terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs; - terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs;
- terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko’rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi;
- terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi;
- terrorchilikka qarshi operastiya — terrorchilik harakatiga chek qo’yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o’zaro bog`liq maxsus tadbirlar majmui;
3-modda. Terrorizmga qarshi kurash to’g`risidagi qonun hujjatlari - Terrorizmga qarshi kurash to’g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
- Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to’g`risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
- Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
- shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
- terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
- jazoning muqarrarligi;
- terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg`unligi;
- jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o’tkaziladigan operastiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish - Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |