Sholini ko'chat usulida ekish


Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish


Download 24.27 Kb.
bet8/8
Sana15.06.2023
Hajmi24.27 Kb.
#1483762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sholini ko\'chat usulida ekish va parvarishlash

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Sholining tez uchraydigan prikulyarioz kasalligiga qarshi Foliar BT fungitsidining 22,5 foizli emulsiyalanuvchi konsentrati 10 sotixga 500 grammm me›yorida ishlatiladi. 10 litrli chelakka 34 gramm fungitsid solinadi va yaxshilab aralashtirilib, o‘simliklarga sepiladi. 10 sotixga 15 chelak aralashma ishlatiladi.
Sholining shira zararkunandasiga qarshi Karate 5 foizli emulsi-yalanuvchi konsentrati xuddi shu miqdorlarda va tartibda tayyorla-nadi va sepiladi.
Hosilni yig‘ishtirish. Sholining sut pishish davri boshlanishi bilan pollarga kiradigan suv kamaytiriladi. Mum pishish davri boshlanganda esa batamom to‘xtatiladi. Yer yetilishi bilan sholi poyalari o‘rib olinadi. O‘rib olingan sholi 3–4 kun ichida kom-bayn yordamida yanchiladi va doni olinadi. Sholini yanchish muddati bundan cho‘zilib ketsa, don ruvaklardan to‘kilib nobud bo‘ladi. Sholi poyalari­ maydalanib, ivitilib, kepakka aralashtirilib mollarga beriladi.
Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 18 kg sholi urug‘i uchun 5000 so‘mdan 90 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 500 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 4000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 700 kg hosil olinadi) 2 mln. 800 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan (sholi poxolidan tashqari) 2 mln. 300 ming so‘m sof foyda olish mumkin.
Download 24.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling