Shohida yuldashevaning
Download 130,63 Kb.
|
дарс ишланма шоҳида. 19
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘ng mavzu umumlashtiriladi. O‘qituvchi: - Shunday qilib o‘tgan mavzu yakunlandi. YANGI MAVZU BAYONI
- Anormisan
- Bolakaylar
- Ajratilgan so‘zlar
- O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
- O‘ZBEK TILIDA
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.
O‘TILGAN MAVZUNI SO‘RASH
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘tilgan mavzu savol-topshiriqlar orqali takrorlanadi. O‘qituvchi: -Qani, ayting o‘quvchim? O‘tilgan darsda biz qanday mavzu o‘tgan edik? 1- o‘quvchi: -Ustoz, O‘tgan darsda biz Matn va lug‘at ustida ishlash O‘qituvchi: - Qanday bilimlarimizni mustahkamlagan edik? 2- o‘quvchi: Bo‘g‘in va uning turlari O‘qituvchi: - Juda yaxshi. Qani, kim aytadi bo‘g‘in nima? O‘qituvchi: -Demak o‘tgan mavzuni quyidagi metodlar orqali mustahkamlaymiz. “Kim ziyrak” metodida har bir guruhdan bir nafardan o‘quvchi ushbu jadvalni to‘ldiradi. Avval bajargan guruh g‘olib deb topiladi.
2-metodimiz “Marraga yetguncha”. Bu o‘yinda har bir guruh bir xil bo‘g‘in bilan tugaydigan so‘zlar zanjiri hosil qiladi va qog‘ozga yozadi. Masalan : sado-nido-fido-judo va hokazo. 5 daqiqada qaysi guruh ko‘proq qofiyadosh so‘z topsa g‘olib bo‘ladi. Namuna: osmon, bola, savol
3-metodimiz ”Kim epchil” o‘yini o‘ynaladi. Bunda guruhga namunadagi jadval asosida chizilgan varoq tarqatiladi. Qaysi guruh ushbu jadvalni avval to‘ldirsa g‘olib bo‘ladi.
So‘ng mavzu umumlashtiriladi. O‘qituvchi: - Shunday qilib o‘tgan mavzu yakunlandi. YANGI MAVZU BAYONI: Topshiriq. Qo‘yilgan muammo: She’rni ifodali o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi bo‘g‘ini biroz cho‘ziqroq aytilayotganiga e’tibor bering. CHUMCHUQLARGA UYADIR Ashraf aka anor so‘ydi, Anormisan-anor deysiz. Har donasi gavhar misol, Yalt-yult etar fanor deysiz. “A” harfini olgan edik, Yo‘q narsadan bor bo‘ldi. Barchamizga tanish hayvon, Qo‘sh o‘rkachli nor bo‘ldi. Bolakaylar, bilib qo‘ying, Nor degani tuyadir. “T” harfini qisqartirsak, Chumchuqlarga uyadir. Tursunboy Adashboyev Tursunboy Adashboyev 1939-yilda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga qarashli Olabuqa tumanida tug‘ilgan. Tursunboy Adashboyevning «Kamolning olmasi» deb nomlangan birinchi kitobi 1967-yilda, talabalik chog‘idayoq nashr etilgan.
Qo‘shimcha nazariy ma’lumot: So‘z urg‘usi ma’no farqlash vazifasini ham bajaradi. Masalan, Ho-zir (endigina) – ho-zir (tayyor,taxt) Gul-lar(ko‘p gul) – gul-la-r (gullamoq) O‘zbek tilida urg‘u qabul qilmaydigan grammatik vositalar ham mavjud. 1. –ma (fe’lning bo‘lishsizlik qo‘shimchasi) 2. –dek, -day (o‘xshatish qo‘shimchalari) 3. –cha (ravish yasovchi qo‘shimcha) 4. –ta, -tadan (sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar) 5. –man, -san, -dir,- miz, -siz (kesimlik shakllari) 6. – dir ( gumon olmoshi, gumon yuklamasi) qo‘shimchasi 102-mashq. Qo‘yilgan muammo: O‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushishini hisobga olib, qatorni davom ettiring. Bola, kitob, savdo, davo ………… YOZING. “Pinbord” metodidan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi stoli ustiga qo‘shimchalar yozilgan qog‘ozchalar teskari holatda qo‘yilgan bo‘ladi. Doskaga so‘zlarning faqat asos qismigina yoziladi Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib, shu qog‘ozchalardan birini tanlaydi. Tanlagan qo‘shimchani mos ravishda asosdan keyin tartib bilan yopishtirib (yoki yozadi) va hosil bo‘lgan so‘zni o‘qib ma’nosini izohlab beradi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim orttirish harakatlarini rag‘batlantiradi Yechim: bola+jon+lar+im+ga kitob+xon+ni savdo+gar+ga davo+si+da
103-mashq. Qo‘yilgan muammo: Boshqa tillardan o‘zlash gan so‘zlarda urg‘u, ko‘pincha, so‘z oxiriga tushmaydi. O‘qi tuvchingiz bilan birga to‘g‘ri talaffuz qilish (GAPIRISH)ni mashq qiling. Masalan: traktor, zika, matematika, direktor, fonetika, gra ka, printer, skaner, kompyuter, kasting. Qo‘shimcha nazariy ma’lumot: Urg‘uli bo‘g‘indagi unli aniq talaffuz qilinadi. Yechim: tra-ktor, - zi-ka, ma-te-ma-ti-ka, di-rek-tor, fo-ne-ti-ka, gra- -ka, prin-ter, ska-ner, kom-pyu-ter, kas-ting. 104-mashq. Mashqda berilgan so‘zlarni avval o‘qituvchining o‘zi talaffuz qilib beradi, so‘ng o‘quvchilar urg‘uga e’tibor qaratgan holda takrorlaydilar. Suzmá (ot, quyuq qatiq) – súzma (fe’l, suvda yoki ovqatni suzish) Tortmá (ot) – tórtma (fe’l) Akadémik (ot) – akademík (sifat) Fízik (ot) – fizík (sifat) O‘tilgan mavzuni mustahkamlash Yangi mavzuni mustahkamlashda ”Beshinchisi ortiqcha”, ”Bliss so‘rov” metodlaridan foydalanamiz. ”Beshinchisi ortiqcha” metodida quyidagi berilgan so‘zlarning ortiqchasini o‘quvchilar aniqlaydilar masalan: Kitob 4)Direktor Maktab 5)Bola Qalam Fizika 4)Kompyuter Arxitektor 5)Bola Jurnal Shunday tarqatmalardan har bir guruhga uchtadan tarqatiladi. Guruh ishtirokchilari tezda og‘zaki javob qaytarishlari kerak. ”Bliss so‘rov” metodi bo‘lib , bunda tarqatmalarga so‘zlar yozilgan bo‘ladi , urg‘u tushadigan bo‘g‘inni aniqlashadi.
Namuna asosida tarqatmalarni tarqatiladi guruh a’zolari belgilab berishadi shundan so‘ng har bir guruhning to‘plagan ballari aniqlab g‘olib guruh e’lon qilinadi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar aqdirlanadi. 105-mashq. Uyga vazifa. “Qiyoslang”. Jadvaldagi so‘zlarning urg‘usini qo‘yib o‘qing. Namuna asosida beshta so‘zni uch tilda yozib, urg‘usiga diqqat qiling.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. 5-sinf ona tili darsligi 2. Mavzu asosida tayyorlangan slaydlar 3. Internet manbalari: www.uzedu.uz www.ziyonet.uz www. Rtm.uz Ziyoli_tilchilar telegramm sayti Ziyolilar telegramm kanali Download 130,63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling