Sholini ko'chat usulida ekish


Sholini takroriy ekin sifatida ekish


Download 24.27 Kb.
bet7/8
Sana15.06.2023
Hajmi24.27 Kb.
#1483762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sholini ko\'chat usulida ekish va parvarishlash

Sholini takroriy ekin sifatida ekish
Asosiy maydondan donli ekin o‘rib - yig‘ib olingandan so‘ng, zudlik bilan yer 18 - 20 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Yerni haydaganda o‘simlik qoldiqlarini to‘la ko‘mishga erishish kerak. Ko‘chat ekishda yer tekisligi asosiy ko‘rsatgich bo‘lib 3 sm tashkil qiladi. Tayyor bo‘lgan sholipoyaga 5 - 7 sm suv qalinligida ko‘chat-lar qo‘lda yoki ko‘chat o‘tkazish agregatlari yordamida 3 - 4 sm chuqurlikka o‘tkaziladi. Ko‘chatlar ko‘chatxonadan olinayotganda ildiz va barglarining 1/3 qismi kesib tashlanib, 150 - 200 ta o‘sim-likdan iborat bog‘ tayyorlanadi.
Tayyor bo‘lgan bog‘ - bog‘ ko‘chatlar sholipoyada suvda turishi lozim. Ular asosiy maydonga keltirib o‘tkazgunga qadar ham suvda turishi kerak.
Ko‘chatlar asosiy maydondagi bir uyaga 1 - 2 ko‘chat ekiladi. Uya oralig‘i 10 - 15 sm qilib ekish tavsiya qilinadi. Bunda gek tariga 65 - 100 ming ko‘chat sarflanadi. Sholipoyadagi suv rejimi umumiy agrotexnik talablar asosida olib boriladi.
Asosiy maydonga sholi ko‘chati o‘tqazilgandan so‘ng birinchi o‘g‘it 3 - 5 kundan keyin RK 40 kg/ga hisobida beriladi. 30 kundan keyin, ya’ni sholi 7 - 9 bargli bo‘lgan davrida ikkinchi o‘g‘it beri­ ladi, bunda 40 kg/ga hisobida beriladi. Suv rejimi sholi pishgunga qadar umumiy agrotexnik talablar asosida amalga oshiriladi.
Barcha keyingi bosqichda bajariladigan agrotexnik tadbirlar sholini asosiy ekin sifatida ekishdagi singari bo‘lib, faqat ekish tasvirida o‘zgarishlar mavjud, ya’ni qo‘lda ekilganda o‘rtapishar navlar uchun 15 x 15 sm, ertapishar navlar uchun 15 x 10 sm, mashinalar bilan ekilganda mos ravishda 30 x 12, 30 x 10 sm qilib ekiladi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: Iskandar, Guljahon, Nukus–2, Nukus-70.
Ko‘chat tanlash. Kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida ekiladigan sholi ko‘chatlari 30-40 kunlik, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan va sog‘lom bo‘lishi lozim.
Yer tayyorlash. Dastlab maydon g‘alla qoldiqlari va begona o‘tlardan tozalanadi. 1 sotixga 180-200 kg (10 sotixga 1,8-2 t) chirigan, toza go‘ng solinadi. Yer 15-20 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislangach pol olinadi va suv bostiriladi.
Ekish sxemasi. Ko‘chat ekishdan oldin chellar 4-6 sm qalinlikda suv bilan bostiriladi. Qatorlar orasi 15 sm, uyalar orasi 10 sm, har bir uyadagi ko‘chat soni 2–4 ta bo‘ladi.
Parvarishlash. Ko‘chat o‘tqazilgandan keyin poldagi suv sathi 10-15 kun davomida 5-8, keyinchalik 10-12 sm bo‘lishi kerak.
Sholi azotli (karbamid, sulfat ammoniy), fosforli (ammofos) va kaliyli o‘g‘itlar bilan uch marta oziqlantiriladi. Ko‘chat o‘tkazilgan-dan bir hafta o‘tgach, 1 sotixga 0,4 kg (10 sotixga 4 kg) me’yorda birinchi­ oziqlantirish, ko‘chat 8–9 ta barg chiqarganda 1 sotixga 0,3 kg (10 sotixga 3 kg) me’yorda ikkinchi oziqlantirish va boshoqlash davrida 1 sotixga 0,3 kg me’yorda uchinchi oziqlantirish o‘tkaziladi. Sholi maydoni begona o‘tlardan doimiy ravishda tozalab turiladi.

Download 24.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling