HISOBOTI
Mart oyi mavzusi: «Go’zal bahor»
1-hafta mavzusi: Onajonlar kuni(_____ 2023 yildan, _____ 2023 yilgacha)
2023 yil mart oyi davomida boshqa oylar qatorida bolalar bilan birgalikda mashg’ulot va faoliyatlari o’z vaqtida “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi va “Davlat talablari”, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining mavzuli rejasi asosida amalga oshirildi. Har bir hafta mavzusidan kelib chiqqan holda slayd, ko’rgazmalar, videoroliklar, tarqatmalar va boshqa resurslardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid bilim va tushunchalar berildi.
Guruhda tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar bo’yicha:
Qurish-yasash va matematika markazida: “Geometrik figuralar. Fazoda mo’ljalga olish. 5 gacha sanash”. Geometrik shakillar yordamida bolalari o’zlari bilgan shakllarni yasashadi. Bolajonlar sanoqni eslab qolishlari uchun tarqatma raqamlar beriladi. “Qo’g’irchoq uchun mebel” har xil buyumlar tayyorlashadi.
Syujetli rolli o’yin va drammalashtirish markazida: “Oila” bolalar uchun qo’g’irchoqlar va xar xil o’yinchoqlar bilan tushuntirishlar berildi. Oila haqida bolalarga ko’p tasurrotlar berildi.
Til va nutq markazida: “Baxor keldi” Baxor faslida qanday bayramlar nishonlanishi va shu qatori baxorning ilk kunlarida keladigan onalar bayrami haida ham bilib oldilar. “Ona haqida” L.Kasimovaning yozgan kitobini o’qib berildi.
Fan va tabiat markazida:”Tomchining sayoxati” yomg’ir yog’adi va u erga suv xoli kelib tushadi va bug’ holida samoga ko’tarilashi haqida tushuntirildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Onajonim uchun yurakchalar’’ Loy ishi, “Onam uchun yozuv kitobchasi” ni tayyorlashdi, tarbiyalanuvchilar xar xil salfetkalarga o’zlari yoqtirgan rangli qog’ozlardan foydalanib borilyabti faoliyatlar olib borildi.
2-hafta mavzusi:“Mavsumiy o’zgarishlar”(_____ 2023 yildan, _____ 2023 yilgacha)
Do'stlaringiz bilan baham: |