Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi Reja


Quruqlikdagi qo‘shinlarning operativ-taktik va taktik raketalar bilan jihozlanishi


Download 39.66 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi39.66 Kb.
#1825517
1   2   3   4
Bog'liq
Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi

Quruqlikdagi qo‘shinlarning operativ-taktik va taktik raketalar bilan jihozlanishi, motoo‘qchi va tank diviziyalarida tanklar sonining oshishi, hamda boshqa takomillashgan texnikalarning kiritilishi ularning jangovar imkoniyatlarini ancha oshirdi. Quruqlikdagi qo‘shinlarning mustaqilliklari va shu bilan birga omon qolgan dushmanni guruhlarini tor-mor etish vazifalarini hal qilish, hamda muhim ob’ekt va rayonlarni egallash va ushlab turish bo‘yicha imkoniyatlari oshdi.
HHM qo‘shinlarining yangi qurol-yarog‘lari va jangovar texnikalari ularning tashkiliy-shtat tizimlarini o‘zgartirishni talab etdi. Ularning jangovar qudratlarining asosini zenit raketa qo‘shinlari va raketalar bilan jihozlangan qiruvchi aviatsiya tashkil etdi. Zenit raketa qo‘shinlari o‘z qurollanishida har xil maqsadlar uchun qo‘llanishga mo‘ljallangan jangovar komplekslarga ega bo‘lgan qismlardan tashkil topdi. O‘z qurollanishiga raketalar bilan jihozlangan uzoq masofalarga harakatlanuvchi qiruvchi-ushlab qoluvchi (perexvatchik) davlat HHM aviatsiyasi, ob-havoning hamma sharoitlarida dushman samolyotlari va qanotli raketalarini hamma balandliklarda va tezliklarda yakson etish imkoniyat larini oldilar.
Har xil klassdagi va har maqsadlar uchun qo‘llaniladigan raketalarning kiritilishi bilan aviatsiyaning ayrim jangovar vazifalarini ularning zimmasiga yuklatildi. Lekin aviatsiyaning Qurolli Kuchlar tizimidagi ro‘li katta bo‘lib qolaverdi. Dushmanning front ortidagi ob’ektlarini, hamda harakatlanayotgan nishonlarni tor-mor etish uchun katta manyor qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan aviatsiya birlashmalarining jalb etilishi ko‘zda tutildi. Tashkiliy-shtat tizimi ham takomillashdi. Shturmchi aviatsiya o‘rniga qiruchi-bombardimonchi aviatsiya yaratildi. Harbiy-transport aviatsiyasining ham ro‘li oshdi. Front aviatsiyasining hamma turlarida qiruvchi, bombardimonchi, (qiruvchi-bombardimonchi, razvedkachi va yordamchi) bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar undan jang va operatsiyalarda samarali foydalanishni oshirdi.
Aviatsiyaning asosiy vazifasi, dushmanning raketa qurilmalarini, atom orudiyalarini, qanotli raketalarini, yadro raketalarini nishonga olib boruvchi samolyotlarini, raketa kemalarini va suv osti kemalarini, hamda yadro o‘q-dori omborlarini tor-mor etish yo‘li bilan uning yadro vositalariga, arsenallariga qarshi kurash bo‘ldi. Bombardimonchi va qiruvchi-bombardimonchi aviatsiya kichik razmerli va harakatlanuvchi nishonlarni aniqlash va tor-mor etishning muhim vositasi bo‘lib qolaverdi.
HDF rivojlanishi Qurolli Kuchlarning boshqa qo‘shin turlari bilan hamkorlikda muhim operativ-strategik vazifalarni hal etish uchun, flotlar safida suv osti kemalari, dengi raketa aviatsiyasi va suv usti kemalari birlashmalarini yaratish yo‘lidan bordi. Kemalar birlashmalari va flot aviatsiyasi birlashmalarini umumlashtirish tizimi o‘zining rivojlanishiga ega bo‘ldi.
Qurolli Kuchlar front orti xizmatlari organlarining tashkiliy-shtat tizimlari janglar va operatsiyalarni olib borish usullarining o‘zgarishiga mos ravishda o‘tkazildi. Front orti to‘lig‘icha motorlashdi, uning harakatchanligi va mobilligi oshdi.
Shunday qilib, Qurolli Kuchlarning yangi turi -Strategik maqsadlarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan raketa qo‘shinlarining yaratilishi bilan urushda strategik vazifalarni hal etishning asosiy ro‘li ularga berildi. Davlat HHM qo‘shinlarining ro‘li ham oshdi. Qurolli Kuchlar qo‘shin turlarida yangi qo‘shin turlari paydo bo‘ldi va ularning tashkiliy-shtat tizimlari to‘xtovsiz takomillashdi. Bu hammasi, bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarga qaramasdan, Sovet harbiy san’atining muhim prinsipi -Qurolli Kuchlar hamma qo‘shin turlarining birgalikdagi harakatlari bilan urushda g‘alaba qozonish-o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.
1945- yilda Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan dunyodagi hayot, 1918- yildagi urushdan keyingi oqibatlardan ham dahshatliroq edi. Qariyib butun Yevropa, jumladan Rossiyaning ham g‘arbiy qismi ham vayronaga aylangan edi. Shimoliy Afrika davlatlarida ham urush o‘z izini qoldirgan edi. Shimoliy-Sharqiy Osiyo iqtisodida ham vayronalik humronlik qilar edi. Xitoy katta talofatlar ko‘rdi, Yaponiyaning ko‘pgina shaharlari ham Amerika aviatsiyasi zarbalaridan talofatlar ko‘rdi. Insoniyatning aksariyati turar joyidan mahrum bo‘lib, och-yalong‘och, jismonan va ruhan yarador holda edi.
1939-1945- yillardagi jahon urushi bundan yigirma besh yil avval bo‘lib o‘tgan jahon urushiga nisbatan totalroq va dahshatliroq bo‘lib, ellik besh million odamning yostig‘ini quritdi. Agar Moskva yaqindagi e’lon qilgan Sovet odamlari yo‘qotishini hisobga olganda bu raqamlar 25 foizga pasaytirilgan. Lekin urushning haqiqiy natijasi nima bilan tugaganiga qaramasdan qurbonlarning uchdan ikki qismini tinch aholi tashkil etdi. Shuning uchun kelajakda urushlarning oldini olish asosiy vazifalardan bo‘lib qoldi. Qurollanish va urushlarning oldini olish uchun 1919- yilda tashkil etilgan Millatlar Ligasi (Liga Natsiy) 30-yillarda Ikkinchi jahon urushiga to‘sqinlik qila olmadi.
Uning o‘rniga nima kelishi mumkin va uning asosiy faoliyati nimadan iborat bo‘ladi? Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin qirq yil davomida dunyoda va ayniqsa Yevropada qanday qarama-qarshiliklar bo‘lib o‘tdi, ularning sabablari va mohiyatlari nimalardan iborat? Qurollanish poygasi, «sovuq urush» va «temir parda»ning yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan sabablar nimalardan iborat? Ushbu savollarga ma’ruza davomida javob topishga harakat qilamiz.
Britaniya premer miinstri Uinston Cherchillning Amerika prezidenti Franklin Ruzvelt bilan, 1941- yil avgust oyida Nyufaundlend yaqinida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuvlari davomida «Atlantika hartiyasi» ishlab chiqildi. Bu uchrashuvda ikkala davlat raxbarlari bo‘lajak dunyoni quyidagicha ko‘rinishda, ya’ni, unda «hamma xalqlarga o‘z davlatlari hududlarida tinch-totuv yashashlarini» ta’rifladilar. Aynan mana shu hujjat Birlashgan Millatlar Tashkiloti poydevoriga qo‘yilgan birinchi g‘isht bo‘ldi. Birinchi bo‘lib aynan prezident Ruzvelt xalqaro tashkilotga shunday nom berilishini taklif etdi, bu tashkilot «Atlantik hartiya» prinsiplarini hayotga tadbiq etishni nazorat qilishi kerak edi. 1942- yil yanvarida Germaniya va uning ittifoqchilari bilan urush olib borayotgan yigirma oltita davlat BMTni tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Ikkinchi jahon urushi oxirigacha yana 21 ta davlat ushbu deklaratsiyaga imzo qo‘ydi. Ikki yarim yil o‘tgach, 1944- yil avgustida antigitler koalitsiyasidagi asosiy davlatlarning vakillari Vashington yaqinidagi «Dombarton ouks» kichik bir qishloq uyidagi yig‘ilishida, Birlashgan Millatlar tashkilotining tarkibini aniqladilar. Asosiy ro‘lni bunda Xavfsizlik Kengashi uynashi kerak edi, Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi, Fransiya va Xitoy uning doimiy a’zolari bo‘ldilar, bu saf hozirgi kungacha o‘zgarmasdan kelmoqda.



Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling