Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara
Download 28.78 Kb. Pdf ko'rish
|
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1
2-qoida. Nimani gapirishni bilish
Bir qarashda bu savol juda sodda tuyuladi. Lekin, o‘ylab qarasak, matn yaratish jarayonida soatlab kompyuter ro‘parasida hech narsani yoza olmay o’tirgan paytlarimiz bo‘ladi. Ko'pincha bimday holatda “ilhom kelmayapti” deb bahona qilamiz. Aslini olganda bunga materialning yetishmasligi, bilim yoki fikrlaming kamligi, nimani gapirishimizni aniq tasawur qila olmasligimiz sabab bo‘ladi. Balki siz o‘z miyangizda g‘oyalarni yaxshi pishitmagandirsiz? Siz nima haqida o'ylayotganingiz to‘g‘risida aniq tasawurga ega emassiz? Qo‘yayotgan savollaringiz qay darajada o‘rinli ekanligini o‘zingiz ham bilmaysiz. Balki, masala ustida yetarlicha tadqiqot olib bormagandirsiz? Materialni aniq tasawur qila olmasangiz uni qog'ozgatushurish ham murakkab jarayonga aylanadi. 71 Ba’zida fikrlarimizni yozishdan ko‘ra og‘zaki ifodalashimiz osonroq kechadi. Og'zaki nutq jarayonida tinglovchi ma’lumotni anglab olishga ulgurmasdan yo‘l qc/yilgan xatolami darrov tuzatish mumkin. Do‘stlarimiz bizni hurmat qilib gaplarimizni oxirigaeha tinglashi mumkin. Lekin o‘quvchi yozma nutqimizni о‘qish jarayonida imga qiziqarli bo‘lmasa shu zahoti oqislmi to‘xtadi. .1-qoida. Fikrlarni jamlab olish Rejasiz yozish reja bilan yozishdan ko‘ra ancha mushkul. Lekin bunday yozish ham mumkin. Rejasiz yozishni boshlaganda ko‘p bora qayta ко'rib chiqish va matnni to‘g‘irlashga tayyor bo‘lishingiz kerak. Reklama matnimi yoki jumal maqolasi bo'ladimi, uni yaratishdan oldin tuzulishi (strukturasi)ni aniqlab olish kam mashaqqatli, puxta o'yhmgan va samarali usul hisoblanadi. Mediamuloqotning ba’zi turlari o ‘z ichki shakliga ega bo‘lib o‘ziga xos shablon (qolip) vazifasini bajara oladi. Bunga gazeta press-reliz yoki reklama shakllari misol bo‘la oladi. Hamma materialui yozib olgandan so‘ng yozuvchi uni miyasida tahlil qilishni boshlaydi. Tahlil jarayonida qisqa fragmentlami eslab qolish mumkin. Ammo uzun jumlalami yodda tutish mushkul bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi yozuvchilar kalit so‘zlami qog‘ozga tushirib olib, so‘ngra matnni yozish jarayonida ular orqali fikrlarini qayta jamlab olishadi. Ba’zilar esa kalit so‘zlar bilan kifoyalanmay fikrlarni to‘liq shaklda yozib olishga harakat qiladilar. Ba’zilar matnni kompyuterga kirgizib turli xil yoMlar bilan tahrir qilishga kirishadilar. Har bir fikmi alohida-alohida fayllarga yozib, ulami ketma-ketligini o‘zgartirish jarayonida matn yaratadigan yozuvchilar ham bor. 4-qoida. Auditoriyani o ‘rganish Maqola yozish intemetdan xabar jo ‘natish yoki do‘stlaringizga multimedia orqali xat yozishdan farq qiladi. Maqola auditoriyasi degenda nimani tushunamiz? Qanday qilib kim o‘qishi yoki tinglashini bilmasdan turib matn yaratish mumkin? Auditoriyani o‘rganmasdan tayyorlagan materialingiz tinglovchi, o‘quvchi yoki tomoshabinga kerak yoki kerak emasligini bilmaysiz. Bu insonlarga qanday 72 yondashish, qanday leksikadan foydalanish, qanday ohangda gapirish, asosiy fikrni qanday yetkazish kerakligini aniqlash qiyin. Yumordan foydalanish o‘rinlimi? Asosiy fikr tushunarli bo‘la oladimi? Buni auditoriyani o'rganmasdan turib aniqlash qiyin. Aynan shuning uchun yirik kompaniyalar bozorga chiqishdan oldin iste’molchini yaxshilab o'rganadi. Shuningdek, yozuvchi ham matn yaratishdan oldin auditoriyani yaxshilab o‘rgangan bo‘lishi kerak. Audtoriyani yaxshi oigaivish yaxshi matn yaratishning kaliti hisoblanadi. 5-qoida: Grammatika qoidalarini yaxshi bilish va ularni amalda qo'Uay olish Bu yerda o‘yin qoidalariga qaytamiz. Ahamiyat bersangiz, qoidalami bilish faqatgina aytishga fikrlaringiz boiganida ularni qanday ifodalashni va kimga qaratilgan boiishini bilgan holatingizdagina sizga as qotishi mumkin. Qoidalarning o‘zi (fe’l shakllari, tutuq belgilari) kontekstsiz amalga oshirilmaydi. Kontekst bu yozishdir. Grammatik qoidalarga biz yozish jarayonida o‘rganamiz. 6-qoida: So ‘z boyligidan foydalana olish mahorati Haykaltaroshda loy, rassomda bo'yoq boigamdck so'zlar yozuvchining asosiy ish qiuoli boiib hizmat qiladi. Bir qarashda bu juda oddiy. Faqatgina so‘z orqali yozuvchi murakkab jarayonlami amalga oshira oladi: auditoriyani o‘ziga jalb etadi, aloqa o'matadi, axborot beradi, vaziyatni yoritadi, sahna yaratadi, hordiq chiqazadi, voqeani so‘zlab beradi, mahsulotni reklama qiladi. Ijodkorlar foydalanadigan qurollardan eng katta kuchga ega boigani bu so‘zdir. So‘z yordamida biz nafaqat asosiy ma’noni balki ma’no qirralarini yoritib bera olamiz. Masalan, “gapirmoq” ma’nosida ishlatiladigan so‘zlami oladigan boisak: so‘zlashmoq, gaplashmoq, dardlashmoq, baqirmoq, pichirlamoq, g‘iybatlashmoq, gurunglashmoq va boshqalami oladigan boisak, ulaming har biri alohida ma’no qirrasiga (ijobiy, salbiy) ega. Aytib o‘tish joizki, so‘zlar nafaqat ma’no va ma’no qirralariga, balki ritm (ohang) va jarangiga ham ega boladi. So‘z boyligi qanchalik ko‘p boisa, fikrlash 73 doirasi ham shuncha keng bo‘ladi. So‘zlami to‘g‘ri tanlab olish va ularni to‘g‘ri talaffuz qilish muhim. Qiyin frazalami emas aynan sizni fikrlaringizni aniq ifodalay oladigan so'zlami tanlab olish judamuhimdir. 7-qoida: Aniqlik va lo'ndalikka intilish Matnni qog‘ozga tushurishmgiz bilan ular aniq va lo‘nda bo‘lib qolmaydi. Matndagi aniqlik undagi chalkashlik, noaniqlik, mavhumlik boimagandagina yuzaga keladi. Matnni silliq holga keltirish muallifning vazifasi hisoblanadi. Matnda noaniqlikka duch kelgan o quvchi tezda keyingi sahifaga o‘tishga harakat qiladi. Sof va kuchli matn - turli xil bahs va munozaralaming ijobiy natijasidir. Adabiy til normalaridan chetga chiqish matnning aniqligiga putur yetkazadi. Yaxshi yozish uchun grammatik bilimlarga ega boiish muhimdir. 8-qoida: Eshitish qobiliyati Tinglash uchun yoqimli matn yarating. Bu talabni ko'pgma og'zaki nutq sohiblari ta’kidlaydilar. Bu maslahat yozma matn ijodkorlariga ham tegishli. Matn og‘zaki shaklga ega bo'lmasligi ham mumkin. Eshitish jarayoni matnni o‘qiyotganingizda yuzaga keladi. Bunda ovoz chiqazib o‘qish shart emas. Ya’ni o‘quvchining ichki monologi orqali ham bilish mumkin. Agar siz quloqqa yaxshi eshitiladigan jiunlalami yaiata olsangiz yaxshi matn yozishga ham erisha olasiz. Qo'llayotgan so‘zlarmgizm tinglashga harakat qiling. Talaffiizda qanday ma’no aks etayapti? 0 ‘qiganda so'zlar bir-biri bilan uyg‘unlasha oladimi? So‘zlarda ritm bormi, ularni takrorlash qanday samara beradi? Tovushlaming imkoniyatlarini puxta o'rgamsh matn yaratishda qo‘l keladi. 9-qoida. Qayta ko‘rib chiqish Tasawur qiling yozishni tugatdingiz. Keyingi qiladigan ishingiz - orfografiyani tekshirish bilan kifoyalanadimi? Yana bir bor o‘ylab ко‘ring. Sabr va qanoat bilan matnni qayta ko‘rib chiqishga kirishing. Bu prozani sayqallashga, matnni tartibga solishga yordam beradi. Bu jarayon sizga fikrlaringizni qayta jamlashga yordam beradi. Matnga yangi nigoh bilan qarashga o‘rgatadi. Shuning uchun qayta ko‘rib chiqish juda muhim jarayon hisoblanadi. Deinak, chuqr 74 fikrlovchi ijodkorlar yaxshi matn yaratish maqsadida uni yozib bolgach bir oz nafas rostlab olib, matnni qayta ko‘rib chiqishga kirishadilar. Yaratilgan matn asosiy fikrlarni yoritib bera oladimi? Yozganlarim yetarlimi yoki yo‘qmi? Berilayotgan fikrlar bir-biriga mos keladinii? Voqealar ketma-ketligi to‘g‘ri berilganmi? Tanlangan uslub auditoriyaga mosmi? Qayta ко‘rib chiqish deganda bu kabi keskin savollarga javob bera olish hamda ularga javob topish uchun vaqt ajrata olish nazarda tutiladi. 0 ‘z ishingiz ustida qayta ishlash murakkab jarayondir. Matnni bila turib unga boshqa nazar bilan yondashish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Boshqa yozuvchilaming ishlaridagi xatolami ko‘rish cincha onson. 10-qoida: Matn ustida ko ‘p vaqt ishlash Diqqatni bir joyga jamlab, matnga ko‘p vaqt sarflay olish matn yozishdagi eng sodda, shu bilan birga eng murakkab ish hisoblanadi. Kundalik tashvishlaringiz bilan band bolisli, yangi narsalarni ko'risli va o‘rganishdan voz kechgan holda matn yaratishda o‘z ustida ishlash, matnga bor vaqtingizni ajratish kerak boiadi. Yaxshi matn yaratish uchun soatlar, haftalar, oylar ba’zida yillar kerak boiadi. Matn yaratish jarayoni ba’zi]arda tez va onson kechsa, ba’zilarda sekin va qiyin kechadi. Yaxshi matn yaratish uchun iqtidordan tashqari berilib ishlash ham talab etiladi. Mardj Pirsi etganidek: “Haqiqiy ijodkor - yozadigan ijodkordir ” Shuning uchun tezdayana ish stolingizga qaytib yozishda davom eting.16 Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling