -Strategik maqsadlarda qo‘llaniladigan Raketa Qo‘shinlarining yaratilishiga turtki bo‘ldi. 1960 yilda Strategik maqsadlarda qo‘llaniladigan Raketa Qo‘shinlarining Qurolli Kuchlarning alohida turi etib belgilanishi, urushda maqsadlarga erishishning hal qiluvchi vositasi sifatida ularning rivojlanishlarida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Strategik maqsadlarda qo‘llaniladigan Raketa Qo‘shinlari, qisqa muddatlarda bir vaqtning o‘zida agressorning harbiy-iqtisodiy potensialini izdan chiqarish, uning strategik yadro hujum qilish vositalarini, asosiy guruhlarini tor-mor etishni ta’minlovchi jangovar imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Raketa qo‘shinlarining tashkiliy-shtat tizimi takomillashdi, ularning hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalarining hajmi kengaydi, yangi boshqarish tizimi yaratildi.
Quruqlikdagi qo‘shinlar Qurolli Kuchlarning asosiy turlaridan biri sifatida rivojlandi. Ularning saflarida yangi qo‘shin turlari yaratildi: o‘z safiga operativ-taktik va taktik raketa bo‘linmalari va qismlarini va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarini olgan raketa qo‘shinlari. Raketa qo‘shinlari dushmanning katta maydonlariga va katta chuqurliklariga hal qiluvchi yadro zarbalarini berishga qodirlar. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari zenit boshqariluvchi raketalari, zenit artilleriyasi bo‘linmalariga va radiotexnik vositalariga ega bo‘la boshladilar. Ular front qiruvchi aviatsiya bilan hamkorlikda, raketa, motoo‘qchi va tank qo‘shinlarini havodan ishonchli himoya etish va ular tomonidan jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlashga qodir bo‘ldilar.
Yangi jangovar texnika va qurol-yarog‘lar bilan qurollangan havo-desant qo‘shinlarining birlashmalari va qismlarining ham tashkiliy-shtat tizimlari takomillashdi. Ularning ro‘llari va udel massalari oshdi, mustaqil vazifalarni dushman front ortining chuqur ichkarisida, frontning asosiy qo‘shin guruhlaridan o‘zib ketgan (ajragan) hollarda hal etishlarigacha vazifalari kengaytirildi.
Quruqlikdagi qo‘shinlarning ko‘p sonli tanklar bilan ta’minlanishi ularning zarba berish qo‘dratini ko‘p martaga oshirdi, shaxsiy tarkibning yadro quroli faktorlari ta’siridan zirhli tanklar yordamida himoyalanish foizlari oshdi. Tank qismlari va birlashmalari yonilg‘i zaxiralarini to‘ldirmasdan katta masofalarga harakatlanish qobiliyatlariga ega bo‘ldilar. O‘qchi va mexanizatsiyalashgan diviziyalar o‘rniga takomillashgan va harkatchan yuqori manyovrga ega bo‘lgan diviziyalar tashkil etila boshlandi. O‘z saflariga zamonaviy qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan motoo‘qchi va tank bo‘linmalariga ega bo‘lib, ular tank diviziyalari kabi harakatchan bo‘ldilar. Zirhli mashinalarda harakatlanib motoo‘qchi birlashmalari, tezlik bilan marshni amalga oshirishga, jang maydonida chaqqonlik bilan manyovr qilishga va hujumni yuqori suratlarda rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Motoo‘qchi diviziyalarining zarba berish qudrati, raketa qurolini hisobga olmaganda, to‘rt martadan ortdi. Tank diviziyalari ham qayta tashkil etildi, natijasida zarba uning zarba berish qudrati oshdi. Motoo‘qchi yoki tank diviziyalarida tanklarning soni urush davridagi tank yoki mexanizatsiyalashgan diviziyanikiga nisbatan oshdi.

Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling