Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi Reja


Download 39.66 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi39.66 Kb.
#1825517
1   2   3   4
Bog'liq
Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi

Atlantika jangi


Atlantika jangi tarixdagi eng uzoq, eng yirik va eng murakkab dengiz jangi deb nom olgan. Yurish Yevropa jangi boshlanishi bilan darhol, yanada anigʻi, “Gʻalati urush” davomida boshlangan va 5 yildan ortiq davom etgan. 1945-yil nemislar taslim boʻlganidan soʻng Atlantika jangiga ham yakun yasalgan. Bu jang Ikkinchi jahon urushidagi flot tarixining asosiy qismini qamrab olgan. Uning negizida ittifoqchilarning urush eʼlon qilinganidan bir kun oʻtib tashkil qilingan Germaniyaga qarshi flot qamali va Germaniyaning shu qamalga qarshi qoʻshini turar edi. Yurish 1940-yilning oʻrtalaridan 1943-yil oxirlarigacha juda avj oladi. Millionlab kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan bu frontdagi yuzdan ortiq konvoy janglarida minglab kemalar qatnashgan. Bundan tashqari, taxminan 1 000 ta kema yakkama-yakka toʻqnashishga toʻgʻri kelgan.
Atlantika jangida nemis flotining suvosti kemalari va boshqa harbiy kemalar, shuningdek, havo kuchlarining (Luftwaffe) samolyotlari va Qirollik floti (Buyuk Britaniya), Kanada qirollik floti, AQSh floti va ittifoqchilarning savdo kemalari bir-biriga qarshi kurashadi. Asosan Shimoliy Amerikadan Buyuk Britaniya va Sovet ittifoqiga yoʻl olgan konvoylar (qoʻriqlab, kuzatib boruvchi qurolli soqchilar otryadi) Britaniya va Kanada floti va havo kuchlari tomonidan qoʻriqlandi. 1941-yil 13-sentabrdan boshlab, bu kuchlarga AQSh kema va samolyotlari ham yordam bera boshladi. Germaniyaning ittifoqchisi Italiya 1940-yil 10-iyunda urushga qoʻshilganidan soʻng Germaniyaga koʻmaklasha boshladi.
Birlashgan Qirollik orolda joylashgani tufayli import mahsulotlariga oʻta bogʻlanib qolgan edi. Britaniya bir hafta tirik qolishi va jang qilishi uchun mln tonnadan ortiq import tovarlariga ehtiyoj sezar edi. Umuman olganda, Atlantika jangi tonnaj urush (savdo kemalarni tashishga qaratilgan harbiy strategiya) ni oʻz ichiga olgandi. Ittifoqchilar Britaniyaga mahsulot yetkazib berishda qiynaladi. Qarshi tomon esa Britaniyaga savdo kemalari oqimini toʻxtatishga harakat qiladi, chunki bu kemalar Britaniyaning jangni davom ettirishi uchun yordam berar edi. Birlashgan Qirollikda talabni kamaytirish uchun ratsionlashtirish siyosati yoʻlga qoʻyildi. Ratsionlashtirish orqali isrofgarchilikni minimallashtirish, mahalliy ishlab chiqarish va taqsimot tengligini oʻstirish kabi bir qancha maqsadlarga erishish mumkin edi. 1942-yildan boshlab, Uchlar ittifoqi Birlashgan Qirollik hududida koalitsiyaning qurol-aslaha va boshqa mahsulotlar zaxirasi toʻplanmasligiga intiladi. Chunki bu zaxira Germaniya egallagan hududlarni qaytarib olish maqsadida ishlatilishi mumkin edi.
Nemis suvosti kemalarining bartaraf etilishi Uchlar ittifoqini Gʻarbiy Yevropaga qaytarib yuborish uchun zamin yaratadi. Jang koalitsiyaning strategik gʻalabasi bilan yakunlandi. Germaniya qamali muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi va har ikkala tomon ham juda katta yoʻqotishga duchor boʻladi. Jumladan, 3 500 ta savdo kemasi, 175 ta jangovar kema va 783 ta suvosti kemasi (ularning aksariyati VII turdagi suvosti kemasi edi) Atlantika okeaniga gʻarq boʻladi. Bundan tashqari, nemislarning 47 ta jangovar kemasi, shu jumladan, 4 ta linkor — yirik toʻplar bilan qurollangan, qalin zirhli katta harbiy kema (Bismark, Sharnxorst, Gneyzenau va Tirpits), 9 ta kreyser, 7 ta rayder va 27 ta esmines ham yoʻq qilinadi. Suvosti kemalarning 519 tasi Britaniya, Kanada singari Birlashgan Qirollik qoʻshini tomonidan, 175 tasi Amerika qoʻshini tomonidan, 15 tasi esa sovet qoʻshini tomonidan yoʻq qilinadi. 73 ta suvosti kema turli sabablarga koʻra urush tugashidan oldin oʻz ekipaji tomonidan buzib tashlanadi. Bu front nemis jangovar harakatlari uchun yuqori ahamiyatga ega boʻldi. Germaniya dengiz kemalarini ishlab chiqishda quruqlikdagi istalgan transport vositasi, hatto tanklardan ham koʻproq pul sarflaydi.
aziyat doim oʻzgarib turgan. Bir safar u, boshqa safar bu tomon ustunlikka erishdi. Ikki tomonda ham yangi qurol-yarogʻ, taktika, qarshi chora va jihozlar ishlab chiqilgani sari ishtirokchi mamlakatlar taslim boʻldi, yangi davlatlar safga qoʻshildi va baʼzilari hatto tomonlarini oʻzgartirdi. 1942-yilning oxiriga kelib, koalitsiya tarafdorlari sekin-asta ustunlikka erisha boshladi. Ular nemis rayderlari ustidan gʻalaba qozondi. 1943-yilning oʻrtalariga kelib esa suvosti kemalarini magʻlubiyatga uchratdi. Ammo nemis suvosti kemalari koʻrsatgan zarar urush oxirigacha davom etdi. Britaniya Bosh vaziri — Uinston Cherchill bu jang haqida keyinchalik shunday yozib qoldirgan edi: “Urushdagi meni eng qoʻrqitgan narsa nemis suvosti kemalari tugʻdirgan xavf edi. 
Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling