Sho‘rlangan tuproq kartalarini tuzishda masofadan zondlash orqali, tuproq sho‘rlanishi kartalarini yaratish


By remote sensing when drawing up saline soil cards, creating soil salinity cards and washing saline lands, improving productivity


Download 0.75 Mb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640111
1   2   3
Bog'liq
ozod masofadan zondlash макола

By remote sensing when drawing up saline soil cards, creating soil salinity cards and washing saline lands, improving productivity.
(In the case of the tribe).
Annottasia. Soil salinity is one of the main causes of soil degradation that negatively affects agricultural crop yields in subarid and arid regions. Therefore, it is considered important to specify how much water to eliminate salinity at a time when water resources are in short supply. In order to avoid the negative consequences of soil salinity, it is necessary to properly ensure the irrigation regime, wash strongly saline soils at large norms, create an artificial flow of grunt waters using drains to radically change the direction of the salinity process. How much saline land of the crustal Oasis is determined quickly and efficiently by remote sensing. The purpose of this research is to achieve the Brown Oasis salinity card, which tends to be soil salinity. To make the work more efficient, relying on data from the hydromeliorative expedition of the tribe. Soil salinity was divided into four types:
- unsalted,
- poorly salted,
- moderately salted,
- strongly saline soil was divided into shoֹration types.
Kalit so‘zlar: Masofadan zondlash, Karta tuzish, GAT, Tuproq, Sho’rlanish, Tuproq sho’rlanishi, Geostatistik interpolyatsiya metodlari, RMSE, sho‘r yuvish.
Kirish. Sho‘rlangan tuproqlar - tarkibida suvda oson eriydigan zararli tuzlar 0,1% yoki suvli soʻrimdagi quruq qoldiq miqdori 0,25% (0,3%)dan koʻp boʻlgan tuproklar. Shoʻrlangan tuproqlar, asosan, quruq iqlimli mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Xitoy, AQSH, Oʻrta Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va boshqalar)da kattakatta maydonlarda, shuningdek, shoʻrlanmagan tuproqlar orasida esa, kichikroq massivlarda dogʻ qoʻrinishida tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Janubiy Qozogʻistondagi sugʻoriladigan maydonlarning yarmidan ortigʻi, oʻzlashtiriladigan yerlarning 75-80%ga yaqini turli darajada shoʻrlangan. Tuproqning shoʻrlanganlik darajasi zararli tuzlarning umumiy miqdoriga koʻra (gips, miqsori olib tashlangan holda) belgilanadi. Shu belgiga asosan, Shoʻrlangan tuproqlar kuchsiz (zararli tuzlar miqdori 0,1—0,2%), oʻrtacha (0,2—0,4%), kuchli (0,4—0,8%), juda kuchli shoʻrlangan (shoʻrxoklar; 0,8% dan koʻp) xillarga boʻlinadi. Tabiiy Shoʻrlangan tuproqlar kimyoviy tarkibi (shoʻrlanish tipi)ga koʻra xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali, xloridsodali, sodali, sulfat yoki xloridgidrokarbonatli (ishqoriy yer elementlari) shoʻrlangan yerlarga boʻlinadi.
Yerlarning sho‘rlanish darajasi va joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda sho‘r yuvish muddatlari, me’yorlari, necha marta yuvish zarurligini to‘g‘ri belgilashga alohida e’tibor berish muhim hisoblanadi. Sho‘rlanmagan yerga nisbatan kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda hosildorlik 15-20 foizga, o‘rta sho‘rlanganda 30-50 foizga, kuchli sho‘rlanganda 70-80 foizga kamayishi ko‘p yillik ilmiy izlanishlarda isbotlangan. Shu bois, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash muhim omil bo‘lib, ekinlar hosildorligini keskin oshishiga sharoit yaratadi. Sho‘rlangan yerlarda shudgorlash, yalpi va joriy yer tekislash ishlari o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilgandan so‘ng, tuproqning sho‘rlanish darajasiga qarab kuchsiz sho‘rlangan yerlar gektariga 2000-2500 kubometr, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar gektariga 4000-4500 kubometr, kuchli sho‘rlangan yerlar 6000-6500 kubometr me’yorda suv sarflab yuviladi.
Qashqadaryo vohasining sho‘rlangan yerlarini aniqlashni jadalllashtirish maqsadida masofadan zondlash ishlarini olib boorish maqsadga muofiq deb topdik.

Hozirgi kunda respublikamizda tuproq sho‘rlanish darajasini aniqlashda bevosita masofadan zondlashdan olingan ma’lumotlarni GAT dasturlaridan foydalanib qayta ishlash orqali aniqlash rivojlanmoqda. Masofadan zondlash-bu masofadan turib ma’lumot olishni o‘rganish yoki yig‘ishdir. Bunday tekshiruv yerga asoslangan qurilmalar va kemalar, samolyotlar, sun’iy yo‘ldoshlar yoki boshqa kosmik qurilmalarga asoslangan sensorlar va kemalar bilan sodir bo‘lishi mumkin.


Hozirgi vaqtda masofadan zondlash orqali olingan ma’lumotlar zamonaviy axborot texnalogiyalari yordamida saqlanadi va qayta ishlanadi. Masofadan zondlashda ishlatiladigan eng keng tarqalgan dasturlardan biri bu ArcGIS dasturi hisoblanadi.
Masofadan zondlash tadqiq qilinayotgan ob’ekt, maydon yoki hodisa bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lmagan asbob-uskuna yordamida olingan axborotlarni taxlil qilish orqali erishilgan ma’lumotlardir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarida kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish, kosmik monitoring tizimini joriy etish va uni tizimli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 noyabrdagi 688-son qaroriga ko‘ra “...qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holatini monitoring qilish, shu jumladan yerlardan noqonuniy foydalanish va ularni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash darajasini 98 foizgacha yetkazish”...b) qishloq xo‘jaligi sohasida kosmik monitoring joriy etilishi haqiqatda ekin ekilgan maydonni aniqlash, vegetatsiya davrini kunlik kuzatish, ekinlar bo‘yicha tezkor ma’lumotlarni olish imkonini berdi”. “Hozirgi kunda dunyoning barcha yetakchi va ko‘plab rivojlanayotgan davlatlari tomonidan u yoki bu darajada kosmik fazoni tadqiq etish va undan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, shuningdek, kosmik strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar va rejalar ko‘lamini kengaytirib, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda”.
“...Yerni masofadan zondlash bo‘yicha sun’iy yo‘ldosh operatorlari «Maxar Technologies» (AQSh), «Airbus Defence & Space» (Fransiya), «Planet Labs» (AQSh), «ICEE» (Finlyandiya), «BlackSky» (AQSh) «NEAD Aerospace» (Xitoy) kompaniyalari, aloqa sun’iy yo‘ldosh operatorlari «SpaceX» (AQSh), «OneWeb» (Buyuk Britaniya), «SES» (Luksemburg), «Eutelsat» (Fransiya), «Viasat» (AQSh), «Inmarsat» (Buyuk Britaniya) kompaniyalari, kosmik suratlarni qayta ishlash dasturiy mahsulotlarini ishlab chiquvchilar «ESRI» (AQSh), «Nexagon» (Shvetsiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda;”.[5]
Qishloq xo‘jaligida masofadan zondlash quyidagi ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi:

  • Ekin turini sinflash;

  • Ekin holatini baholash;

  • Ekin hosilini baholash;

  • Tuproq xususiyatlarini kartalashtirish;

  • Tuproqlarni boshqarish amaliyotlarini kartalashtirish;

  • Muvofiqlikni monitoring qilish (fermerxo‘jaligi ishlarida).

Bizga ma’lumki, yildan-yilga yangidan yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Bulardan biri masofadan zondlash texnologiyasidir. U haqiqatdan ham keng imkoniyatlarga ega.

1-rasm. Masofadan zondlash ma’lumotlari danfoydalangan holda elektron
karta yaratishning funksional jarayoni.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling