Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi


Download 28.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/121
Sana15.11.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1774271
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1

Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
ilmiy matn 
(tezis, maqola, ma’ruza, annotatsiya, taqrizlar);
badiiy matn 
(nasriy va nazmiy asarlar);
65


rasmiy matn 
(ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar); 
ommabop matn 
(maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari).
Tilshunos olim M. Yo‘ldoshev 
matnni hajm va mazmun belgisiga ko‘ra 
ikkiga ajratadi:
1. 
Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari: a) minimal matn (mikromatn)
b) maksimal matn (makromatn):
2. 
Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra matn tiplari:
a) hikoya mazmunli matn;
b) tasviriy matn;
d) izoh mazmunli matn;
e) didaktik matn;
g) xabar mazmunli matn; 
i) buyrnq mazmunli matn: 
j) liissiy ifoda mazmunli matn.
Mikromatn kichik hajmga (hatto, bitta gapdan iborat boigan) ega boigan, 
tugal mazmun kasb etgan asardir. Mikromatn deyilganda biror mavzuni yoritishga 
bagishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va 
aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, 
umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik 
tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli 
shakldagi boglamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Bunga misol qilib 
0 ‘tkir Hoshimovninng “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” nomli kitobida berilgan 
matnlami keltirishimiz mumkin. Masalan, “Bilimdon” sarlavhali matn: “Hamma 
narsani bilaman, deydigan odam hech narsani bilmaydi!” Yoki “Xudbin” nomli 
matn: “O'zidan boshqa hammani yomon ko‘radigan odam oxir-oqibat o‘zidan 
boshqa hammaning nafratiga yoliqadi.” jumlasidan iborat. Ushbu matn bitta 
gapdan tashkil topgan boisa ham tugal fikr berilgan va o'zming mazmun- 
mohiyati bilan ajralib turadi. Hatto ushbu matnlarga sarlavha qo‘yilishi matnga 
qo‘yiladigan talabga toiiq amal qilinganligidan dalolat beradi Yana ushbu
66


misollarga e’tibomi qaratsak: “Sun’iy yo‘ldosh yaratildiyu sayyoramiz global 
teatrga aylandi-qo‘ydi, bu teatrda hamma aktyor, tomoshabin esa yo‘q ”, 
“G ildirak oyoq uchun qanday qulaylik yaratgan bo‘lsa, til, nutq, so‘z ham aql 
uchun ana shunday vazifalami ado etadi.” Ushbu jumlalarda fikr tugalligi mavjud 
bo‘lib, yaxlit matnni yuzaga keltiradi. Mikro (kichik) matn yaxlitligi, bir butunligi 
shakl va mazmun, mavzu va muloqot uyg'unligidan yuzaga keladi.
Makromatn - katta hajmga ega boigan yozma matn. U qismlar, boblar, 
paragraflardan tashkil topgan boiishi mumkin. Badiiy uslubda hikoya, qissa, 
roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar makromatn hisoblanadi. Makromatn 
mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzasga, eng katta butunlik 
esa bob (qism yoki fasl)larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, 
so‘zboshi (muqaddima), so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok 
etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning 
tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo'shimcha izoh, sharh bo‘lib 
keladi.
Matnning eng kichik birligi (va ko‘rinishi) bo‘lgan abzas ham o‘ziga xos 
mazmuniy va tarkibiy qismlar qurilishidan iborat. Bunday mazmuniy-mantiqiy 
qismlar odatda kirish, asosiy qism va xulosa munosabatida tarkiblanadi hamda 
murakkab sintaktik butunlikni, aloqaviy tugallikni hosil qiladi. Uning mazmuniy 
markazini mavzu tashkil etadi.
Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi. Masalan, 
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuwatnomai sultoniy” asari muqaddima, yettita 
bobdan iborat Har bir bob esa bir necha fasllardan iborat bo‘lib, ulaming har 
birida bobga oid muhim masalalar haqida alohida va chuqur fikr yuritilgan. 
Birinchi bob “Futuwatning manbai, mohiyati, tariqat va odob hamda uning 
ruknlari haqida”, deb nomlanib, 1-fasli “Futuwatning mazhari (mohiyati) va uning 
odobi haqida”, 2-fasli “Tariqatning ma’nosi va unga tegishli narsalar haqida”, 3- 
fasli “Tasawufning ma’nosi, uning odobi va raknlar haqida”, 4-fasli “Faqr va 
uning odobu arkoni haqida” sarlavhalari bilan berilgan. Ba’zi boblarda o‘ndan
67


ortiq fasllar mavjud bo‘lib, ulaming har binning o‘z nomi va obyekti mavjud. 
Bunday holat asaraing mukammalligi va izchilligini ta’minlagan. Har bitta 
aytilgan fikr asoslanilgan.
Makromatn mazmuni va qurilishi muayyan qismlar, boblar, ruknlar, fasl 
yoki bandlar orqali ayonlashadi. Material mavzu matn qismlari o‘rtasida 
munosabat bavositadir - muloqotning umumiy maqsadi va asosiy mavzu talabi 
asosida bog‘lanadi.
Matniy muloqotda 

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling