Шокирхожаев Бекзоджон
Xulosa…………………………………………………………………………
Download 194 Kb.
|
Farxodov A’zamjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Harbiy bo‘linmani jangavor qobiliyatini ko‘tarishda psixologiya va pedagogikani roli. 2. Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi prinsipi.
Xulosa…………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….. Mavzu: “Harbiy bo‘linmani jangavor qobiliyatini ko‘tarishda psixologiya va pedagogikani roli” Reja: Kirish. Asosiy qism 1. Harbiy bo‘linmani jangavor qobiliyatini ko‘tarishda psixologiya va pedagogikani roli. 2. Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi prinsipi. 3. Ta’limda tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik prinsipi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH O’zbekiston siyosiy mustaqillikka erishishi bilan xalqimiz hayotida yangi davr boshlandi. Butun jamiyatimizda bulgani singari Qurolli Kuchlarimiz faoliyatida xam katta o’zgarishlar yuz berayapti. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining kafoloti va asosiy ramzlaridan biri bo’lib, u 1991 yildan keyin amalda yangidan barpo etildi. Davlatimiz mudofaasini yetarli darajada himoya qilishga qodir bo’lgan armiyani yetuk ofitser qo’mondonlarsiz tasavvur qilish qiyin. Kursantlarni xar tomonlama yetuk shaxslar qilib tarbiyalashda harbiy psixologiya fanining ham o’ziga xos o’rni bor. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo’mondoni I. Karimov ta’limning ahamiyati xaqida tuxtalib, «...armiyamizda sog’lom ma’naviy muxitni yaratishda ta’lim-tarbiya ishlariga alohida e’tibor berish, harbiy tayyorgarlik jarayonini ilg’or texnik va texnologik vositalar, yangicha usul-uslublar asosida tashkil etish, harbiy xizmatning intellektual mezonlari va yunalishlarini takomillashtirish yulida boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz shart»,— degan edi1. Shu ma’noda Harbiy psixologiyaga oid bilimlar va qonuniyatlarni o’zlashtirish ofitserlar faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlardan biridir. Fan sifatida psixologiyaning, jumladan harbiy psixologiyaning vazifasi inson ruhiy hayotining asosiy qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Har bir ofitser bu qonuniyatlarni bilishi zarur. Harbiy psixologiyani o’rganish harbiy xizmatchining o’zidan boshqa kishilarni tushunishiga, ularning ruxiy xolatlarini xisobga olgan holda ish kurishiga, odamlarning ijobii, salbiy xususiyatlarini, ularning o’zlariga xos bo’lgan individual jihatlarining qay yusinda va nima sababdan yuzaga kelishini ko’ra olishiga, tevarak-atrofini qurshab olgan boshqa odamlar bilan aloqa o’rnatishiga yordam beradi. Bu fanni jiddiy o’rganishga kirishgan har bir kishi uzining ham kuchli, ham zaif tomonlarini ko’ra oladi, o’z ustida ishlash imkoniyatlariga ega bo’ladi, o’zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilashga, nuqsonlarini esa yuqota olishga o’rganadi. Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling