Shól ósimlikler dúńyası


Download 17.19 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi17.19 Kb.
#1512083
1   2
Bog'liq
JB sorawlari QQ òsimlikler dunyasinan keyingi

Bòkantov Mezozoyning quyi bosqichidan to yuqori uchlamchi davrga qadar Qizilqum oʻrnida dengiz boʻlgan, oʻsha davrda Boʻkantov orol tarzida koʻtarilib turgan, keyinchalik usti tekislanib ketgan. Boʻkantovning janubiy yon bagʻri tik va qisqa shimoliy yon bagʻri esa qiya hamda keng. Yon bagʻirlarida quruq soy koʻp. Boʻkantovning iqlimi quruq va keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28—30°, dekabr—yanvarning minimum temperaturasi —30°, yillik yogʻin miqdori 100–200 mm. B.da doimiy oqar suvlar yoʻq. Suv buloq va quduqlardan olinadi. Boʻzqoʻngʻir tuproq koʻp uchraydi, shuvoq, boyalich, chitir, betaga oʻsadi; toshbaqa, kaltakesak, echkemar, yumronqoziq, charx ilon yashaydi. Boʻkantov yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.
Ovminzatovning etaklarida qoʻngir-boʻz, qumli choʻl tuproqlar tarqalgan. Ularda shuvoq, boyalich, arpagʻon, saksovul, quruq soylar boʻylarida yulgʻun va boshqa oʻsadi. Hayvonlardan qoʻshoyoq, tulki, boʻri, yumronqoziq, kaltakesak, turli ilonlar va boshqa uchraydi. Togʻ etaklaridagi yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi.
Yetimtoģning qoʻngʻir boʻz tuproqlarda boyalich, keyreuk, shuvoq, izen, biyurgʻun oʻsadi. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari boqiladi.



  1. Efir maylı ósimlikler túrlerine sıpatlama beriń?

Efir moyli ekinlar — efir moylari olish uchun yetishtiriladigan ekinlar guruhi; texnika ekinlari. Ayrim organlari (guli, urugʻi, mevasi, poyasi, ildizpoyasi, bargi va boshqalar) yoki tanasida efir moylari (xushboʻy moddalar) toʻplaydi. Efir moyli ekinlarining daraxt, buta va bir va koʻp yillik oʻtlar turlari bor. Ular tropik, subtropik mintaqalarda koʻp tarqalgan, moʻtadil iqlimli hududlarda ham ekiladi. Oʻzbekistonda efir moyli oʻsimliklarning 50 oilaga kiruvchi 233 turi mavjud, lekin ayrimlari (arpabodiyon, jambil, kashnich, qora zira, yalpiz va boshqalar) maxsus ekiladi. Efir moyli ekinlarining baʼzi turlarining mevasi va bargi tarkibida 1,5% dan 6—7% va undan ortiq efir moyi (atenol, mentol, yevgenol va boshqalar), shuningdek, 11—27% texnik moy bor. Jahon dehqonchiligida Efir moyli ekinlaridan atirgul, yorongul, lavanda, yalpiz asosiy ahamiyatga ega. Oʻsimliklarning xushboʻyligi efir moylarining miqdori, tarkibi va sifatiga bogʻliq.O'simliklar dunyosida efir moylari keng tarqalgan. Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra yer sharining florasidagi o'simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bo'ladi. Efir moyining miqdori o'simliklarda 0,001-20 foiz bo'lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o'simlikning o'sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga hamda naviga qarab o'zgarib turadi. Turli o'simliklarda efir moyining ko'p miqdftrda to'planishi turli vaqtlarga to'g'ri keladi. Odatda o'simliklar gullash, ba'zilari g'unchalash davrida yoki bundan ham ertaroq efir moylarini maksimal miqdorda to'playdi. Efir moyining o'simlik tarkibida ko'p yoki kam miqdorda to'planishi havo haroratiga va namligiga, tuproq namligiga hamda yerdagi mineral moddalarning ko'p yoki ozligiga bog'liq.Odatda havo harorati ko'tarila boshlagan sari o'simlik tarkibida efir moylari ko'proq sintezlanadi va aksincha, havo namligi ko'payishi bilan bu birikmalar miqdori kamayib boradi. Tuproqdagi namlikning o'rta darajadan ko'p yoki kam bo'lishi o'simlik tarkibida efir moylarining kamayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda qurg'oqchilik ba'zi o'simliklarda efir moylarining ko'p to'planishiga sababchi bo'ladi.Odatda janubiy tumanlarning florasi shimoliy tumanlardagiga nisbatan efir moyi saqlovchi turlarga boy. 



  1. Ot-jem ósimlikler túrlerine sıpatlama beriń?

Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud.Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida yetishtiriladiKo‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va silfiya kiradi. 
Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan yerlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik, serhosil dukkakli yem-xashak o‘simliklaridan biridir. Bedadan xilma xil oziqalar tayyorlash mumkin. Undan tayyorlangan ozuqalar oson hazm bo‘ladi, qishin-yozin ishlatiladi. Pichan tayyorlash uchun g‘unchalash fazasida o‘rilgan bedaning quruq massasi tarkibida 21,9%, gullash fazasida o‘rilganida 16,8% oqsil bo‘ladi. Pichani tarkibida 1,49% kalsiy , 0,24% fosfor va 0,18% oltingugurt bo‘ladi. qiladi. Beda tarkibida oqsil, ko‘p miqdorda kalsiy, fosfor va vitaminlar, ayniqsa karotin va vitamin S ko‘p bo‘lgan yem-xashak ekinidir. Bedaning ko‘kati sersuv bo‘ladi, chorva mollarini semirtiradi va suyagini baquvvat qiladi.Qizil sebarga ko‘p yillik dukkakli o‘t bo‘lib, bu ekinlardan ko‘kat, pichan, silos va pichan uni tayyorlanadi. 1 kg pichan tarkibida 0,55 ozuqa birligi va 70 g oqsil bo‘ladi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral moddalar (asosan kaliy) bor.



  1. Jergilikli aymaqta ósetuǵın dárilik ósimlikler

Dorivor oʻsimliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar.Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (uruği), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Qoraqalpoģiston Respublikasida dorivor oʻsimliklarning 364 turi mavjud.
Kovrak urug‘ining qaynatmasi (urug‘i xuddi supurginikiga o‘xshash malla rang, shakli ham shunga o‘xshab ketadi) 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ona suti ko‘payadi. Shirasiga anjir qo‘shib yeyilsa, sariq (gepatit) kasalligini tuzatadi. Yelimiga murch, sirka qo‘shib, yomon sifatli yaralarga surilsa, foyda qiladi. Soch to‘kilishiga ham o‘ta foydalidir.
Qizilmiya ildizlaridan tayyorlangan quruq va quyuq ekstraktlar shamollash, sil hamda o‘pka, jigar, nafas yo‘llari va yurak-qon tomirlari kasallanganda, modda almashinuvini meʼyoriga keltirishda, bo‘g‘ma, onkologik, ovqatdan zaharlanish, oshqozon, meʼda hamda o‘n ikki barmoqli ichak yarasida, teri kuyishi, shuningdek, boshqa xastaliklarda tavsiya etiladi.

  1. Soralar tuqımlasınıń keń tarqalǵan túrlerine sıpatlama beriń?

Shoʻradoshlar (Chenopodiaceae) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar sinfining chinnigulnamolar qabilasiga mansub oila. Koʻproq bir yillik oʻt, baʼzan buta, chala buta yoki daraxtlardan iborat. Poyasi sersuv. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari koʻrimsiz, toʻgʻri, ikki yoki bir jinsli, mayda toʻpgullarga yigʻilgan. Baʼzi shahrida mevani oʻrab turgan gulqoʻrgʻon oʻzaro tutashib toʻpmevalar hosil qiladi.105 turkumga mansub 1600 turi uchraydi. Oʻzbekistonda 45 turkumga oid 180 ga yaqin turi oʻsadi. Shulardan saksovul, shoʻra, shoʻrak va boshqalar turlari chorvachilikda katta ahamiyatga ega.
Seksewil boʻyi 1,5–12 m, tanasining diametri 1 m gacha boradi. Guli mayda, ikki jinsli, qaramaqarshi, tangachasimon, guloldi qoʻltigʻida bittadan oʻrnashgan. Barglari uchli, rivojlanmagan.Saksovulning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta. Undan, asosan, oʻtin (yoqilgʻi), qoʻylar va tuyalar uchun toʻyimli ozuqa, qumlarni mustahkamlovchi, shamolni toʻsuvchi vosita sifatida foydalaniladi. Saksovul oʻrmonlari tuproqni eroziyadan saqlashda muhim oʻrinda turadi. Saksovul 50—60 yil yashaydi. Asosan, urugʻidan koʻpayadi.
Sora boʻyi 10—100 sm, barglari bandli, uchburchak yoki tuxumsimon. May — sentyabrda gullab urugʻlaydi. Urugʻidan koʻpayadi.
Bunnan tisqari làblebi, shpinat, teresken, iyzen, keyrewik, baliqkòz, shòrak, danashor siyaqli òsimlik tùrleride usi tuqimlasqa tiyisli. 8 tùri "Qizil kitap"qa kiritilgen.



  1. Alkoloidlı ósimlikler

Alkaloidlar farmakogoliya soxasida ta'sir kuchi yuqori bo’lgan tabiiy moddalar qatoriga kiradi. Ular markaziy nеrv sistеmasini qo’zg’atish, tinchlantiruvchi, balg’am ko’chiruvchi, qon to’xtatuvchi va boshqa xususiyatlarda ishlatiladi. O’simlik to’qimalarida tayyor holda bo’ladigan, azot saqlovchi, asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta'sirga ega bo’lgan zaharli murakkab organik birikmalar alkaloidlar dеb ataladi.Alkaloid arabcha - alqali - ishqor va yunoncha еydos - o’xshash (simon) so’zlaridan iborat bo’lib, ishqorsimon ma'noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatli ekanligini ko’rsatadi. O’simliklar tarkibida juda oz miqdordan tortib, 10 - 15 ba'zan 25% gacha alkaloidlar bo’lishi mumkin.Alkaloidlar o’simliklar tarkibida 3 xil ko’rinishda bo’ladi.
1. Sof - asos holida.
2. Kislotalar bilan birikkan - tuzlar holida.
3. Azot atomi bo’yicha oksidlangan - N-oksid formasida.
O’simlikning nomi: Dorivor bеlladonna - Atropa belladonna L. Oilasi. Ituzumdoshlar
Uch xil mahsulot tayyorlanadi: alohida o’simlik barglari, еr ustki qismi va ildizlari.
Bеlladonna bargida 0,7%, ildizida esa 1,3% alkaloidlar.
O’simlikning nomi. Mingdеvona. Oilasi. Ituzumdoshlar
Tayyor mahsulot barg va o’simlikning yеr ustki qismidan tashkil topgan.
Bunnan basqa: Bangidеvona bargi, Mеksika bangidеvonasi mеvasi va urug’i, Qalampir mеvasi, Efеdra (qizilcha) yer ustki qismi, Yassibargli sеnеtsio ildizpoyasi bilan ildizi va yеr ustki qismi, Anabazis yеr ustki qismi, Glautsium yеr ustki qismi(Kòknar tuqimlasi),
Zirk bargi va ildizi, Ungеrniya bargi(Chuchmomadosh tuqimlasi), Achchiqmiya yеr ustki qismi(Sobiqli tuqimlasi), Tеrmopsis yеr ustki qismi va urug’i, Isiriq yеr ustki qismi(Tuyatovondoshlar tuqimlasi.O’simlik ildizda 1,7 - 3,3 gacha, poyasida 0,23 - 3,57% gacha, bargida 1,07 - 4,96% gacha, gulida 2,82% va urug’ida 2,38 - 6,60% gacha
alkaloidlar bor).



  1. Dala qırıq buwını haqqında sıpatlama beriń?

Dala qirqbo‘g‘imi ildizpoyali ko‘p yillik o‘t bo‘lib, daryo, kanal va ariqlar bo‘yidagi sernam yerlarda, zovurlar yoqasida, buloqlar atrofida, marzalarda o‘sadi. Uning poyasi, shoxlari serqirra va bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo‘g‘im deb nom berilgan. Bo‘g‘im oraliqlarining ichi kovak. Uning shoxlari faqat poya bo‘g‘imlaridan chiqadi va bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo‘lib, poya va shoxlardagi bo‘g‘imlarda halqa hosil qilib o‘rnashgan. Dala qirqbo‘g‘im poyasi va shoxlarining uchida spora beruvchi boshoq hosil bo‘ladi. Ularda (shakli o‘zgargan barg) halqa hosil qilib o‘rnashadi. Sporafillarning ostki tomonida 6-8 ta sporangiy joylashgan, Sporafillar spora beruvchi organ, ya’ni ko‘payish organi vazifasini bajaradi. Erta bahorda dala qirqbo‘g‘imining ildizpoyasidagi kurtaklardan poya o‘sib chiqadi. Bu poya qo‘ng‘ir rangli, shoxlanmagan bo‘lib, uchida spora beruvchi bitta boshoq yetishadi. Spora beruvchi boshoqlarda yetishgan sporalar tashqariga chiqqach suv yoki shamol yordamida tarqaladi. O‘sish uchun qulay sharoitga tushgan sporalarning ayrimlaridan erkak o‘simta, ayrimlaridan esa urg‘ochi o‘simta unib chiqadi. Erkak o‘simta kichkina, chetlari bo‘lingan. Undagi anteridiyda ko‘p xivchinli spermatozoidlar yetishadi. Urg‘ochi o‘simta esa erkak o‘simtadan biroz kattaroq bo‘lib, undagi arxegoniy ichida tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Spermatozoidning tuxum hujayrasiga kelib qo‘shilishi (urug‘lanish) qirqbo‘g‘imlarda faqat suvda amalga oshadi. Urug‘langan tuxum hujayradan hosil bo‘lgan murtak o‘sib yangi o‘simlik – sporafitni hosil qiladi.Yozning boshlarida dala qirqbo‘g‘imining ildizpoyasidan yozgi poya o‘sib chiqadi. Bu poya nozik, yashil va shoxlangan bo‘ladi. U organik moddalar tayyorlash va uni ildizpoyada to‘plash uchun xizmat qiladi.Qirqbo‘g‘imlar sporalari orqali ko‘payishdan tashqari ildizpoyalari orqali vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payadi. Ó‘zbekistonda qirqbo‘g‘imning sershox qirqbo‘g‘im deb nomlanadigan ikkinchi turi ham o‘sadi. Bu tur dala qirqbo‘g‘imidan bahorgi poyasining yo‘qligi, spora beruvchi boshoqlari shoxli poyalar uchida hosil bo‘lishi bilan farq qiladi. Qirqbo‘g‘imlar qimmatli dorivor o‘simliklardir. Ularning poya va shoxlaridan tayyorlangan qaynatma va damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

  1. Qaraqalpaqstanda ósimlikler dunyasın uyreniwde miynet etken alimlar.

  2. Ózbekistan florasin uyreniwde miynet etken alimlar

  3. Ósimliklerdi qorǵaw-tábiyatti qorǵawdıń ajiralmas bólegi.

  4. Tábiyiy toǵaylarǵa adamlardıń tásiri.

  5. Toǵaylardı qayta tiklew jumislarin alıp bariwdıń áhmiyeti

Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling