20-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorlik - Terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazilayotgan zonada ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyati joylardagi terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazish rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
- Quyidagi axborotlar tarqatilishiga yo’l qo’yilmaydi:
- terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazishning maxsus texnikaviy usullarini hamda taktikasini ochib beradigan;
- terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazilishini qiyinlashtirib qo’yadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sog`lig`iga xavfni keltirib chiqaradigan;
- terrorchilikni targ`ib qilishga yoki oqlashga ko’maklashadigan;
IV. TERRORCHILIK HARAKATI OQIBATIDA ETKAZILGAN ZARARNI QOPLASH VA JABRLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIIYASI - 22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida etkazilgan zararni qoplash
- Terrorchilik harakati oqibatida etkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- 23-modda. Terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazish natijasida etkazilgan zararni qoplash
- Terrorchilikka qarshi operastiya o’tkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga etkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
- Shaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qo’yilishi munosabati bilan etkazilgan zarar qoplanmaydi.
TERRORIZMGA QARSHI KURASHDA ISHTIROK ETAYOTGAN SHAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI - 25-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan, huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi zarur bo’lgan shaxslar
- Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslar davlat himoyasidadir.
- Quyidagilar huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi lozim:
- terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, davlat organlarining xodimlari va mutaxassislari;
- terrorchilik faoliyatining oldini olishda, uni aniqlashda, unga chek qo’yishda, uni tergov qilishda hamda uning oqibatlarini minimallashtirishda terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirayotgan davlat organlariga doimiy yoki vaqtincha ko’maklashayotgan shaxslar;
Do'stlaringiz bilan baham: |