Shining Purple Curves


-modda. O’zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi


Download 1.29 Mb.
bet3/8
Sana14.05.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1460544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sapayev umid prezintatsiya

7-modda. O’zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi

  • Terrorizmga qarshi kurash sohasida O’zbekiston Respublikasining chet el davlatlari bilan, ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, maxsus xizmatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

II. DAVLAT ORGANLARINING TERRORIZMGA QARSHI KURASH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

  • 8-modda. Terrorizmga qarshi kurash bo’yicha davlat organlari
  • Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
  • O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
  • (8-modda birinchi qismining to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 25-son, 287-modda)
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi;
  • O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
  • O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
  • Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo’yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

9-modda. O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari

  • O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:
  • terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo’yish yo’li bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
  • terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati to’g`risidagi axborotlarni to’playdi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;
  • terrorchilarning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qo’riqlanishini ta’minlaydi;

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling