Sholini ko'chat usulida ekish
Sholini ko‘chat usulida yetishtirish
Download 24.27 Kb.
|
Sholini ko\'chat usulida ekish va parvarishlash
Sholini ko‘chat usulida yetishtirish.
Osiyo davlatlarining asosiy qismida sholi yetishtirishda ko‘chat usuli muhim o‘rini egalaydi. Dunyo miqyosida ekiladigan sholi maydoning 85 - 90 % da shu usul qo‘llanildi. Sholi ko‘chat usuli da yetishtirilganda to‘g‘ridan - to‘g‘ri ekishga nisbatan ko‘pgina afzalliklarga ega: Sholi urug‘i ko‘chatxonalarda ekilishi munosobati bilan kech kuzga qolmasdan yig‘ishtirib olish imkonini yaratadi. Ko‘chat usuli har bir yerdan unumli foydalanib, ikki marta (bug‘doy - sholi) g‘alla hosili olish imkoniyatini yaratadi. Sholi urug‘ining 60 - 70 % iqtisod qilinadi. Sholining o‘suv davrining 30 - 35 kuni ko‘chatxonada o‘tishi munosabati bilan suv sarfi 20 - 25 % ga qisqaradi. Sholi hosildorligi esa to‘g‘ridan - to‘g‘ri ekkanga nisbatan 15 - 30 % yuqori bo‘ladi. Sholini ko‘chat usulida yetishtirishning asosiy kamchiligi qo‘l mehnatini ko‘p talab qilishidir. Ko‘chatlar maxsus dalalarda yetishtiriladi. Dala esa kuzda 25 sm chuqurlikda shudgor qilingan, yaxshilab tekislangan va gektari ga 30 - 40 t chiritilgan go‘ng solingan, yetarli darajada ammofos bilan o‘g‘itlangan soz tuproqli unumdor yer bo‘lishi, suv sathini bir me’yorda o‘shlab turishga mos hamda kerak paytda oqizib yubo rish uchun boshqa maydonlarga nisbatan balandroq joydan tanlani shi lozim. Yer urug‘ sepishga tayyor xolga keltirilgach gektariga 40 - 50 kg sof azot, 40 - 50 kg fosfor va 50 kg kaliy berilib aralashtiriladi. Sholini asosiy ekin sifatida ekish uchun aprel oyining birinchi o‘n kunligida, takroriy ekin sifatida esa may oyining ikkinchi yarmida ko‘chat tayyorlashga kirishiladi. Bunda 1 gektar maydonga 20 - 22 mln. dona urug‘ yoki 650 - 700 kg urug‘ 1 - 2 kun suvda ivitilib sepiladi. Bu maydondagi ko‘chatlar 10 gektar asosiy may-donga ko‘chirilib o‘tkazish uchun yetarlidir. Ko‘chat yoshi, ya’ni ko‘chirib asosiy dalaga o‘tkaziladigan sholi maysalarining ko‘chatzorda turish davri ertapishar navlarda 25 - 30 kun, o‘rtapishar navlarida 30 kungacha, kechpishar navlarda esa 35 kungacha bo‘lishi maksadga muvofiqdir. Ko‘chatlarni ko‘chirib olinishidan 4 - 5 kun oldin gektariga 50 kg sof holda azot bilan oziqlantirilsa, ular baquvvat bo‘lib yangi yerga tezroq o‘rganib ketadi. Download 24.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling