Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay?


Download 31.83 Kb.
Sana09.05.2020
Hajmi31.83 Kb.
#104540
Bog'liq
RUBOYIY




Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay?..

Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay, Ohim sanga ma'lum emastur, ne qilay? Men yuz, qoshing dermen-u sen — badr-u hilol, Mohim, sanga ma'lum emastur ne qilay? 



G'urbat tug'i yopqon ruxi zardinmimu dey?..

G'urbat tug'i yopqon ruxi zardimnimu dey? Yo hajr chiqarg'on ohi sardimnimu dey? Holing ne durur? Bilurmusen, dardimni?! Holingni so‘raymu, yo‘qsa dardimnimu dey!



“Mushkil” radifli ruboiy

Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil, Farxunda hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dog'i bartaraf etmak mushkil, Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.

 Boburni burun mahrami asror etting…

Boburni burun mahrami asror etting, Vaslingga berib yo‘l, o‘zungga yor etting. Oxir bording, dog'i oni zor etting, Hijron alami birla giriftor etting.



Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur…

Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.



Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen…

Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen.



Hajri aro orom-u qarorim yo‘qtur…

Hajri aro orom-u qarorim yo‘qtur, Vasliga yetarga ixtiyorim yo‘qtur. Kimga ochayin rozki, yo‘q mahrami roz, G'am kimga deyinki, g'amgusorim yo‘qtur.



Jismimda isitma…

Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur, Ko‘zdin qochadur uyqu, chu aqsham bo‘ladur. Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek, Borg'on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur.



“Men ne qilay?” radifli ruboiy

Ishqingda ko‘ngul xarobdur, men ne qilay? Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay? Jismim aro pech-u tobdur, men ne qilay? Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay?



Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko‘z ermish…

Husn ahlig'a zor-u mubtalo ko‘z ermish, Jonim bila ko‘nglumga balo ko‘z ermish. Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra, Ko‘zumni qorortqon qaro ko‘z ermish.



Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur…

Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur. G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka, Oxir yana yer kibi oni past qilur.

 Eykim, yoraliq jismima marham sensen…

Eykim, yoraliq jismima marham sensen, Majruh ko‘ngulg'a nishtarim ham sensen. Gah shod-u, gahi g'amgin esam, ayb etma, Kim boisi shodmonlig'-u g'am — sensen.



Jonimda mening hayoti jonim sensen…

Jonimda mening hayoti jonim sensen, Jismimda mening ruhi ravonim sensen. Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori (azizi), Alqissaki, umri jovidonim sensen.



Hijron qafasida jon qushi ram qiladur…

Hijron qafasida jon qushi ram qiladur, G'urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav bitay firoq-u g'urbat sharhin, Kim ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.



Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi…

Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi.



Davron meni o‘tkardi sar-u somondin…

Davron meni o‘tkardi sar-u somondin, Oyirdi meni bir yo‘la xon-u mondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta'na, Nelarki boshimg'a kelmadi davrondin.

 

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen…

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat qildi Bobur, dersiz, Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.

 

Ey gul, ne uchun qoshingda…

Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o‘ldum? Yuz mehnat-u anduh bila yor o‘ldum! Vasling bila bisyor sevindum avval, Hajring bila oqibat giriftor o‘ldum.



Azm ayla sabo…

Azm ayla sabo, yet guli xandonimg'a, Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg'a. Yetgil dog'i ishtiyoq ila Boburdin, Zinhor degil salom tuqqonimg'a.



Har kimki, vafo qilsa…

Har kimki, vafo qilsa — vafo topqusidur! Har kimki, jafo qilsa — jafo topqusidur! Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz, Har kimki, yomon bo‘lsa — jazo topqusidur!



Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz...

Ushbu ruboiyda shoir odamlarning bir-biriga g’animatligini, yaqinlarning borligining o’zi davlat ekanligini, bu o’tkinchi dunyoda ko’rayotgan kunga shukronalik lozimligini juda ta’sirli yo’sinda aks ettiradi.

 

"Zahiriddin Muhammad Bobur" radifli ruboiy

Ushbu asar Boburning ruboiychilik mahoratini yorqin ifoda etuvchi ruboiylardan biridir. Keyingi satr oldingisining oqibati, avvalgi misra ortdagilar uchun sabab bo’lib kelgan bu ruboiyda so’zlar o’ta oz bo’lishiga qaramay, hislar talashi, tuyg’ular jilvasi namoyon bo’ladi.



O'qing 

Raftori-yu qaddig’a ravonim sadqa...

Mazkur ruboiyda muhabbat tuyg’ulari aks etgan bo'lib, misrada so’zlar shu qadar tanlab, hamma ma’no ohanglari ko’zda tutib ishlatilganki, bu yuksak san’atkorlikdan nishonadir.



Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi...

Bu ruboiyda shoirning tanti shaxsiyati bo’rtib ko’rinib turibdi. U hayot haqida falsafiy o’y surmaydi, balki ko’ngil istaklarini samimiy izhor etadi. Ko’nglining mayllari shu qadar yuksakki, u boshqa ko’ngillarga ham o’tib qoladi. Chindan ham inson umri yillarning uzunligi bilan emas, balki erishilgan maqsadlar bilan o’lchanadi. Maqsadi bo’lsa-yu unga erisholmasa, inson hayotining mazmuni xiralashadi.
Download 31.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling