Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara


Download 28.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/121
Sana15.11.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1774271
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121
Bog'liq
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1

Headline 
- Sarlavha

m aqolani nomlovchi matn.
Byline -
"Baylayn”, yozuvchining ismi sharifi kiritiladigan matn
Yozuvchini ifodalovchi qisqa t a ’rif.
Placeline — 
asosiy matnga о ‘tish qismi.
Lead— 
lid, turli x il funksiyalarni bajaruvchi kirish qismi:
• о 'quvchini e 'tiborini tortadi;
• eng asosiy та ’lumotni о ‘z ichiga oladi;
• mavzuga kirish uchun ishlatiladi;
• asosiy beshta savolga ja v o b beradi.
Body -
asosiy qism, mavzuni to'laligicha ochib beradi. Eng muhim
delallar birinchi navbalga qo ‘yiladi.
Quotation 
- sitata. Kimningdir fikrlarini t o ‘g 'rid a n -to ‘g ‘ri ifodalaydi,
m aqolaga aniqlik kiritadi. Voqea jo y id ii bo 'layotgan ruhni beradi20.
20 Dale Simnelt and Darren Reed. Writing aN ew s Report. Literacy Preparation W eek November. 2009. P.3.
111


Gap matnning eng kichik birJigi hisoblanadi. Gaplar o'zaro abzas (xat 
bosbi), paragraf, boblar va boshqalarda birlashadi. Matndagi gaplar soni 
belgilanmagan. Gaplaming soni berilayotgan axborotni uzatish va uni yetarli 
bo‘lishi bilan bog‘liq. Ya’ni axborotning katta-kichikligi matndagi gaplar sonining 
hajmini belgilab beradi. Matnning hajmini yozuvchi yoki so‘zlovchi belgilaydi.
Matn uslubiy jihatdan xoslangan boiishi kerak. Masalan, og‘zaki, rasmiy- 
idoraviy, publitsistik, ilmiy, badiiy, diniy-ma’rifiy boiishi mumkin. Uslubiy 
xoslik - matnning eng muhim belgisidir.
Matn deganda butunlik va o‘zaro bogliqlik asosiy sifati hisoblangan 
tugallangan fikmi aks ettiruvchi asar (yozma yoki og‘zaki) tushuniladi. Matnning 
to‘g‘ri tuzilganligi uning tashqi muhit bilan bogliqligi, muallifiiing ichki 
kechinmalari, o‘z vaqtida qabul qilinishi va buning uchun kerakli muhitni yaratish 
bilan uzviy bogiiq. Matnni to‘g‘ri qabul qilish nafaqat til birliklari va ulaming 
birikishlari orqali ta’minlanadi, balki umumiy bilimga ham bogiiq.
Matn so‘zlovchining nutq faoliyati mahsuli hisoblanadi. Tildan muomala 
vositasi sifatida foydalanishni olgam sh uchun nutqiy kompetensiya (mahorat)ga 
ega bolish, eshitish, gapirish, o ‘qish va yozish (matn yaratish)ni o‘rganish uchun 
talabalar o‘z fikrlarini maqsadga, matn tarkibiga, muomala sharoitiga mos til 
birliklaridan foydalangan holda yozma va og‘zaki shaklda ifodalash malakasiga 
ega bolishlari kerak.
Bizning nutqimiz muomala sharoitiga: kim bilan, qayerda, nima maqsadda 
gapirayotganligimizga bogiiq. Bu aniq uslubiy xoslanganlik bilan tavsiflanadi. 
Uslubiy xoslanganlik aytilayotgan fikming mundarijasida va uning tilida namoyon 
boiadi. Shuning uchun til qurilishini o'rganish bilan birga uni ishlatilishini, 
amalda qollanilishini ham o‘zlaslitirishimiz kerak.
Demak, uslubiy mahoratga ega b o lish uchun doimiy izlanishlar va 
mashqlarga katta ahamiyat berish lozim. Uslubiy bilimlarga ega bolish uchun, 
tayyor matnning uslubini anglay olish, berilgan matnning uslubini sayqallash,
112


uslubiy tahlil qila olish, matnning uslubiy jihatidan yanada yaxshilash va berilgan 
uslubga ko‘ra matn yarata olish kerak.
Matnning tahlili umumiy reja bo‘yicha amalga oshiriladi:
Matnning mazmuni, nutqning turi, lisoniy birliklar va yozuvchining asosiy 
maqsadi o‘rtasida o‘zaro bogiiqlik o‘matiladi. Uslubiy tahlil matnning murakkab 
lisoniy tahliliga aylanishi kerak emas. Aniq matnda umumiy qoidalar paydo 
bo‘lishini ko‘ra olish lozim. Uni tahlil qilishda quyidagilarga amal qilinadi.
- matnning asosiy mazmuni belgilanadi;
- uning uslubi aniqlanadi;
- til vositalari tahlil qilinadi:
* mazmunni to iiq ochib berish (muallif tomonidan) va uni avtonom 
(hududiy) qabul qilish, tushunish imkoniyatini yaratish davomida tugallanganlik, 
mazmuniy tugatilganlik yuzaga kelishi;
* fikrning mantiqiy rivojlanishini ifodalovchi tartib, joylashgan gaplaming 
tartibi, ikkinchidan, leksik va grammatik vositalar yordamida ma’lum tizimda 
tashkil qilingan gaplar o ‘rtasidagi bog‘Iiqlik,
* matn har doim uslubiy: so‘zlashuv, rasmiy-idoraviy, ilmiy, publitsistik va 
badiiy xoslangan boiislii uning uslubiy birligini belgiiaydi;
* bogiiqlik, tugallanganlik va uslubiy butunlik birlashishi orqali butunlik 
yuzaga keladi.
Shu tariqa matnning asosiy belgilariga quyidagilami kiritish mumkin: matn 
qismlari o'rtasidagi mavzu va kompozitsiya jihatidan butunlik, qismlar o'rtasidagi 
mazmun va grammatik bogiiqlik, tugallanganlik asosida mazmuniy butunlik.

Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling